Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma


Download 5.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet286/324
Sana30.08.2023
Hajmi5.77 Mb.
#1671391
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   324
Bog'liq
Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар

Innovatsiyalar hayotiy tsiklining kamayishi – sohalar bo’yicha muhim 
innovatsiyalarning paydo bo’lishini oldindan oldindan ko’ra olish juda ham 
muhim, chunki aks holda ushbu soha yangi innovatsion yechimlar ta’sirida yo’q 
bo’lib ketishi ham mumkin. Misol sifatida musiqa bozoridagi ilg’or texnologiyalar 
evolyutsiyasi vositasida tushuntirishimiz mumkin: vinil plastinkalar –magnitofon 
lentalari – kassetalar – kompakt disklar – DVD – MP3 – on-line strimming 
servislari
Mehnat bozori tuzilishining o’zgarishi – information texnologiyalarning 
rivojlanishi ishchi-xodimlarning malakalariga bo’lgan talablarni ham tubdan 
o’zgartirib yuboradi. Natijada aqliy mehnatnig qadri oshib, bu sahada 
ishlaydiganlarga ish haqi miqdori ancha katta bo’lib ketadi. Buni iqtisodchilar 
texnik progressning yangi texnologiyalar bilan ishlay oluvchilar tomonga qarab 
burilishi (skill-based technological change – SBTC) deb ataydilar. Bu shubxasiz 
jahon trendidir va shuning uchun ham bu xolatni ta’lim dasturlari hamda rejalarini 
tuzishda hisobga olish kerak bo’ladi. Masalan, BCG konsalting kompaniyasining 
ma’lumotlariga ko’ra, Germaniyada ommaviy robotlahstirish hisobiga 2025 yilga 
kelib 610 ming ish joyi qisqaradi, ammo 960 ta malakali hodimlar talab qiladigan 
yangi ish joylari paydo bo’ladi (RAEK, NIU BSHE, Ekonomika Runeta RF, str.5). 


513 
Asta-sekin jahon bo’ylab raqamli iqtisodiyot tamoillari va dasturiy-texnok 
hamda algoritmik vositalari mobil tijoratga o’tish jarayoni amalga oshadi; 
Internet tizimida va raqamli dunyoda oldindan bashorat qilib bo’lmaydigan va 
kutilmagan ko’rinishdagi firibgarlik va tovlamachilik xolatlari yanaga rivojlanib 
boradi, kompaniyalar esa buning oldini olish uchu katta kuch sarflashlariga to’g’gri 
keladi; 
Sharing economy texnologiyalari insonlarning shaxsiy mulkka ega bo’lish 
istagiga ta’sir qila boshlaydi va yoshlar albatta shaxsiy mulikka ega bo’lish 
kerakligidan voz kehca boshlaydilar
Ijtimoiy tarmoqlar iste’mol imkoniyatlariga va harid bo’yicha qarorlar qabul 
qilish jarayoniga tobora ko’proq ta’sir ko’rsata boshlaydilar; 
Virtuallik xizmatlari va bulutli texnologiyalar biznes uchun tobora ko’proq 
imkoniyatlar yaratib, kompaniyalar ularni o’z faoliyatlariga yanada ko’proq jalb 
qila boshaydiar. Bu esa o’z navbatida information tizimlarning havfsizligi va 
ishnochliligini ta’minlab beradi; 
Kraudsorsong va kraudfanding texnologiyalarining biznesga kirib kelish 
jarayoni yanada kuchayadi va kompaniyalar jamoaviy fikr va jamoaviy 
mablag’lardan keng foydalangan xolda nafaqat tijoriy, balki ijtimoiy masalalarni 
ham hal qila boshlaydilar; 
Sun’iy intellect va Big Data texnologiyalarining Mashine Learning asosidagi 
imkoniyatlari kompaniyalarning mijozlarga yo’naltirilganligini ta’minlaydi va 
iste’molchilarning qoniqish darajasini oshiradi; 
Buyumlar interneti kompaniyalarni kerakli bo’lgan ma’lumotlarni shu zumdayor 
yig’ish, qayta ishlash va tahlil qilish imkoniyati bilan ta’minlaydi. Bu esa insoniy 
faktorning ko’zda tutilmagan nojo’ya ta’sirlaridan qutulishga yordam beradi
Virtual va to’ldirilgan voqe’lik texnologiyalari hamda robotlashtirish ishlab 
chiqarish modellarining tubdan o’zgarishiga juda katta ta’sir qila boshlaydi; 
3D-printerlar esa ishlab chiqaruvchilarni iste’molchilarga shu qadar 
yaqinlashtiradiki, endi mahsulotlarni individual zakaz bo’yicha kichik partiyalarda 
ishlab chiqarish ham juda foydali bo’lib qoladi; 


514 
Kompaniya va tashkilotlarning yangi texnologiyalarni o’zlashtirish jarayoniga 
bog’liq ravishda, ishchi-xizmatchilarning malaka oshirishiga bo’lgan talablar ham 
keskin o’zgaradi va hodimlarning butun umri davomida ta’lim olishi (Life Long 
Learning) kerakligi zamona talabi bo’lib qoladi. 

Download 5.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling