Mavzu: Shevalarda ravishlarning qo`llanishi. Ravish
Download 107.88 Kb.
|
shevalarda ravishlarning qo`llanilishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- RAVISH YASALISHI
Mavzu: Shevalarda ravishlarning qo`llanishi. Ravish — mustaqil soʻz turkumlaridan biri; harakat va holatning belgisini, shuningdek, belgining belgisini bildiradi. Ravishlarning quyidagi maʼnoviy turlari mavjud: holat (tarz) Ravishlari (tez, sekin, piyoda kabi); oʻrin Ravishlari (uzoqda, yaqindan, pastda kabi); payt Ravish lari (hozir, kecha, bugun kabi); darajamiqdor Ravish lari (ancha, sal, kam kabi); maqsad Ravishlari (ataylab, joʻrttaga kabi); sabab Ravish lari (noiloj, ilojsiz, chorasizlikdan kabi). Payt, oʻrin va maqsad Ravishlaridan boshqa barcha Ravishlarni, eng umumiy xususiyatlariga koʻra, bir turga kiritish va ularni holat (tarz) Ravishlari deb atash mumkin. Ravish mustaqil soʻz turkumi sifatida quyidagi morfologik xususiyatlar bilan ajralib turadi: 1) daraja kategoriyasiga ega: tez, koʻp (oddiy daraja) — tezroq, koʻproq (qiyosiy daraja) — eng tez, juda koʻp (orttirma daraja) kabi; 2) oʻzgarmas bulib, koʻpincha feʼllarga bogʻlanib keladi: Soʻrida qat-qat duxoba koʻrpachalar ustma-ust toʻshalgan edi; 3) Ravish ayrim oʻrinlarda sifat va otga bogʻlanib kelishi ham mumkin. Bunday hollarda Ravish belgining belgisini yoki predmetning belgisini emas, oʻzi bogʻlanib kelgan sifat yoxud otdan anglashilgan harakatlarning belgisini bildiradi: Kecha havo juda sovuq edi. Ravishlar morfologik va sintaktik usullar bilan yasaladi: doʻstona, qahramonlarcha, oylab (morfologik usul), har zamon, shu on, bir dam (sintaktik usul) kabi. Ravishlar tuzilishiga koʻra, sodda (kamtarona, vijdonan, butunlay), qoʻshma (har dam, bir yoʻla, ozmuncha, har qachon), juft (kechakunduz, qishin-yozin) va takroriy (ozoz, tez-tez, koʻp-koʻp) turlarga boʻlinadi. Ravishlarning anchagina, juda, kam, kamkam kabi shakllari modal shakl hisoblanadi. Ravishlar gapda hol, aniqlovchi va kesim vazifalarida keladi. Ravishlar belgi anglatish xususiyatlari bilan sifatlarga uxshaydi, ammo grammatik xususiyatlari jihatidan ular oʻzaro farqlanadi: sifatlar predmetning belgisini, Ravishlar esa harakat yoki holatning belgisini bildiradi; ularning gapdagi, yaʼni sintaktik vazifasi ham oʻzgachadir. XX asrning 20-80 yillarida tilimizga yanada taraqqiy etish uchun katta huquqlar berilmagan bo‘lsa hamki, bir qancha rus sharqshunos olimlarining harakatlari bilan ona tilimiz hamda uning asosiy manbasi bo‘lgan shevalarimizni ham ilmiy, ham amaliy asoslarda o‘rganishni boshlashgan edi. Bu olimlar shevalarimiz haqidagi ilmiy ishlari bilan adabiy til haqida gapirish uchun uning shevalarini o‘rganish lozimligi masalasini dalillar asosida ko‘ra olishdi. Natijada, E.D.Polivanov, K.K.Borovkov, I.I.Zarubin, K.K.Yudaxin kabi o‘nlab sharqshunos hamda dialektolog olimlarining shevalarimiz to‘g‘risidagi ilmiy tadqiqotlari maxsus tashkil etilgan dialektologik ekspeditsiyalar vaqtida yaratilgan va bugungi kunda shevalarimizni o‘rganish bo‘yicha bebaho manbalar qatoridan ularning ilmiy ishlari o‘rin olganligini tan olish shart. 60-yillar o‘zbek dialektologiyasi taraqqiyotida muhim o‘rin tutgan, ko‘plab dialektologik kadrlar etishtirib bergan Rossiya va O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining muxbir a’zosi A.K. Borovkovdir. Olim o‘zbek dialektologiyasining ulkan mutaxassisi sifatida ko‘pgina asarlar yaratdi, o‘zbek shevalarini tasnif qildi. Uning sof dialektologik asarlariga «Voprosnik dlya sobiraniya materialov po uzbekskom govoram», «K xarakteristike uzbekskix «umlautnmx» ili «uygurizovann1x»govorov», «Voprosg klassifikatsii uzbekskix govorov», «Uzbekskoe govorm Namanganskoy oblasti» kabilarni klritish mumkin. RAVISH YASALISHI: 1. Leksik yo‘l bilan: kop, a:z, yaxshi, chaqqan, alis. 2. Morfologik yo‘l bilan: -cha, -chə,-day,-dəy,-lap,-ləp. -chasina, -chəsinə, -an,- ən: -qastan, yigitchəsigə. Turk-kaltatoy shevasida gap bo‘laklari bilan grammatik jihatdan bog‘lanmagan so‘zlarga undalma va kirish so‘zlardir: bכləm, senga n’mə boll’? Shevalarda qo‘shma va murakkab gaplarga nisbatan sodda gaplar ko‘p uchraydi. Yu.Jumanazarovning ta’kidlashicha, u 1962-1967 yillar ichida Xorazmdagi 112 odamdan 2800 gap yozib olgan bo‘lib, shundan 2100 tasi sodda gap, ya’ni 75 foizi sodda gap: Aytqanim - shu; Degenim - degan, Bala - bala. Dialekt va shevalarda qo‘shma gap komponentlari o‘zbek adabiy tilidan keskin farq qilmaydi. Ikki komponentdan iborat qo‘shma gaplar uch va to‘rt komponentlardan tashkil topgan qo‘shma gaplarga nisbatan ko‘p tarqalgan: G‘ava bulit bo‘ldi, dag‘in gunem savip getti. Damaqi o‘rtag‘a alip yeməkə aylanishiptilar (ovqatni tayyor qilib yeya) ekkən xirman etər, ekməgən ərman yetər. Qo‘shma gaplarning uch sodda gap komponentidan iborat bo‘lishi ham ancha keng tarqalgan: Ayttim, hazir gələdi, bir zamin otiring. Qo‘shma gaplar to‘rt sodda gap komponentidan iborat bo‘lishi ham mumkin: axsham bulut boldi, paxtani yag‘navedik, yig‘madi, yaxshi voldi. Qo‘shma gaplar beshta komponentdan iborat bo‘lishi mumkin: Uyə girip : anavi qana? -dedi, hazir gələdi, dedim. Download 107.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling