Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma


Download 5.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet233/324
Sana30.08.2023
Hajmi5.77 Mb.
#1671391
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   324
Bog'liq
Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар

Strategy kompaniyasining bashoratiga ko’ra, hajmi 2016 yilda $161 milliard dollar 
bo’lgan mobil sotuvlar hajmi 2020 yilga kelib $319 milliard dollarga yetar ekan. 
Tovarlarni mul’tikanal usulida reklama qilish kim, qachonvanegauyoki bu tovarni 
sotib olishini tahlil qilishning fani va amaliyotidir. Ammo mul’tikanalli usulda 
savdo qilish zahiralarni boshqaruv tizimini to’g’ri sozlash va uni qo’llab-quvvatlab 
turishsiz mumkin bo’lmaydi. Agar siz kelajak elektron savdosida muvaffaqiyatga 
erishishni orzu qilsangiz, o’z imternet-magaziningiz infratuzilmasini shunday 
tuzishingiz kerakki, bu tizim ko’p kanalli savdoni boshqarish va rivojlantirish 
imkoniyatiga ega bo’lsin, qo’ldan ma’lumot kiritish esa iloji boricha minimal 
miqdorda bo’lsin. 2016 yilda shu yo’nalishda bo’lib o’tgan konferentsiyada
(https://events.yandex.ru/lib/talks/3480/) qurilish materiallari savdosi bo’yicha 
ko’p kanalli elektron savdo maydoni tuzish va uni rivojlantirish masalalari ko’rib 
chiqlgan. Shunday usulda ishlaydigan William Wrigley Jr kompaniyasi 
Xitoyning 40% atrofidagi chaynaladigan rezinkalar bozorini egallab olishga 
erishgan.
Hozirgi zamonda ijtimoiy saytlar orqali sotuvlarni yo’lgan qoyish ham katta 
ahamiyatga ega bo’lib qoldi va olingan boshlang’ich natijalar barcha 
bashoratlardan ham katta bo’lib chiqdi. Chunki, masalan, Instagram ning bir 
haftada milliarddan ortiq faol foydalanuvchilari mavjud. Flurry ma’lumotlariga 
ko’ra, rivojlangan mamlakatlarda o’rtacha hisobda har bir katta yoshli inson 
internetda kuniga besh soat atrofida ishlaydi va ularning yarmi ijtimoiy saytlarda, 
messenjerlarda va qiziqazli kanallarda vaqtini o’tkazadi. Ma’lumotlarga ko’ra, 
ushbu foydalanuvchilarning 18% dan ortig’i ijtimoiy saytlarda nimalardir sotib 
olishgan. Kelajakda bunday sotuvlar hajmi yanada ko’payib boradi hamda 
foydalanuvchilar tajribasi ortadi. Masalan, MVMT Watches kompaniyasi Karusel 
formatidagi reklamadan foydalanib, chakana savdo magazinlarini chetlab o’tgan 
xolda Facebook orqali sotuvni boshladi. Hozirgi paytda ularning xaftalik daromadi 
$15 ming dollar va ularning sahifasiga xaftasiga 1,5 ming inson tashrif buyuradi. 


424 
Smatfonlar orqali qulay usulda xarid qilish imkoniyati tufayli foyda miqdori ikki 
barobarga oshgan. Instagram orqali sotuvlar tashkil qilish ham foydali bo’lgan va 
natijada savdoning oylik o’sish miqdori o’rtacha 29,8% ga yetgan. Demak, kimdir 
ijtimoiy tarmoqlar orqali sotuvdan voz kechsa, ancha-muncha daromaddan 
mahrum bo’lar ekan. Google ning mikromomentlari ham marketing jarayonini 
optimallashtirish uchun yangi bir imkoniyatdir. Chunki bir martalik reklama 
ma’lumotlari xozirgi paytda elektron tijotratda unchalik yaxshi samara bermayapti. 
Endilikda 
kompaniyalarning 
raqobatbardoshliligiga 
mikromomentlarni 
optimallashtirish orqali erishiladi. Mikromomentlar nima o’zi? Think with Google 
ga binoan u o’z tarkibiga uch tarkibiy qismni qamrab oladi: sotuv haqida qarorni 
darhol qabul qilish, muammolardan darhol qutulish va qandaydir bir yangi 
narsadan foydalanish. Ijtimoiy tarmoqlarda contentni, maqsadli e’lonlarni 
joylashtirish va reklama ma’lumotlarini qo’shishdan tashqari, onlayn sotuvchilar 
bularning har birini optimallashtirishlari va tranzaktsiyon elektron xatlarga alohida 
ahamiyat berishlari lozim. Haridorlarning hulq-atvorida asoslangan xolda, bunday 
ma’lumotlar yangi qo’shimcha xaridlarni generatsiya qilishlari va mijozlar bilan 
muloqotni yaxshilashi mumkin. Experian kompaniyasining izlanishlariga ko’ra, 
elektron pochta orqali tranzaktsion ma’lumotlardan keladigan daromad miqdori 
ommaviy ma’lumotlar tarqatishdan keladigan daromaddan ancha ko’p ekan. 
Tranzaktsionelektronxatlarnioptimallashtirishbo’yichaquyidamisollarnikeltirishimi
zmumkin: Mavsumga bog’liq ravishda kerakli bo’lgan tovarlarni taklif qiling, 
oldingi xaridlarga bog’liq bo’lgan mahsulotlarni taklif qiling, saytingizda qanday 
qilib harid qilish haqida aniq videolavxani ko’rsating, doimiy mijozlarga alohida 
chegirmalr taklif qiling, o’z mobil ilovangizga ilova bering. Misol sifatida 

Download 5.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling