Raul qonunlari. Eritmalar konsentrasiyasini ifodalash


Download 45.05 Kb.
Sana29.04.2020
Hajmi45.05 Kb.
#102127
Bog'liq
Raul qonunlari. Eritmalar konsentrasiyasini ifodalash


Aim.uz


Raul qonunlari. Eritmalar konsentrasiyasini ifodalash
Reja:

1. Raul qonunlari.

2. Eritmalar konsentrasiyasi.
Raul qonunlari. Suyuqlik bilan muvozanatdagi bugning uzgarmas xaroratdagi bosimi suyuqlikning bug bosimi deyiladi. Suyuqlikning bug bosimi bilan tashki atmosfera bosimi tenglashsa suyuqlik kaynaydi. Тoza erituvchining bug bosimidan eritmaning bug bosimi doimo past bo’ladi. Eritma bug bosimlarini o’rganish natijasida 1887 yilda fransuz fizigi Raul kuyidagi boglanishni anikladi.

Raulning I-tanometrik qonuni:

Eritma bug bosimining pasayishi eritmadagi erigan moddaning molyar kismiga teng.

(Ro-R)G’Ro q N2

Ro - toza erituvchining bug bosimi;

R - eritmaning bug bosimi;

N2 - erigan moddaning molyar kismi:

(n1-n)G’n q N2

n - erigan moddaning mol mikdori;

n1- erituvchining mol mikdori.

Raulning II-(ebulioskopik va krioskopik) qonuni


Eritma kaynash xaroratining kutarilishi va muzlash xaroratining pasayishi eritmaning molyal konsentratsiyasiga tugri proporsional.

tkay. q E*m ; tmuz. q K*m .


Eritmalar konsentrasiyasi. Eruvchanlik. Eritmaning yoki erituvchining ma'lum massa miqdorida yoki ma'lum hajmida erigan modda miqdori eritma konsentrasiyasi deb ataladi. Eritma konsentrasiyasi bir necha usulda ifodalash mumkin:

1.Erigan moddaning massa ulushi yoki foiz konsentrasiyasi Erigan modda massasini eritmaning umumiy massasiga nisbati erigan moddaning massa ulushini tashkil qiladi.



Bu qiymatni 100 ga ko'paytirilsa, massa ulushini foizlar ifodalangan qiymati foiz konsentrasiyasiyasi olinadi.



2.Molyar konsentrasiya



1l (1000ml) eritmada erigan moddaning mollar soni bilan ifodalanadigan konsentrasiyasi molyar konsentrasiya deyiladi.
yoki

bu yerda CM - eritmaning molyar konsentrasiyasi, moll yoki molyarli;



m - erigan moddaning massasi (g);

M - erigan moddaning molekulyar massasi (gG’ mol);

V - eritmaning hajmi (ml);

n - erigan modda miqdori (mol);

V - eritma hajmi (l).

3.Normal konsentrasiya.

1l (1000ml) eritmada erigan moddaning gramm ekvivalentlar soni bilan ifodalanadigan konsentrasiyasi normal konsentrasiya deyiladi.

bu yerda CM -eritmaning normal konsentrasiyasi

E - erigan moddaning ekvivalent masasi (gekv)

M- erigan moddaning masasi

V - eritmaning hajmi (ml).

4.Molyal konsentrasiya. 1000 g erituvchida erigan moddaning gramm molekulalar soniga molyal konsentrasiyasi (molyallik) deyiladi.



Titr 1 ml eritmadagi erigan moddaning masa miqdori titr deb ataladi va T harfi bilan belgilanadi.



bu yerda E-erigan modda ekvivalent massa.

N- eritmaning normal konsentrasiyasi
Nazorat savollari:

  1. Raulning I- qonuni qanday ta’riflanadi?

  2. Raulning II-(ebulioskopik va krioskopik) qonuni qanday ta’riflanadi?


  3. Eritma konsentrasiyasi qanday usullarda ifodalanadi.

Tayanch so'z va iboralar

Raulning qonunlari, eritmalar konsentrasiyasi, normal konsentrasiya, molyar konsentrasiya, foiz konsentrasiya.
Foydalanilgan adabiyotlar.

1. N.A.Parpiyev, H.R.Rahimov, A.G.Muftaxov. Anorganik kimyo nazariy asoslari. Toshkent. «O'zbekiston». 2000 y.

2. Q.Ahmerov, A.Jalilov, R.Sayfutdinov . Umumiy va anorganik ximiya. Toshkent. «O'zbekiston». 2003 y.

3. YU.T.Toshpo'latov, SH.YE.Ishoqov. Anorganik kimyo. Toshkent. «O'qituvchi». 1992 y.



Aim.uz



Download 45.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling