Samarqand davlat universiteti raqamli texnologiyalar fakulteti informatika o
Download 314.19 Kb.
|
6-AMALIY ISH
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR FAKULTETI INFORMATIKA O’QITISH METODIKASI YO’NALISHI Ma`lumotlar bazasi fanidan AMALIY MASHG`ULOT MAVZU: PHP dasturlash tilida MySQL ma’lumotlar bazasi bilan ishlash Bajardi: Eshmurodova.G Tekshirdi: Rashidov.A SAMARQAND-2021 PHP dasturlash tilida MySQL ma’lumotlar bazasi bilan ishlash PHP dasturlash tili yordamida siz MySQL ma’lumotlar bazasida ma’lumotlar bazasi yaratishingiz, shu ma’lumotlar bazasi tarkibida jadvallar yaratishingiz, yaratilgan jadvallarga ma’lumotlar qo’shishingiz, o’chirishingiz, tahrirlashingiz, ularni turli shartlar asosida chop etishingiz mumkin va ushbu amaliyot darsida ularni birma bir ko’rib chiqamiz. Dastavval ma’lumotlar bazasini yaratishni ko’rib o’tamiz. Eslatma: PHPda yozilgan kod sеrvеrning o’zida bajarilib, mijozga HTML shaklida yеtib boradi yani uning kompliatori web serverlardir. Shuning uchun PHP dasturlash tilida tuzilgan web ilovalarni sinab ko’rish uchun lokal serverlar (Denwer, XAMP, OpenServer shular kabi lokal serverlar)dan foydalanamiz. Oldingi darslarimizda Open Server lokal serveridan foydalanganimiz uchun ushbu darsda ham undan foydalanamiz. Birinchi qadamda diskadagi Open Server papkasidagi domain papkasi ichida yangi biror nomdagi papka yaratib olamiz, misol uchun Kutubxona nomli. Bu papka ichida index.php nomli php fayl yaratib olamiz (bu faylni barcha html muharirlari yordamida yaratishinigiz mumkin). Yaratilayotgan bu faylda hisob kitob ishlarini bajarmaymiz shunchaki unda ma’lumotlar bazasini, jadval yaratuvchi, jadvalga yangi ma’lumotlar qo’shuvchi, o’chiruvchi, tahrirlovchi va ma’lumotlarni chop etuvchi fayllarga gipermurojatlar yozib qo’yamiz (1-rasm): Endi ushbu fayl natijasini brouzer oynasida ko’ramiz. Buning uchun open server ni ishga tushiramiz. Masalalar panelida hosil bo’lgan yashil bayroqchadan мои сайты bo’limidan dars nomli saytni tanlaymiz (2-rasm). 2-rasm
Natijada brouzer oynasida quyidagi natija chiqadi (3-rasm): 3-rasm
Endi create_d.php nomli php faylini yaratamiz. Ushbu faylga MySQL ma’lumotlar bazasini boshqaruvchi tizimida yangi ma’lumotlar bazasi hosil qilish kodini kiritib qo’yamiz. Buning uchun avvalo faylni MySQL bilan bog’ashimiz kerak bo’ladi. Faylni MySQL ga bo’g’lash kodi quyidagicha: $conn = new mysqli("localhost", "user", "parol","baza_name"); Bu yerda $conn – bog’lanish natijasini o’ziga taminlab olayotgan o’zgaruvchi, boshqa nomli o’zgaruvchi olishimiz ham mumkin; New mysqli – MySQL bilan bog’lanishni taminlovchi funksiya; Localhost – new mysqli funksiyasining birinchi parametri bo’lib o’zgartirish shart emas; Download 314.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling