Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma
Download 5.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oliy Iqtisod maktabi
- Binary District
- Sber Graduate
TechLab kompaniyasi (S7 Groupning qo’shicha korxonasi) bilan birgalikda
«Школаданных» va «Практическийблокчейн» deb nomlangan kurslar ham tashkil qilgan. Ushbu kurs dasturida bir qancha foydali ma’lumotlar beriladi, shu jumladan, blokcheyn texnologiyasi asoslari, kriptovalyutalar va ularning ko’rsatgichlari, blokcheyndan foydalanishning muvaffaqiyatli holatlari tahlili va taqsimlangan reestr texnologiyalarining biznesda qo’llanilishiga doir misollar. O’quv jarayoni kuniga 2 soatdan 8 marta amalga oshiriladi. MGIMO biznes va halqaro kompetentsiyalar maktabi «Правовыеосновырегулированияновыхцифровыхтехнологий» deb nomlangan bir haftalik kursga tanlov e’lon qildi. Bukursdatalabalar quyidagi fanlarni o’rganadilar: Blokcheyn texnologiyalarni tadbiq qilishning huquqiy asoslari; Sun’iy intellect va big data; Kompaniya resurslarini tokenlashtirish; Raqamli texnologiyalar doirasida biznesni rivojlantirish; Kriptovalyutalar aylanishida moliyaviy hamda soliq nazorati va boshqalar. Moskva shaxridagiOliy Iqtisod maktabi (ВысшаяШколаЭкономики) ham masofaviy usulda amalga oshiriladigan 80 dan ortiq ta’lim dasturlarini taklif qiladi. 2019 yilda ma’lumotlar tahlili, mashinaviy o’qitish va raqamli iqtisodiyot bo’yicha ham dasturlar ishlab chiqildi. Masalan, «ЮристЦифровойЭкономики» va 516 «Дизайнвцифровойсреде» dasturlarini bunga misol qilib keltira olamiz. Dasturlash bo’yicha tajribasi bor insonlarga «Практическийанализданныхимашинноеобучение» ta’lim dasturini taklif qilish mumkin. Bu kurs bo’yicha ta’lim oluvchilar mashinaviy o’qitish usullari, neyron tarmoqlari va deep learning bo’yicha ma’lumotlarni olishlari mumkin. Ta’lim jarayoni so’ngida kurs ishtirokchilari ma’lumotlar tahlili bo’yicha individual loyiha tayyorlaydilar. O’qish muddati 5 oyni tashkil qiladi. O’qish yakunida barcha ishtirokchilar Oliy Iqtisod maktabining malaka oshirish haqidagi sertifikatini oladilar. Binary District deb nomlangan halqaro ta’lim platformasi ham sun’iy intellect, mashinaviy o’qitish va neyron tarmoqlarga bag’ishlangan intensiv kurslar taklif etgan. Kurs davomida talabalarga matnlar va tasvirlarni tanib oladigan masalalarni yechish uchun neyron tarmoqlaridan foydalanish usullarini hamda katta ma’lumotlar (big data) larni tahlil qilish uchun turli hildagi usullardan foydalanish bo’yicha ta’lim beriladi. Darslar haftasiga uch marta Moskvadagi Digital Octobermaydonchasida olib boriladi. SberbankningSber Graduate deb nomlangan loyihasida Sberseasons deb ataladigan stajirovkaga talabalar, magistrantlar hamda mutaxassislar qabul qilinadi va bu stajirovka Moskvada, Sankt-Peterburgda, Yekaterinburgda, Novosibirskda, Samarada va Voronejda o’tkaziladi. Bunda IT-yo’nalishlardan UX/UI design, Data Engineering, Java Script, Cyber security, Python development, Data science kabi fanlar hamda grafik dizayn, iqtisodiy modellashtirish usullari, biznes-analiz kabi alohida yo’nalishlar mavjud. O’qish jarayoni davomida talabalar Sberbankning turli xildagi amaliy loyihalarini amalga oshirishda ham ishtirok etadilar. Download 5.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling