Raximova d. B
Download 1,11 Mb. Pdf ko'rish
|
MILLIY G‘OYA TURKUMIDAGI FANLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR (1)
Germaniyada o‘qituvchilarni tayyorlash ikki bosqichda amalga
oshiriladi: universitetlarda (birinchi davlat imtixonigacha) va ikki yillik pedagogik amaliyotda (ikkinchi yakuniy davlat imtihongacha). Maktablarning tiplariga qarab bitiruvchilar turli darajadagi o‘qituvchilik lavozimiga ega bo‘lishi mumkin: • I darajali o‘qituvchi lavozimi (boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi) • I darajali o‘qituvchi lavozimi (maktab, gimnaziyalarning 5 - 10- sinflari o‘qituvchisi) • II darajali o‘qituvchi lavozimi (maktab, gimnaziyalarning 11 - 13- sinflari o‘qituvchisi) Universitetda o‘qituvchi tayyorlash 3 komponentdan iborat: 1. Maktabda dars beradigan 2 - 3ta o‘quv fanini o‘rganish, 2. Pedagogik fanlarni o‘rganish, 3. Maktabda amaliyotni o‘tash (buni 2 yillik amaliyot bilan aralashtirmaslik zarur - u refendariat deyiladi). 2-3ta o‘quv fani o‘qish o‘quv rejasidan va ayrim hollarda talabaning tanlovidan kelib chiqadi. Pedagogik fanlar sifatida pedagogika, falsafa, psixologiya, sotsiologiya, umumiy didaktika va xuquq o‘qitiladi. Maktabda amaliyotni o‘tash deyarli har kuni amalga oshirilishi mumkin. 4 yillik o‘quv jarayonidan so‘ng talabalar 1 - Davlat imtixonini topshiradilar. U o‘zi o‘qigan 3-4 ta mutaxassislik fani va pedagogik fanlar bo‘yicha o‘tkaziladi (og‘zaki yoki yozma tarzda). Bungacha bitiruvchi bitta yozma uy ishini topshirishi zarur bo‘ladi. 1 - Davlat imtixonini muvaffaqiyatli topshirgan talabalar ikki yillik pedagogik amaliyotga - referendariatga yuboriladi. Unda talaba darslarni kuzatadi, o‘zi ham mustaqil ravishda dars beradi. Amaliyot yakunida 2 -Davlat imtixonini topshiradilar. U 3 qismdan iborat bo‘ladi: yozma uy ishi, 2ta darsni o‘tib berish, Og‘zaki imtixon. Germaniyadagi ta’lim mazmuni quyidagi aspektlardan iborat: Download 1,11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling