Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma


UAcq(Unit Acquisition) – jalb qilingan  mijojlar soni;  2.  CAC


Download 5.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet257/324
Sana30.08.2023
Hajmi5.77 Mb.
#1671391
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   324
Bog'liq
Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар

UAcq(Unit Acquisition) – jalb qilingan 
mijojlar soni; 
2. 
CAC (Customer Acquisition Cost) – yoki 
CPA (Cost per Acquisition) bir mijozni jalb qilish narxi. CAC ni hisoblash 
uchun barcha mijozlarni jalb qilish uchun ketgan harajatlarni mijozlar soni 
UAcq ga bo‘lish kerak. Masalan, mijozlarni jalb qilish uchun amalga oshirilgan 
tadbirlarga 200 ming so’m sarf qilingan bo’lsa va natijada 400 ta yangi mijoz 
topilgan bo’lsa, CAC ning qiymati 500 so’m bo’ladi. Lekin kompaniyaning jalb 
qilish kanallari bir nechta bo’lgani tufayli, har bir kanal uchun CAC ning 
qiymati ham turlicha bo’ladi; 
3. 
CAC Payback – mijoz tufayli olingan 
foydamiqdori uni jalb qilish uchun ketgan mablag’ni qoplashi uchun ketgan 
vaqt; 


461 
4. 
MRR (Monthly Recurring Revenue) – 
kompaniyaning barcha mijozlari tomonidan har oyda keladigan tushum miqdori; 
5. 
ARPU (Average revenue per user) – har 
birjalb qilingan foydalanuvchidan keladigan o’rtacha daromad miqdori. ARPU 
ning kattaligi MRR ni UAcq ga bo’lish natijasida hosil qilinadi; 
6. 
LTV (Life time value) – bir mijozning 
kompaniya mahsulotidan foydalanishi yoki kompaniya bilan muloqot qilishi 
natijasida olingan daromad miqdori. Masalan, mijoz servisni 3 yil davomida 
ishlatdi va buning uchun har oyda 350 dollardan to’lab turdi, kompaniya esa 
unga oyiga 100 dollardan sarf qildi. Bu holda LTVning kattaligi quyidagicha 
hisoblanadi: 3x12x(350-100) = 9000 dollar. Ya‘ni, mijoz 3 yil davomida 
kompaniyaga 9000 dollar fayda keltirgan ekan; 
7. 
COGS (Cost of goods sold) –har bir 
sotuvga hizmat ko’rsatish uchun sarflangan mablag‘. 
Metrikalarning iqtisodiy turi qanday qilib katta pul topish va bu nimaga 
bog’liqligini ko’rsatib bersa, mahsulot metrikalari mahsulotni qanday qilib 
yahshilash mumkinligini aniqlashga imkon beradi.

Download 5.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling