Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma
Download 5.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар
- Bu sahifa navigatsiya:
- William Wrigley Jr
- MVMT Watches
- Think with Google
Strategy kompaniyasining bashoratiga ko’ra, hajmi 2016 yilda $161 milliard dollar
bo’lgan mobil sotuvlar hajmi 2020 yilga kelib $319 milliard dollarga yetar ekan. Tovarlarni mul’tikanal usulida reklama qilish kim, qachonvanegauyoki bu tovarni sotib olishini tahlil qilishning fani va amaliyotidir. Ammo mul’tikanalli usulda savdo qilish zahiralarni boshqaruv tizimini to’g’ri sozlash va uni qo’llab-quvvatlab turishsiz mumkin bo’lmaydi. Agar siz kelajak elektron savdosida muvaffaqiyatga erishishni orzu qilsangiz, o’z imternet-magaziningiz infratuzilmasini shunday tuzishingiz kerakki, bu tizim ko’p kanalli savdoni boshqarish va rivojlantirish imkoniyatiga ega bo’lsin, qo’ldan ma’lumot kiritish esa iloji boricha minimal miqdorda bo’lsin. 2016 yilda shu yo’nalishda bo’lib o’tgan konferentsiyada (https://events.yandex.ru/lib/talks/3480/) qurilish materiallari savdosi bo’yicha ko’p kanalli elektron savdo maydoni tuzish va uni rivojlantirish masalalari ko’rib chiqlgan. Shunday usulda ishlaydigan William Wrigley Jr kompaniyasi Xitoyning 40% atrofidagi chaynaladigan rezinkalar bozorini egallab olishga erishgan. Hozirgi zamonda ijtimoiy saytlar orqali sotuvlarni yo’lgan qoyish ham katta ahamiyatga ega bo’lib qoldi va olingan boshlang’ich natijalar barcha bashoratlardan ham katta bo’lib chiqdi. Chunki, masalan, Instagram ning bir haftada milliarddan ortiq faol foydalanuvchilari mavjud. Flurry ma’lumotlariga ko’ra, rivojlangan mamlakatlarda o’rtacha hisobda har bir katta yoshli inson internetda kuniga besh soat atrofida ishlaydi va ularning yarmi ijtimoiy saytlarda, messenjerlarda va qiziqazli kanallarda vaqtini o’tkazadi. Ma’lumotlarga ko’ra, ushbu foydalanuvchilarning 18% dan ortig’i ijtimoiy saytlarda nimalardir sotib olishgan. Kelajakda bunday sotuvlar hajmi yanada ko’payib boradi hamda foydalanuvchilar tajribasi ortadi. Masalan, MVMT Watches kompaniyasi Karusel formatidagi reklamadan foydalanib, chakana savdo magazinlarini chetlab o’tgan xolda Facebook orqali sotuvni boshladi. Hozirgi paytda ularning xaftalik daromadi $15 ming dollar va ularning sahifasiga xaftasiga 1,5 ming inson tashrif buyuradi. 424 Smatfonlar orqali qulay usulda xarid qilish imkoniyati tufayli foyda miqdori ikki barobarga oshgan. Instagram orqali sotuvlar tashkil qilish ham foydali bo’lgan va natijada savdoning oylik o’sish miqdori o’rtacha 29,8% ga yetgan. Demak, kimdir ijtimoiy tarmoqlar orqali sotuvdan voz kechsa, ancha-muncha daromaddan mahrum bo’lar ekan. Google ning mikromomentlari ham marketing jarayonini optimallashtirish uchun yangi bir imkoniyatdir. Chunki bir martalik reklama ma’lumotlari xozirgi paytda elektron tijotratda unchalik yaxshi samara bermayapti. Endilikda kompaniyalarning raqobatbardoshliligiga mikromomentlarni optimallashtirish orqali erishiladi. Mikromomentlar nima o’zi? Think with Google ga binoan u o’z tarkibiga uch tarkibiy qismni qamrab oladi: sotuv haqida qarorni darhol qabul qilish, muammolardan darhol qutulish va qandaydir bir yangi narsadan foydalanish. Ijtimoiy tarmoqlarda contentni, maqsadli e’lonlarni joylashtirish va reklama ma’lumotlarini qo’shishdan tashqari, onlayn sotuvchilar bularning har birini optimallashtirishlari va tranzaktsiyon elektron xatlarga alohida ahamiyat berishlari lozim. Haridorlarning hulq-atvorida asoslangan xolda, bunday ma’lumotlar yangi qo’shimcha xaridlarni generatsiya qilishlari va mijozlar bilan muloqotni yaxshilashi mumkin. Experian kompaniyasining izlanishlariga ko’ra, elektron pochta orqali tranzaktsion ma’lumotlardan keladigan daromad miqdori ommaviy ma’lumotlar tarqatishdan keladigan daromaddan ancha ko’p ekan. Tranzaktsionelektronxatlarnioptimallashtirishbo’yichaquyidamisollarnikeltirishimi zmumkin: Mavsumga bog’liq ravishda kerakli bo’lgan tovarlarni taklif qiling, oldingi xaridlarga bog’liq bo’lgan mahsulotlarni taklif qiling, saytingizda qanday qilib harid qilish haqida aniq videolavxani ko’rsating, doimiy mijozlarga alohida chegirmalr taklif qiling, o’z mobil ilovangizga ilova bering. Misol sifatida Download 5.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling