Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma


Download 5.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet299/324
Sana30.08.2023
Hajmi5.77 Mb.
#1671391
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   324
Bog'liq
Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар

Elektron raqamli imzo elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini 
elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus 
o‘zgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq 
kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo‘qligini aniqlash va 
elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish 
imkoniyatini beradigan imzo. 
Elektron tijoratkompyuter tizimlaridan foydalanish orqali amalga 
oshiriladigan barcha moliyaviy va savdo tranzaksiyalari va ular bilan bog‘liq 
biznes jarayonlarni o‘z ichiga oluvchi iqtisodiyot sohasidir. Elektron tijoratning 


527 
texnologik asosi global internet tarmog‘i hisoblanadi. Elektron tijoratning 
xususiy holati sifatida mobil aloqa hizmatini keltirish mumkin, u mahsulot va 
hizmatlarni sotib olish maqsadida simsiz cho‘ntak moslamalarini ishlatish 
jarayoni hisoblanadi. 
Elektron raqamli imzomatnga biriltirilgan va uning kriptografik 
o’zgartirilishini aniqlab beradigan ma’lumot bo’lib, matn boshqa 
foydalanuvchi tomonidan olinganida uning haqiqiyligini va muallifini 
tekshirishga imkon beradi 
Elektron hujjat – axborot resurslarida saqlanadigan va ishlov beriladigan, elektron 
raqamli imzo bilan tasdiqlangan axborot elektron hujjat bo‘lib, qog‘oz hujjat bilan 
bir xil yuridik kuchga ega
Elektron xablar buinterfaol bozorlar bo‘lib, biznes-modelning eng Yangi 
ko‘rinishi hisoblanadi. Interfaol bozorlar yordamida kompaniyalar boshqa 
xaridorlar bilan bir vaqtning o‘zida ularning har biri bilan bevosita ulanmasdan 
aloqa o‘rnatishlari va Yangi imkoniyatli xaridorlarni topishlari mumkin. 
Ekotizimlilik - dasturiy ta’minotning turli xil avtonom qismlari birgalikda 
ishlashiga va ish oqimlari ansambllariga aylanishiga erishish. Dasturiy 
ta’minotning ekotizimiga misol qilib,2007 yilda yaratilgan iPhoneekotizimini 
keltirishimiz mumkin, unda kalit printsip Apple, dominator Google va yetkazib 
beruvchilar dasturiy ta’minot ishlab chiqaradigan kompaniyalaridir. Dasturiy 
mahsulot ishlab chiqaruvchilar va oxirgi foydalanuvchilar butun jahon bo’yicha 
taqsimlangan bo’ladilar. Dasturiy ta’minot ekotizimi bir qancha programmaviy 
ta’minot platformalaridan, uning ichki va tashqi yaratuvchilarida hamda 
foydalanuvchilar jamoasiga hizmat ko’rsatadigan ekspertlar guruhidan (pulidan) 
iborat bo’ladi.

Download 5.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling