Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma
Download 5.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар
- Bu sahifa navigatsiya:
- Demand Metric
- Luxy Hair’s
- Pura Vida Bracelets
ModCloth internet magazinining ma’lumot tarqatish jarayonini ko’rishimiz
mumkin. Unda fodalanuvchiga jo’natilgan maktubda mijozga uning zakazi bajarilishning qaysi bosqichida turganini ma’lum qilishdan tashqari, kompaniya tomonidan qanday qiziqarli aktsiyalar o’tkazilayotgani, content va yangiliklar haqida ma’lumotlar jo’natiladi. Mijozlar diqatini qaratish uchun hech qandayimkoniyat nazardan qochirilmasligi kerak, chunki mijozlar individual 425 tranzaktsion ma’lumotlarga ommaviy ma’lumotlardan ko’ra ko’proq ahamiyat beradilar. Bu tushunarli albatta, chunki ular saytga kiruvchining harakatlari natijasi bo’lgani uchun ham ularda ko’proq ishonch uyg’otadi. Statistik izlanuvlarga ko’ra, bu turdagi ma’lumotnomalarni chiroyli qilib yozish va uni taqdim qilish ommaviy tijoriy ma’lumot jo’natishlardan ko’ra 3-5 barobar ko’proq foyda keltirar ekan. Lekin hozirgi davrda bizdagi kompaniyalar bunday marketing yondoshuvini unchalik ko’p ishlatmaydilar. Endi elektron tijoratda iste’molchi bilan muloqotda katta ahamiyatga ega bo’lgan kontent haqida ham biroz to’xtalib o’tamiz. Marketing strategiyasi sifatidagi kontent iqtisodiy jihatdan foydali bo’lib, investitsiyalar rentabelligiga samarali ta’sir qiladi. Xuddi shuning uchun ham, marketing bo’limlarining ko’pchilik rahbarlari foydalanuvchilar kontentini kelajak rivojlanish garovi deb biladilar. Kontentlarga asoslangan brendlar har bir yangi mijozni jalb qilishda $14 dollargacha iqtisod qiladilar. Blogni ishga tushirish yoki katalog yaratish uchun minimal miqdordagi resurslar talab qilinadi. Ammo bunda yondoshuvingizning strategiyasini diqqat bilan ishlab chiqishingiz kerak bo’ladi, shu jumladan, foydalanuvchilarning diqqat-e’tibori istalgan paytda o’zgarib qolishini, har bir auditoriyaning o’z yuqori standartlari borligini, ularning xoxish-istaklarini, nimalarni ko’rishni yoki nimalarni eshitishni istayotganlarini va xakozolarni hisobga olgan xolda. Agarda to’g’ri strategiyani tanlay olsangiz, muvaffaqiyatga erishdim deyavering. Demand Metric ning ma’lumotlariga ko’ra, qiziqarli content insonlarning ijtimoiy saytlardagi sahifalarga a’zo bo’lishlariga asosiy sabablardan biri ekan. Gartner kompaniyasining marketing izlanishlaridan ma'lum bo'ladiki, 64% iste’molchilarning brend tanlashida haridning ijobiy tajribasi mahsulotning bahosidan ko’ra muhimroqdir. HubSpot marketing servisining ma'lumotlariga ko'ra esa, bloglarga asosiy e’tibor qaratgan marketologlar boshqalarga nisbatan investitsiyalarning 13 marta ko’proq ijobiy rentabelligiga erishadilar. Kontent yaxshi bo’lsa, saytning konversiyasini ikki barobar oshirish mumkin ekan. Sotuv hajmini o’shirsh va haridorlarni jalb qilish uchunqanday strategiadan foydalanish mumkin? Buning uchun, masalan, tovarlar yoki xizmatlaringizni ishlatish 426 bo’yicha tushuntiruvchi videoroliklar tayyorlashingiz mumkin. Bunga juda yaxshi misollar sifatida Luxy Hair’s va Reshoevn8r internet-magazinlarining video- kontentlarini kelrtirish mumkin. Yana bir maslahat - foydalanuvchilar tomonidan yaratilgan kontentlarni saqlash, yig’ish va ularni iste’molchilar fikri sifatida ko’rsatishdir (taqrizlar). Masalan, Pura Vida Bracelets internet-magazini o’zining Download 5.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling