408
narx xosil qilish modellari bilan yaqindan tanishib chiqish foydadan xoli
bo‘lmaydi.
4. Kuchli va salohiyotli komanda hamda sifatli insoniy kapital – bu omilni
muvaffaqiyat nuqtai-nazaridan eng asosiy omillardan
biri deb hisoblash ham
mumkin. Bu guruhga mansub konkret omillar sifatida kompaniya faoliyatini o’z
xayotining mazmuni deb biladigan g’oyaviy asoschilarni, kuchli menejmentni,
ishga berilgan yollanma ishchi-xizmatchilarni kiritish mumkin. Google
kompaniyasini ishga qabul qilish
kontseptsiyasi ham ishtiyoqli, iqtidorli, ko’zi
yonib turgan va ishiga berilgan fanatlarnigina kompaniyaga ishga olishdir.
5. Kuchli motivatsiya tizimi va KPI (Key Performance Indicators) – Ishchi-
xizmatchilar qanchalik ishga berilgan va kompaniyaga sodiq bo’lishiga qaramay,
ular uchun juda kuchli motivatsiya tizimi ishlab chiqilgan bo’lishi lozim. Ayniqsa,
bu zakazlar yetkazib berish tezligini ta’minlab beradigan personalga tegishlidir.
Motivatsiya
tizimini KPI ga, ya’ni, kompaniyaning boshqaruv samaradorligi eng
ko’p bog’liq bo’lgan xodimlarning ko’rsatgichlari bilan hamda ish haqlari kattaligi
bilan bog’lab qo’yish zarur.
6. Elektron xizmatlarning yuqori sifati – umuman aytganda,
elektron
hizmatlarning sifati ancha murakkab sintetik ko’rsatgichdir. Uning qandayligi
xizmat ko’rsatish sifati bilan, shaxsiy tarkibning sifatli xizmat ko’rsatishi bilan,
ishonchlilik bilan, informatsion tizimning uzluksiz ishlay olishi bilan,
marketingning sifati bilan hamda teskari aloqaning sifati bilan aniqlanadi.
Yuqori
sifat – bu haridorlarni jalb qiladigan va ularni mahsulot va xizmatlarning doimiy
iste’molchisi bo’lishga undaydigan bir ko’rsatgichdir. Misol sifatida quyida qanday
muammolar qanday natijalarga olib kelishi mumkinligi keltirilgan (
DATAinsight,
Insales, PayU, p.107):
Do'stlaringiz bilan baham: