Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma
Download 5.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар
Augur huquqbuzarliklarga nisbatan nolga teng bo‘lgan sabr-toqatni joriy qilib,
noaxloqiy shartnomalar muammosini ham hal qiladi.Bashorat bozorlari yakuniy hodisalarga stavkalardan manfaatdor bo‘lgan investorlar uchun foydali, masalan: «IBM daromadi bu chorak hech bo‘lmasa 10 sentga o‘sadimi?» Hozir korporativ 112 foydaning dastlabki bahosi – bir nechta ekspert tahlilchilar bashoratlarining o‘rtacha yoki mediana qiymati, xolos. «Omma donishmandligi»dan foydalanib, biz kelajak uchun realistik bashorat qilamiz, bu esa bozorlarni yanada samarali qiladi. Bashorat bozorlari anomal hodisalar va global noaniqlikka qarshi xedjirlash uchun hizmat qilishi ham mumkin. Bashorat bozorlari butun dunyo bo‘ylab investorlarni ertaroq xabardor qilish tizimi sifatida xolisona ishlashi ham mumkin.Bashorat qilish bozorlari moliya tizimining ko‘plab jihatlarini to‘ldirishi va oxir-oqibat o‘zgartirishi mumkin. Xaridlar, rahbariyatning almushinuvi haqida hisobotlar bo‘yicha bashorat bozorlarini tasavvur qilib ko‘ring. Bashorat bozorlari axborotlari asosida bozorni xedjirlash va qadriyatlarni sug‘urtalash amalga oshirilishi mumkin va istiqbolda ular hatto optsionlar, foiz stavkasi svoplari va kredit defolti svoplari kabi mistik moliyaviy vositalarni siqib chiqaradi.Albatta, bashorat bozori hamma joyda ham kerak emas, albatta. U yetarli miqdorda odamlar qiziqib qolmagunga qadar e’tiborni jalb qilish qilish uchun kerakli darajada likvidli bo‘lmaydi. Lekin baribir uning salohiyati ulkan va hamma uchun ochiq hisoblanadi. Blokcheyn texnologiyalarimoliya hizmatlari bozorining chakana banking va kapital bozoridan tortib buxgalteriya hisobi va tartibga solishgacha bo‘lgan barcha turlari va funksiyalariga ta’sir etadi. Shuningdek, ular banklar va moliyaviy institutlarning jamiyatdagi rolini qayta ko‘rib chiqishga majbur qiladi. Agar eski dunyo qattiq ierarxiyaga ega, sust, yopiq va shaffof emas bo‘lsa, o‘zgarishlarga qarshilik ko‘rsatsa va kuchli vositachilar tomonidan nazorat qilinsa, yangi dunyo tekisroq, piring qarorlari taklif qiladigan va ishonchli, shaffof, funktsiyalari bir-biriga kiritilgan va innovatsion bo‘ladi. Albatta, o‘zgarishlarnormal faoliyat ko‘ratishning buzilishi va beqarorlikka olib keladi, lekin tarmoq yetakchilari bugunning o‘zidayoq bu borada qandaydir choralar ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Moliyaviy hizmatlar sohasini yaqin yillarda qisqarish ham, o‘sish ham kutib turibdi: kamroq sonli vositachilar ancha kichik harajatlar bilan ko‘p sonli kishilarga ko‘proq mahsulot va hizmatlar taklif qilishlari mumkin. Nomarkazlashgan dunyoda ochiq va yopiq blokcheynlar o‘ziga joy topa oladimi, yo‘qmi – bu tortishuvli masala. O‘ylaymizki, blokcheyn texnologiyasining bartaraf 113 qilib bo‘lmaydigan kuchi hozirgi kunda zamonaviy moliyaning mustahkam o‘rnashib olgan, tartibga solib tashlangan va rivojlanishdan to‘xtagan infratuzilmasiga hujum qilmoqda. Ularning to‘qnashuvi moliya tizimi landshaftini o‘n yilliklarga o‘zgartirib yuboradi.Umid qilamizki, u nihoyat industrial davrning pul mashinasidan platformasiga aylanadi.Potensial foyda olish taklifi bilan jalb qilinganbir nechta kompaniya blokcheynlar uchun qidiruv dasturlari yaratish muammosi ustida ishlamoqda. Google dunyodagi barcha axborotlarni yig’ish va tashkil qilish missiyasini o‘z zimmasiga olgan va bu masalani tadqiq etishga kompaniya juda ko‘p mablag’ va inson resurslarini sarflaganiga ajablanmasa ham bo‘ladi.Internetda qidirish va blokcheynda qidirish o‘rtasida uchta asosiy farq bor. Birinchidan, bu foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlari daxlsizligi. Shu bilan bir vaqtda tranzaksiyalar shaffof, har biri o‘zining shaxsiy ma’lumotlari egasi bo‘lib, ular bilan qanday muomala qilishni o‘zlari hal qiladilar. Jarayonda nomini ma’lum qilmagan holda yoki taxallus ostida (o‘ylab topilgan nom ostida - anonim) yoki soxta-anonim (qisman anonim) ravishda ishtirok etishi mumkin. Ko‘plab kompaniyalar personal yollash jarayonini qayta ko‘rib chiqishi va qayta tashkil qilishiga to‘g‘ri keladi. Masalan, kadrlar bo‘yicha mutaxassis blokcheynga yopiq savollar (ha/yo‘q) berishni o‘rganishi lozim: «Siz odammisiz?», «Amaliy matematika sohasida oliy ma’lumotingiz bormi?», «Scrypt, Python, Java, C++ dasturlarida dasturlashtirishni bilasizmi?» Firmalarda paydo bo‘ladigan mojarolarga yana bir sabab, shartnoma harajatlari, narx muhokamasi, tovar yoki hizmatlar taqdim etish shartlarini tavsiflash va hajmini aniqlash, bu bitimlarning bajarilishini ta’minlash va tartibga solish hamda ularning ijro etilmagani uchun choralar ko‘rish hisoblanadi. Shartnoma va bitimlar – nisbatan yangi hodisa bo‘lib, biz mulkni emas, majburiyatlarni almashina boshlaganda paydo bo‘lgan. Og‘zaki bitimlar ishonchsiz bo‘lib chiqdi: ularni buzib ko‘rsatish, noto‘g‘ri eslab qolish mumkin bo‘ladi, guvohlarga esa doim ham umid qilib bo‘lmaydi. Shubha va ishonmaslik yangi odamlar bilan birgalikda ishlashga to‘sqinlik qiladi. Shartnomalarni zudlik bilan ijro etish lozim, shartlarning bajarilishini ta’minlashga esa faqat kuch bilan tahdid 114 solish hisobiga erishilgan – buning rasmiy mexanizmlari mavjud bo‘lmagan. Yozma shakldagi shartnoma majburiyatlarni qayd qilish, ishonch asosida munosabatlar o‘rnatish va bir-biridan kutadigan natijalarni tavsiflash usuliga aylangan. Yozma shartnomalar tomonlardan biri o‘z majburiyatlarini bajarmagan yoki kutilmagan voqea yuz bergan hollarda nima qilish kerakligini ko‘rsatadi. Blokcheyn, shartnoma harajatlarini pasaytirib, firmalarga ochilish va o‘z sarhadidan tashqarida yangi munosabatlarni rivojlantirishga imkon beradi. Consensys (kelishuv), masalan, uning hududida ham, hududidan tashqarida ham turli qatnashchilar guruhi bilan o‘zaro munosabatlarni yuzaga keltirishi mumkin, chunki bu munosabatlari an’anaviy menejerlar emas, smart-shartnomalar boshqaradi. Qatnashchilarning o‘zlari hammani qoniqtiradigan maqsadlarni belgilaydi va ularga erishganlik uchun mukofot oladi – bularning hammasi blokcheynda bajariladi. Download 5.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling