419
qoyil qolib, o’zlarining bizneslarida ham bunday usullarni qo’llashni istab
qoladilar. Natijada tadbirkorlar endi haridlarni sotuv bo’limining mas’ul hodimidan
emas, balki web-sayt orqali amaliga oshirishni istab qoladilar. Masalan,
Laird
Superfood kompaniyasi internet-kanal orqali ko’tara tovar yetkazib berishga o’tib,
sotuv hajmini 550% ga oshirishga erishdi. Kompaniyalararo raqobat kuchayishi
hamda inqiroz natijasida ko’pchilik firmalar mijozlarga hizmat ko’rsatish
bilan
bog’liq bo’lgan harajatlarni kamaytirishga intilib, internet vositasida jarayonlarni
avtomatlashtirish orqali bozordan dilerlarni, subdilerlarni
va boshqa hamkorlarni
yo’qolish taraddudidalar. Yaqin yillarda
B2B-loyihalarning rivojlanishi ancha
tezlanishi kutilmoqda. Ammo buni sekinlanshtiradigan faktorlardan biri –
talabgorlarning va bunday tizimlarni ishlab chiqaruvchilarning bilim va tajribalari
yetarli emasligidar. Ayniqsa, ishlab chiqarish sohasi raqamlashtirish jarayonlarini
amalga
oshirish
bo’yicha
eng
oxirgi
o’rinlardan
birini
egallaydi
(http://prntscr.com/ibl086).
Forrester Research tashkiloti ekspertlari fikriga ko’ra, 2020 yilga kelib,
B2B segmentida bir milliondan ortiq sotuvchilar o’z ish joylarini yo’qotadilar. Bu
esa mavjud mijozlar uchun shaxsiy kabinet yoki ko’tara platformalarni ishga
tushirush kerakligini anglatadi. Ko’pchilik ko’tarachilar o’z faoliyatlariga onlayn
kanallarni
tadbiq qilishga tayyorlar, chunki bu haqda internetda ma’lumot
o’qiganlar yoki raqobatchilar shunday qilayotganlarini ko’rganlar. Lekin onlayn
kanal biznesning ma’lum darajada shaffofligini, ya’ni, narxlash va logistikaning
tushunarli bo’lishini talab qiladi.
Shubhasiz, kichik
B2C internet-magazinlar
regional rivojlanish bo’yicha katta kompaniyalarga tenglasha boshlaydilar. Ammo
bunda o’rta va kichik kompaniyalar professional yetishmovchilikka duchor
bo’ladilar, chunki ular uchun boshqa xududlarda ish olib borish katta muammoga
aylana boshlaydi. Elektron tijorat rivojlanishi bilan birga bu sohada mustaqil
ekspertlar,
mutaxassislar, freelancerlar, biznes-blogerlar va boshqa bir qancha
turdagi xizmat ko’rsatuvchilar ham ko’paya boradi. Rossiya ishlab chiqaruvchilari
uchun
Do'stlaringiz bilan baham: