Ravishning leksik-grammatik xususiyatlari Ravishlarning ma’no turlari Ravishlarning yasalishi
Ravishlarning tuzilishi jihatdan turlari
Download 32.05 Kb.
|
2-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ravish tahlili namunasi
- Takrorlash uchun savollar
Ravishlarning tuzilishi jihatdan turlari
Ravish tuzilishiga ko‘ra: 1) sodda, 2) qo‘shma, 3) juft, 4) takroriy ravishlarga bo‘ladi. Sodda ravishlar bir o‘zak morfemadan tuziladi: yaqqol, ko‘p, hozir, vijdonan, kamtarona kabi. Qo‘shma ravishlar ikki so‘z asosining birikishi orqali tuziladi: har gal, bir vaqt, tez fursatda, shu yoqqa kabi. Juft ravishlar ikki so‘z asosining teng bog‘lanishidan tuziladi: hali-beri, erta-kech, eson-omon kabi. Takroriy ravishlar esa bir so‘z asosini aynan takrorlash bilan yoki ikkinchi takrorlangan ravishda tovush o‘zgarishi yuz bergan holda tuziladi: endi-endi, asta-asta, oz-moz, sal-pal, zo‘rg‘a-zo‘rg‘a kabi. Takroriy ravishlar so‘zning leksik ma’nosini o‘zgartirmay, balki ortiqligi, kamligi, noaniqlik, ta’kid kabi qo‘shimcha ma’nolarni ifodalab keladi.
Takrorlash uchun savollar 1. Ravishning ta’rifi va so‘roqlari haqda gapiring. 2. Ravishlar qanday so‘zlarga boјlanib keladi? Misollar keltiring. 3. Ravishlarning daraja ko‘rsatish xususiyatlari haqida gapiring. 4. Holat ravishlari haqida gapiring. 5. Payt ravishlari haqida gapiring. 6. O‘rin ravishlari haqida gapiring. 7. Sabab ravishlari haqida gapiring. 8. Maqsad ravishlari haqida gapiring. 9. Daraja-miqdor ravishlari haqida gapiring. 10. Daraja-miqdor ravishlari qanday turlarga bo‘linadi? 11. Ravishlar qo‘shimchalar yordamida qanday so‘z turkumlaridan yasaladi? 12. Qo‘shma ravishlar qanday yasaladi? 13. Qo‘shma ravishlar qaytarzda yoziladi? 14. Juft ravishlar qanday yasaladi? 15. Takroriy ravishlar qanday yasaladi? 16. O‘rin-payt va chiqish kelishigi shaklida ravishga aylangan so‘zlar haqida gapiring. 17. Qanday so‘zlar ravishga ko‘chadi? 18. Ravishlarning otlashishi haqida gapiring. 19. Sodda tub va sodda yasama ravishlarga 3 tadan misol keltiring. 20. Ham holat, ham daraja-miqdor ravishlari guruhiga kiruvchi so‘z haqida gapiring. 21. Sifatga boјlanib, belgining belgisini bildirgan ravishga misol keltiring. 22. Boshqa turkum so‘zlari ravishga aylan-ganda qanday qo‘shimchalarni olgan bo‘ladi? Download 32.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling