Ravishning leksik-grammatik xususiyatlari Ravishlarning ma’no turlari Ravishlarning yasalishi


Download 32.05 Kb.
bet3/8
Sana12.10.2023
Hajmi32.05 Kb.
#1699305
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2-mavzu

Ravishlarning yasalishi
O‘zbek tilida ravishlar, asosan, 2 xil usul, affiksatsiya va kompozitsiya usuli bilan yasaladi.
Affiksatsiya usuli bilan ravish yasashda so‘z negiziga maxsus ravish yasovchi affikslarni qo‘shish bilan ravish yasaladi. Ravishning bu usul bilan yasalishida ko‘pincha ot, ba’zan sifat, son, olmosh, fe’lning sifatdosh va harakat nomi shakllari, shuningdek ravishning o‘zi asos bo‘ladi.
Ravish yasovchi affikslar quyidagilar:
-an: taxminan, rasman, tasodifan, majburan kabi. Bu affiks ot, sifat asosidan ravish yasaydi.
-cha: o‘zbekcha, yangicha, boshqacha, o‘zicha, istagancha, hozircha kabi. Bu affiks ot, sifat, olmosh, sifatdosh, ravish asosidan ravish yasaydi.
-incha: ko‘pincha, aksincha kabi. Bu affiks ravish, sifat asosiga qo‘shilib ravish yasaydi.
-larcha: o‘rtoqlarcha, qarindoshlarcha, aybdorlarcha, vahshiylarcha kabi. Bu affiks ot, sifat asosiga qo‘shilib ravish yasaydi.
-ligicha: tirikligicha, xomligicha, ozligicha, xo‘lligicha kabi. Bu affiks sifat, ravish asosiga qo‘shilib ravish yasaydi.
-lay: tiriklay, butunlay kabi. Bu affiks sifat va olmosh asosidan ravish yasaydi.
-ona: do‘stona, fidokorona, g‘ olibona, qadimona kabi. Bu affiks ot, sifat, ravish asosidan ravish yasaydi.
-lab: haftalab, yaxshilab, bittalab, ko‘plab kabi. Bu affiks ot, sifat, son, ravish asosiga qo‘shilib ravish yasaydi.
-chasiga: dehqonchasiga, eskichasiga kabi. Bu affiks ot, sifat asosiga qo‘shiladi.
-siga: tikkasiga, yappisiga kabi. Bu affiks sifat, olmosh asosiga qo‘shilib ravish yasaydi.
-n (-in): ertan, kechin, yashirin kabi. Bu affiks ravish, fe’l asosiga qo‘shilib ravish yasaydi.
-siz, be-: tinimsiz, to‘xtovsiz, beto‘xtov kabi. Bu affikslar omonim affiks sifatida sifatdan tashqari ot, harakat nomi asosidan ravish yasaydi.
-day (-dek): toshdek, gulday kabi. Bu affikslar ot asosiga qo‘shilib ravish yasaydi.
Kompozitsiya usuliga ko‘ra ikki so‘z asosini ma’lum bir qolipda birikishi, tizilishi orqali harakatning bitta belgisini ifodalaydigan ravish yasaladi. Bu usul bilan qo‘shma va juft ravishlar yasaladi.
Qo‘shma ravish quyidagicha yasaladi:
1) har olmoshi bilan o‘rin yoki payt ma’nosini bildiruvchi so‘zlarni biriktirish bilan: har vaqt, har lahza, har on, har gal, har yoq, har zamon kabi;
2) ko‘rsatish olmoshlariga yon, er, yoq so‘zlarini qo‘shish bilan: shu er, shu yoqqa, shu yonda, bu erda, bu yoqqa, o‘sha yoqda, o‘sha yoqqa, u erdan kabi;
3) bir soniga o‘rin, payt, miqdor ma’nosini bildiruvchi so‘zlarni yoki mustaqil ishlatilmaydigan so‘zlarni qo‘shish bilan: bir zum, bir lahza, bir zamon, bir yo‘la, birmuncha, birvarakay, bir yoqqa, birato‘la, bir oz kabi;
4) turli so‘z turkumiga oid ikki so‘z shaklining (o‘z leksik ma’nosini saqlagan, ba’zan mustaqil ishlatilmaydigan so‘z bilan) birikishi bilan: tez orada, hali zamon, shu zahoti, tunov kun, kuni kecha, qadim zamon, ozmuncha kabi.
Juft ravish ikki so‘zning teng bog‘lanishi bilan yasaladi.
Juft ravish quyidagicha yasaladi:
1) ma’nosi bir-biriga yaqin (sinonim) so‘zlarning teng bog‘lanishi bilan: asta-sekin, ochiq-oydin, eson-omon kabi;
2) qarama-qarshi ma’noli (antonim) so‘zlarning teng bog‘lanishi bilan: bugun-erta, yozin-qishin, nari-beri kabi;
3) –ma (-ba) elementlari, shuningdek, chiqish va jo‘nalish (ba’zan bosh) kelishigi shaklini olgan so‘zlarni takrorlash bilan: yuzma-yuz, yonma-yon, dam-badam, kundan-kunga, naridan-beri, kamdan-kam kabi;
4) turli fe’l shakllarining takrorlanishi hamda ularni bo‘lishli va bo‘lishsiz shaklda takrorlash bilan: qayta-qayta, sezilar-sezilmas, qo‘yarda-qo‘ymay, bilinar-bilinmas kabi.



Download 32.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling