Ravshanova gulchera maxammatovna
Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor
Download 5.88 Mb. Pdf ko'rish
|
ravshanova gulchera maxammatovna
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muammoning o‘rganilganlik darajasi
Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor
yo‘nalishlariga mosligi. Mazkur tadqiqot respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining I. “Axborotlashgan jamiyat va demokratik davlatni ijtimoiy, huquqiy, iqtisodiy innovatsion g‘oyalar tizimini shakllantirish va ularni amalga oshirish yo‘llari” nomli ustuvor yo‘nalishi doirasida bajarilgan. Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Ta’limning axborotlashgan jamiyatdagi o‘rni va funksional rivojlanishiga ta’siri masalalari F.Maxlup 3 , axborotlashgan jamiyat to‘g‘risidagi maxsus tadqiqotlar E.Masuda, E.Toffler, A.Ursul tomonidan olib borilgan. Axborotlashgan jamiyatda insonning maqsadi va vazifalari iqtisodiy jarayonlar bilan chambarchas bog‘liqligi D.Bell, T.Stouner, A.Turen tadqiqotlarida, axborot va inson omilining intensiv va ekstensiv o‘sib borishi haqidagi ilmiy-nazariy va amaliy tadqiqotlar E.Giddens, M.Kastels tadqiqotlarida amalga oshirilgan. 3 Maхлуп Ф. Производство и рaспрострaнение знaний в США/ Пер. С. Анг. И.И.Дюмуленa [и др]. –M.: Прогресс, 1966. – 462 с.; MasudaY. The Information Society as Post-Industrial Society. Washington, D.C.: World Future Society: 1991. –P. 171.; Тоффлер Э. Третья волнa. -M.: ООО «ИздaтeльcтвoАСТ», 2004. -783 c.; Уpcул Т.А. Глoбaльныe иccлeдoвaния и cтaнoвлeниe нoocфepы чepeзу cтoйчивoe paзвитиe // -M.: Пoлитикa и Общecтвo. - 2012. - № 4. -C. 114-125; Бeлл Д. Гpядущee пocтиндуcтpиaльнoe oбщecтвo. Опыт coциaльнoгo пpoгнoзиpoвaния / Пep.c aнгл. Пoд peд. B.Л. Иноземцево. Изд. 2-е, испрaв. и доп. –M.: Academia, 2004. - 790 c.; Maхлуп Ф. Производство и рaспрострaнение знaний в США. Пepeвoд c aнглийcкoгo. -M.: Пpoгpecc, 1966. - 463 c.; Информaционное богaство: профиль постиндустриaльной экономики// Hовaя технологическaя волнa нa Зaпaде. –M.: Прогресс, 1986. –409 с.; Alain Touraine/ Jon Clark, Marco Diani (eds). London; Washington: Falmer Press, l996; Гидденс Э. Ускользaющий мир: кaк глобaлизaция изменяет нaшу жизнь / Пер. с aнгл. M.Л. Kopoбoчкинa. -M., 2004. -120 c.; Kacтeльc M. Инфopмaциoннaя эпoxa: экoнoмикa, oбщecтвo и культуpa / Пep. c aнгл. / Под нaуч.ред. О.И.Шкaрaтaнa. –M.: ГУ-BШЭ, 2000. –608 с https://buxdu.uz 7 MDH mаmlаkаtlаridа axborot, axborotlashtirish jarayonlarining ijtimoiy- falsafiy masalalari, falsafiy-metodologik jihatlari tadqiqot ob’yekti sifatida O.Lanseva, O.Kostrina, E.Bakanova, A.Kostyuk, E.Lakizo, Yu.Semenova, M.Fridman, P.Rvalov tomonidan o‘rganilgan 4 . Mamlakatimizda jamiyat axborotlashuvining falsafiy asoslariga oid izlanishlar M.N.Abdullayeva, B.To‘rayev, N.Shermuxamedova, U.Bekmurodov, I.Siddiqov, G.G‘afforova, G.J.Tulenova ilmiy ishlarida o‘z aksini topgan. Axborotlashtirish jarayonlarining jamiyatda identiklikka ta’siri, ijtimoiy-siyosiy, huquqiy va diniy xususiyatlari S.Safoyev, A.Saidov, G‘.Mamatov va O.Allayarov izlanishlarida ochib berilgan. A.Huseynova, I.Saifnazarov va N.Teshayev ilmiy izlanishlarida ta’limning jamiyat rivojidagi o‘rni, axborotlashgan jamiyatning inson hayotini yaxshilashga qaratilgan jihatlar ijtimoiy-falsafiy nuqtai nazardan ochib berilgan 5 . Yuqorida keltirilgan ilmiy tadqiqotlar mavzuni tadqiq etishda nazariy- metodologik asos bo‘lib xizmat qildi. Bu tadqiqotlarda asosan ta’lim va axborotlashgan jamiyat ob’yektiv jarayon sifatida tahlil etilib, uning o‘ziga xos jihatlari, tamoyillari bilan bog‘liq muammolarga e’tibor qaratilgan. Mazkur dissertatsiyada ulardan farqli ravishda jamiyatda texnik platformalarga moyillik avj olayotgan bugungi sharoitda jamiyatning o‘zgarishi, mental o‘zgarishlarni yuzaga keltiruvchi ob’yektiv va sub’yektiv omillarni o‘rganish orqali mavjud muammoni hal qilishga qaratilgan konstruktiv mexanizmlarni ishlab chiqishga diqqat qaratilgan. Download 5.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling