Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma
Internet magazinlarning biznes-modellari
Download 5.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар
- Bu sahifa navigatsiya:
- Front-ofis
Internet magazinlarning biznes-modellari
Ilk internet-magazinlar tashkil qilishda talablar asosan telefon yoki elektron pochta orqali qabul qilinar va mahsulotni yetkazin berish kur’er xizmatlari vositasida amalga oshirlar edi. Xozirgi vaqtda esa xaridorlar barcha ishlarni onlayn usulda amalga oshirishni afzal ko’radilar, ammo o’tmishdan qolgan call- centertushunchasi zamonaviy internet-magazinlar tuzilmasida xaligacha ishlatiladi. 404 Infratuzilma bo’yicha barcha internet-magazinlar ikkita asosiy tarkibiy qismdan iborat bo’ladilar: 1. Front-ofis – web-sayt korinishidagi elektron vitrina; 2. Bek-ofis – kontentni boshqarish tizimi, ma’lumotlar bazasi, bilimlar bazasi va boshqalar. Internet-magazinlar ishini tashkil qilish xususiyatlariga bog’liq ravishda ular infratuzilmaviy modellarining quyidagi turlari mavjud: Elektron vitrina yoki front-ofis – bu faqat web-sayt ko’rinishida bo’ladi va unda tovarlar haqidagi ma’lumot web-saytda johlashtiriladi, zakaz esa telefon yoki e-mail orqali qabul qilinadi; Avtomatlashtirilgan magazin yoki front-ofis plyus bek-ofis –ma’lumotlar bazalariga ega bo’lgan web-sayt ko’rinishidagi yagona tizim ko’rinishida bo’ladi. Web-saytga ma’lumot bazalari ulangan bo’ladi va saytga kiruvchi unda ombordagi tovarlarning joriy xolatini ko’ra oladi; Savdo internet-tizimi–bunda yagona tizim internet-magazinni va oflayn savdoni sinxronizatsiya qilib turadi. Amaliyotda shaxsiy internet-magazin tashkil qilishning bir qancha usullari mavjud: 1. Eng oddiy funktsiyalarni bajara oladigan internet-magazinni o’z imkoniyatlari doirasida amalga ishirish; 2. Tayyor internet-magazinni ijaraga olish–hozirgi davrda ijara shartlarida hizmat ko’rsatishning to’la tsiklini ta’minlab bera oladigan hamda tegishli servislarni tanlashga imkon beradigan turli xildagi ommabop platformalar – internet-magazinlar konstruktorlari bu ishni uddalashga imkon beradi. Misol sifatida InSales.ru konstruktorini keltrishimiz mumkin (http://www.insales.ru/all_features). Ushbu platforma tizimga bir qancha servislarni va ilovalarni qo’shishga imkon beradi, shu jumladan: Yetkazib berish xizmati – Pick Point, Shop-Logistics, InPost, B2CPL va CDEK. Yetkazib berish xizmatlari agregatorlari – Sheepla, DDelivery, Checkout, InSales.Dostavka. 405 Hisob-kitob tizimlari – 1C, Moy Sklad, Bolshaya Ptitsa, Comerando EKAM). To’lov tizimlari – Qiwi, Robokassa, PayMaster, Yandex.kassa. Marketing uskunalari – Giftd, Sale Online Reputation, Roistat, ByteHand, Unisender, Mailchimp. Reklama servislari –Shopberry, Seopult, Get4click, Seopult. Yuqoridagilardan tashqari, tizimda pochta tarqatuvi tashkil qilish imkoniyatlari, xamkorlik tarmog’iga ulanish, onlayn-cha tashkil qilish va onlayn maslaxatchiga ega bo’lish imkoniyatlari ham mavjud. Elektron savdo maydonchasinitashkil qilishning bunday usuli iqtisodiy jihatdan eng foydali hisoblanadi. Internet- magazinning tayyor shablonini tekinga olish mumkin hamda tizimda hisobga olinish shartlarida har oylik yordamlar va maslahatlar uchun to’lovlar to’lab turiladi, holos. Tizmni ishga tushirishning to’liq narxi mobil versiya ishlab chiqarish zarurligidan, funktsiyalar soni bo’yicha, assortiment kattaligidan, mul’titillilikdan, SEO-fil’trlar bormi yoki yo’qligidan, himoya protokollari qandiligidan, Download 5.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling