Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma
Raqamli elektron biznesni yaratish bo‘yicha tavsiyalar
Download 5.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар
- Bu sahifa navigatsiya:
- MVP – minimum viable product
- Zappas tajribasini ko’rsatamiz. Uning yillik pul aylanmasi millard dollardan ortadi. Barcha ish Zappas
13.2. Raqamli elektron biznesni yaratish bo‘yicha tavsiyalar
Yangi mahsulot yoki hizmat yaratish uchun kerakli bo’lgan innovatsion g’oyani qanday qilib topiladi? Avvalo har qanday g’oya yoki innovatsion taklif mijozning yoki resursdan foydalanuvchining biror bir muammosini hal qilib berishi yoki qandaydir yengillik yaratib berishi kerak. Startuplarning 98% qismi biznes strategiyasi xato bo’lganligi tufayli yoki komanda yaxshi bo’lmagani uchun muvaffaqiyatga erisha olmaydi. Agarda muammo topilsa va real bozor mavjud bo’lsa, potentsial biznes hayotiy bo’lishi uchun ikki faktor eng muhim bo’ladi: bularning birinchisi komanda va ikkinchisi esa mahsulotning prototipidir. Biznesga investitsiyalar jalb qilish uchun mhsulotni ishlab chiqish va uni bozorga kiritish bo’yicha malakali mutaxassislar va yangi g’oyaga juda qattiq ishongan insonlar komandasi bo‘lishi lozim. Mahsulotning prototipi (MVP – minimum viable product) bu yangi mahsulotning minimal funktsiyalarga ega bo’lgan namunasi (modeli) bo’lib, u bozorga chiqarilishidan oldin yana ko’p martalab qayta ishlanishga muhtoj bo’ladi. MVP atamasini SynkDev konsulting kompaniyasining asoschilaridan biri Frank Robinson muamalaga kiritgan bo’lib, customer developmentning muhim tarkibiy qismlaridan biri bo’lib qoldi. MVP iste’molchining biror bir muammosini hal qilib beradigan bittagina funktsiyaga ega bo’lishi kerak. MVP ishlab chiqishda eng murakkab masala – sifat va sarf- harajatning optimal nisbatini topishdir. IMVU kompaniyasining asoschisi Eric Ries esa MVP ni yangi mahsulotni minimal kuchlar bilan maksimum informatsiya olishga imkon berdaigan boshlang’ich versiyasi deb hisoblaydi. Ya’ni uningcha MVP minimal funktsiyalarga ega bo’lgan va tezkorlik bilan yaratiladigan offer sifatida bo’lib, u maqsadli auditoriyaning iste’mol talablarini o’rganish, qimmat marketing izlanishlaridan voz kechish va katta harajatlardan qutulish uchun bir vosita sifatida tushnadi. Demak, MVP minimal sarf-harajatlar qilib, potentsial iste’molchilarning talablarini o’rganish va yangi biznes haqidagi gipotezani yetarli darajadagi ishonchlilik bilan tasdiqlash yoki rad qilishga imkon beradi. Yangi 457 biznes to’g’risidagi gipotezani tekshirishning quyidagi variantlarini ajratib ko’ratish mumkin: E-Mail orqali mahsulot yoki hizmat haqidagi ma’lumotlarni jo’natish; Interv’yular o’tkazib, javoblarni o’rganish; Taqdimot qilish yoki bevosita sotuv uyushtirish; Beta landing page dan foydalanish; Blog va videoroliklardan foydalanish; Raqamli prototip yaratish; Imitatsion modeldan foydalanish; On-layn kurslar tashil qilish; Kraudfundingdan foydalanish; Sayyor tashriflar tashkil qilish, maqsadli auditoriya bilan bavosita muloqotlar tashkil qilish. Misol sifatida oyoq-kiyimlarning jahondagi eng katta internet-magazini Zappas tajribasini ko’rsatamiz. Uning yillik pul aylanmasi millard dollardan ortadi. Barcha ish Zappas kompaniyasi asoschisi Nik Suinmernning yaxshi oyoq kiyimlar tanlovi bo’lgan yirik magazinni tapa olmaganidan boshlangan. Uning biznes gipotezasi mijozlarning on-layn usulda oyoq kiyimi sotib olishga tayyor deb tahmin qilgani bo’lgan. Bu gipotezani tekshirib ko’rish uchun u barcha mahalliy magazinlarni aylanib chiqqan va ularning assortimentini rasmga olgan hamda bu rasmlarni o’z saytiga joylashtirgan. Endi agarda mijozlar bu rasmlar yordamida biror bir oyoq kiyimini tanlab, sotib olishni istasalar, uni magazinlardagi narxlarda harid qilishlariga imkoniyat yaratgan. Nik Suinmernnning asosiy maqsadi – bunday qulay internet-magazinga talab bormi yoki yo’qligini tekshirib ko’rish bo‘lgan. Zappos ning birinchi tajribasiyoq muvaffaqiyatli chiqqan va kompaniya bu tajribasida mijozlar va hamkorlarning faoliyatini o’rgana olgan, ulardan qandaydir yangi narsalarni o’rgangan va ularni kompaniya faoliyatiga tadbiq qila olgan. Bunday miqdoriy va sifatiy ko’rinishdagi ishlarni amalga oshirish raqamli biznes uchun juda muhim va foydali hisoblanadi. Shuni ham alohida ta’kidlash kerakki, Download 5.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling