Ravon nutqini rivojlantirish Bolalar nutqini o‘stirish O‘qituvchi: F. Kadirova


Download 8.34 Kb.
bet1/3
Sana10.11.2023
Hajmi8.34 Kb.
#1763480
  1   2   3
Bog'liq
5-Мавзу

  • Bolalar nutqini o‘stirish
  • O‘qituvchi:F.Kadirova
  • Mavzu:

Reja:

    • Ravon nutq tushunchasi va uni rivojlantirish vazifalari.
    • Ravon nutq mohiyati.
    • Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni ravon nutqqa о‘rgatish.
    • Til tafakkur quroli va muomala vositasi.

Ravon nutq

  • Ravon nutq – bu kishilarning muloqotini va о‘zaro bir-birlarini tushunishlarini ta’minlovchi mazmunan keng yoyilgan fikrdir. Ravon nutqni fikrlar dunyosidan ajratib bо‘lmaydi: ravon nutq bu fikrlar ravonligidir, unda bolaning mantiqiy fikrlash, о‘zi qabul qilayotganlarini mulohaza qilish va ularni tо‘g‘ri ifodalash qobiliyati aks etadi.
  • 1-vazifasi – individuallararo – kishilar о‘rtasidagi muloqot vositasidir. Ushbu holatda nutq og‘zaki nutq – monolog, dialog, bir nechta odamlar suhbati sifatida chiqadi.
  • 3-vazifasi – umuminsoniy – bu о‘rinda nutq alohida bir odamga umuminsoniy ijtimoiy-tarixiy tajriba xazinasidan axborot olish imkonini beradi. Ushbu holatda u grafik ramzlar va belgilarda moddiylashtirilgan yozma nutqdir.
  • 2-vazifasi – ichki individual – bu yerda nutq kо‘plab ruhiy jarayonlarni (fikrlash, diqqat-e’tibor, xotira, tasavvur va boshq.) aniqtiniq anglash darajasiga kо‘targani hamda shaxsga ruhiy jarayonlarni tartibga solish va nazorat qilish imkonini bergani holda ularni amalga oshirish vositasi bо‘lib xizmat qiladi.
  • Maktabgacha yoshdagi bolalarga nisbatan nutqning ikki shaklini – dialogik va monologik shakllarini kо‘rib chiqish lozim.
  • Dialog ikki yoki bir necha sо‘zlovchining biron-bir vaziyat bilan bog‘liq mavzudagi fikrlarining almashinuvi bilan tavsiflanadi.
  • Ravon nutq mohiyati
  • Dialogik ravon nutqni rivojlantirishga doir maxsus mashg‘ulotlar suhbat metodi (suhbat) va imitatsiya metodi asosida о‘tkaziladi. Mazkur metodlar kо‘pincha quyidagi usullar yordamida amalga oshiriladi:
  • Tayyorgarlik suhbati (sо‘zlashish) usullari;
  • Teatrlashtirish usullari (imitatsiya, qayta aytib berish).
  • Tayyorlangan suhbatning quyidagi vazifalari mavjud:
  • Tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri bolalarni suhbatlashishga, ya’ni suhbatdoshi sо‘zlarini bо‘lmasdan tinglash, luqma tashlash uchun qulay paytni kutgani holda о‘zini tutib turish, suhbatdoshi uchun tushunarli qilib sо‘zlash;
  • Yо‘ldosh – talaffuz va grammatik kо‘nikmalarni mashq qilish, ma’lum sо‘zlar ma’nosini aniqlashtirish.
  • Suhbat jarayonida tarbiyachi savollar, topishmoqlar, badiiy sо‘z kabi turli usullardan foydalanadi. Bu usullarning barchasi suhbat paytida bilimlarni о‘zlashtirish jarayonini yо‘naltirish, nutqiy muloqotni ta’minlash, bolalar fikrlarini, ularning diqqat-e’tiborlarini, xotiralarini, emotsiyalarini faollashtirishga yordam beradi.

Download 8.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling