Ravish so’z turkumi Ravish


Download 0.5 Mb.
bet3/4
Sana27.01.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1134658
1   2   3   4
Bog'liq
Ravish so\'z turkumi

O’rin ravishlari
Harakat-holatning bajarilish yoki bajarilmaslik o‘rnini bildirib, ”qayer (-ga, -da, -dan)?” so‘rog‘iga javob bo‘ladi.
Misol uchun: olg‘a, ichkari (-ga, -da, -dan), tashqari (-ga, -da, -dan), u yer (-ga, -da, -dan), o’rta (-ga, -da, -dan), oldinda, nari, beri, bir tarafdan, har joydan,
Ichkarida sham yonar, bolalar sovuqdan tanchaga oyoqlarini tiqib yotishardi.
Maqsading sari hamisha olg’a intil.
Gulzoda tashqariga chiqib qarasa, Ahmad allaqachon ketib bo’lgan ekan.
Eslatma: O’rin ravishlarini o’rin-joy otlaridan farqlash lozim. O’rin ravishlari ham, o’rin-joy otlari ham o’rin ma’nosini ifodalaydi. Lekin o’rin-joy oti aniq joyni ifodalaydi. O’rin ravishlari esa o’rinni biror narsaga nisbatan ifodalaydi:
Hovliga (o’rin-joy oti) turli tuman sabzavotlar ekilganidan traktor kirishga joy yo’q edi.
Ichkariga (o’rin ravishi) kirishingiz bilan kuzatuv kameralarini o’chirishingiz kerak bo’ladi.
Miqdor-daraja ravishlari
Harakat va holatning bajarilishidagi miqdor-darajani bildirib, ”qancha?” so‘rog‘iga javob bo‘ladi.
Misol uchun: sal, picha, xiyol, oz, ko‘p, kam, ancha, yetarlicha, ozmuncha, butunlay, bir talay, tirnoqcha, qittay, zarracha, jinday, xiyla, uzundan-uzoq, behad, mo’l…
Bo’ying sal cho’zilsin, seni ham kurashga beramiz.
Zaynab bor haqiqatni onasiga aytganidan so’ng xiyla yengil tortdi.
Maqsad-sabab ravishlari
Harakat-holatning bajarilishidagi maqsad-sababni bildirib, “nega?”, “nima uchun?” so’roqlariga javob bo’ladi.
Maqsad-sabab ravishlari 2 ga bo’linadi:
1) maqsad ravishlari: atayin, ataylab, qasddan, jo‘rttaga, azza-bazza, bila-ko’ra, ko’ra-bila;
2) sabab ravishlari: noiloj, noilojlikdan, ilojsizlikdan, chor-nochor.
Oybek atayin akasining jig’iga tegishga harakat qilardi.
Bu yil qasddan qilingan jinoyatlar soni keskin kamaydi.
Davron kelishuvga noiloj rozi bo’ldi.
Ravish ma’no turlarining almashinib qo’llanilishi:
1. Uzoqdan bir yigit ko’rindi. – o’rin ravishi
2. Gapni uzoqdan boshlamay, dangal gapirsang-chi? – holat ravishi
3. Qishloq guzari yaqinda joylashgan. – o’rin ravishi
4. Yaqinda ishga kelgan hamshira qiz hamma bemorlarning ko’nglini olishga ulgurdi. – payt ravishi
5. Yulduz xonani tozalash uchun partalarni nari-beri surdi. – o’rin ravishi
6. Avazbek nari-beri dars qilgani uchun imtihondan o’tolmadi. – holat ravishi
7. Sarvar tog’ga zo’rg’a chirmashib chiqib oldi. – holat ravishi
8. Nargiza tuman ichida zo’rg’a ko’rinardi. – daraja-miqdor ravishi

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling