Ravish so’z turkumi Ravish


Ravishning tuzilishiga ko’ra turlari


Download 0.5 Mb.
bet4/4
Sana27.01.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1134658
1   2   3   4
Bog'liq
Ravish so\'z turkumi

Ravishning tuzilishiga ko’ra turlari:


Tuzilishiga ko’ra turlari
Sodda ravishlar
Qo’shma ravishlar
Juft ravishlar
Takroriy ravishlar
1. Sodda ravishlar:
1) sodda tub ravishlar – tarkibida ravish yasovchi qo’shimcha mavjud bo’lmagan ravishlar: bugun, hamon, jim, yayov, jo’rttaga, piyoda;
2) sodda yasama ravishlar – ravish yasovchi qo’shimchalar yordamida yasalgan ravishlar.
1) -ona: mardona 8) -lab: ertalab;
2) -cha: o’zicha; 9) -chasiga: yangichasiga;
3) -an: tasodifan; 10) -ligicha: butunligicha;
4) -lay/-layin: tiriklay(in); 11) -larcha: mardlarcha;
5) -namo: uyalgannamo; 12) -siz: to’xtovsiz;
6) -iga/-siga: birdaniga, qatorasiga; 13) bar-: barvaqt;
7) -chang: mahsichang; 14) be-: beto’xtov;
III shaxs birlik va ko’plik egalik qo’shimchalari va -ga, -da, -dan kelishik qo’shimchalari asos qism bilan mustahkam birikib, hozirgi kunda ajralmas holga kelgan:
kunduzi, kechasi, tubdan, tunda, to’satdan, rostdan, chindan, ertaga, birdan, qo’qqisdan.

2. Qo’shma ravishlar – ikki va undan ortiq asoslarning birlashishidan tarkib topgan ravishlar. Ularning tuzilishi quyidagicha: 1) u, bu, shu o’sha+on, payt, vaqt, yer, yoq kabilar: shu on, bu yerda, o’sha yoqda, u yerga; 2) har+on, vaqt, lahza, zamon, gal, kun, yil, dam, yer, yoq, joy, taraf kabilar: har vaqt, har joyda, har lahza, har yerda; 3) bir+oz, vaqt, on, zamon, talay, nav, dam, kun, zum, nafas kabilar: biroz, bir vaqt, bir on; 4) hamma+vaqt, joy, yoq, yer kabilar: hamma joy, hamma vaqt, hamma yer, hamma yoq; 5) qay+mahal, vaqt, kun, on kabilar: qay mahal, qay vaqt, qay kuni, qay on Qo’shma ravishlar deyarli ajratib yoziladi. Qo’shib yoziladigan qo’shma ravishlar ham mavjud bo’lib ular quyidagilar: biroz, birmuncha, birpas, birato’la, birvarakayiga, buyon.


3. Juft ravishlar – ikki asosning juftlashishidan yasalgan ravishlar:
Ular quyidagi turkumlarning juftlashishidan hosil bo’ladi:
1) ravish: nari-beri;
2) fe’l: uzil-kesil;
3) ot: tun-kun;
4) sifat: omon-eson.
4. Takroriy ravishlar – asoslarning takrorlanishidan yasalgan ravishlar:
Ular quyidagi turkumlarning takrorlanishidan hosil bo’ladi:
1) ravish: tez-tez;
2) fe’l: bilinar-bilinmas;
3) ot: dasta-dasta;
4) sifat: uzundan uzun;
5) son: birma-bir;
6) olmosh: o’z-o’zidan;
7) taqlid so’z: taqa-taq.
Ravishlarga oid umumiy xususiyatlar:
1. Ravishlar tub va yasama ravishlarga bo‘linadi. Yasama ravishlar qo‘shimchalar qo‘shish, asos qismni juft va takror qo‘llash yoki ikki asosni biriktirish yo‘li bilan hosil qilinadi.
2. Ravishlar daraja ifodalamaydi. Lekin sekin, tez, ko’p, kam, oz ravishlarida daraja ma’nosi ifodalanishi mumkin:
sekinroq, o’ta tez, nihoyatda ko’p, juda kam, ozroq.
3. Ravishlar otlashmaydi. Lekin ko’p, kam, oz, bir talay kabi ravishlar otlashib kelishi mumkin:
Ko’pi ketib, ozi qoldi.
Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling