Ravshanova gulchera maxammatovna
Download 5.88 Mb. Pdf ko'rish
|
ravshanova gulchera maxammatovna
Yuqorida keltirilgan xulosalarga asoslanib, dissertant quyidagi tavsiyalarni
bergan: - Ta’lim muassasalarida imtihon va attestatsiya jarayonlarini inson omilini cheklagan holda zamonaviy аxborot kommunikatsiya vositalari (kompyuterlar) yordamida o‘tkazish; - har bir o‘quv xonalarini kompyuter va planshetlar bilan ta’minlash orqali darslarni turli media va multimedialardan foydalanib ta’lim berishni tashkil etish; - har bir o‘quv xonalarida ovozli videokuzatuv tizimini joriy etish va bu orqali ota-onalar va tegishli tashkilotlar tomonidan ta’lim jarayonlarini online kuzatib borish, o’qituvchi hamda murabbiylarning bilimi va tajribasini online baholash tizimini joriy etish; - axborotlashgan jamiyatdagi o’qituvchi va murabbiylarning o’z ustida ishlashlari uchun haftada bir marta kompyuter savodxonligi, kitobxonlik, shaxsiy rivojlanish bilan shug’ullanishi uchun sharoit va vaqt yaratib berish; https://buxdu.uz 22 - ta’limning axborotlashgan jamiyat funksional rivojlanishidagi ahamiyatini istiqbolda yaratiladigan yangi o‘quv adabiyotlari, darslik va o‘quv qo‘llanmalarga kiritish; - mahalla fuqarolar yig’inlarining jamiyatning rivojlanishidagi beqiyos rolidan kelib chiqib ta’limning axborotlashgan jamiyat sharoitida funksional rivojlanishida shahar va qishloqlardagi axborot resurs markazlari va kutubxonalar faoliyati va qamrovi tizimini takomillashtirish; - umumta’lim maktablarining joylardagi raqamli va innovatsion texnologiyalarni rivojlantiruvchi, tarqatuvchi markazlar va xablar sifatidagi rolini belgilash, ularning huquqiy-me’yoriy bazasini yaratish; - “Raqamli O‘zbekiston-2030” dasturini amalga oshirish ishlarini jadallashtirish maqsadida ta’lim sohasida axborotlashgan jamiyat negizida ilmiy ishlarni kuchaytirish lozim. https://buxdu.uz |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling