17. Qaysi qatordagi gapda qo‘shma ravish mavjud?
A) Saida yolg‘ondan hayron bo‘lib qoldi. B) Ko‘chada tasodifan Kamolani uchratib qoldim. C) Avaz har gal tog‘dan mamnun bo‘lib qaytar edi. D) Elmurod akaga mug‘ombirona ko‘z tashladi.
18. Ravish o‘rnida qo‘llanuvchi olmoshlar berilgan qatorni toping.
A) nega, qani B) men, sen C) siz, ular D) qancha, nega
19. Qaysi gapda qo‘shma ravish mavjud?
A) Majlis kechroq boshlandi. B) O‘quvchilar sayohatga ertaga ertalab ketadilar. C) Har erni qilma orzu, har erda bor tosh-u tarozu. D) Biz do‘stona yashaymiz va ishlaymiz.
20. Belgining belgisini bildirgan ravishni toping.
A) Mashina tezroq yura boshladi. B) Oqshom paytida shamol birdan to‘xtadi. C) Ra’no majlisda yaxshi gapirdi. D) Uning so‘zlari bolalarcha sodda, samimiy, lekin aniq va ravshan.
21. Dam o‘tmay o‘quvchilarni nom-banom chaqirishib, xonalarga taklif qilishdi. Gapdagi ravishga oid so‘zni toping.
A) dam o‘tmay B) nom-banom
C) xonalarga D) dam o‘tmay, nom-banom
22. Suhbat haqida Aziza keyin uzundan-uzoq so‘zlab berdi. Shu gapdagi ravishga oid so‘zni toping.
A) so‘zlab B) keyin C) uzundan-uzoq D) B,C
23. Intizomsiz kishi hech qaerda muvaffaqiyatga erishmaydi. Ushbu gapda ravishning qaysi turi mavjud?
A) payt ravishi B) o‘rin ravishi
C) daraja-miqdor ravishi D) holat ravishi
24. Yaqindan musiqa ovozi eshitildi. Ushbu gapdagi ravishni toping.
A) musiqa B) ovozi C) yaqindan D) eshitildi
25. Qaysi qatordagi gapda -i, -si qo‘shimchalari egalik ma’nosini ifodalamaydi?
A) Ona tuni bilan uxlamadi. B) Kechasi yomg‘ir yog‘di.
C) Berilgan gaplarda egalik qo‘shimchalari ifodalanmagan.
D) O‘tgan yili hosil yaxshi bo‘lgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |