Raximova d. B
Download 1.11 Mb. Pdf ko'rish
|
MILLIY G‘OYA TURKUMIDAGI FANLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR (1)
-
Kompetensiya - Moderatsiya - Modul texnologiyasi. Buyuk Britaniyada o‘qituvchilarni tayyorlash Bolonya ta‘lim tizimiga ko‘ra amalga oshiriladi, ya‘ni bunda OUYU bozor talablaridan kelib chiqqan holda kadr tayyorlaydi, bunda davlat nazorati maxsus agentliklar tomonidan olib boriladi. Bugungi kunda Angliyada o‘qituvchilarni tayyorlashda «O‘qituvchilarning kasbiy standartlari va ularni tayyorlashga quyiladigan talablar» (Professional 19 Standards for Qualified Teacher Status and Requirements for Initial Teacher Training) ga qat’iy rioya qilinadi. Ushbu xujjatda 33 ta tayanch standart ko‘rsatib berilgan. Ularga ko‘ra o‘qituvchi: - informatsion-kommunikatsion texnologiyalar (IKT)ni bilish darajasi bo‘yicha test topshirishi; - IKT savodxonlik darajasidan shaxsiy kasbiy faoliyatida foydalana olishi; - o‘quvchilarning IKT savodxonligini oshirish yo‘llari uchun qulay sharoit yaratishi; - mutaxassisligiga ko‘ra darslar o‘tkazishi, bunda ta‘limning turli metodlaridan, eng yangi informatsion texnologiyalardan, xususan, Internet- ta‘limdan foydalanishi zarur va shart. Buyuk Britaniyada o‘qituvchilarni tayyorlash uzoq muddatli va ko‘p bosqichli jarayon hisoblanadi. Ta‘limning dastlabki bosqichidanoq bo‘lg‘usi o‘qituvchida faollik, tashabbuskorlik kabi fazilatlar tarbiyalanadi, oldiga qo‘yilgan muammoning mohiyatini tushunish, uni o‘z bilimi va malakalariga tayangan holda hal qilish o‘rgatiladi. Ochiq universitetda o‘qituvchi va tyutorlarni tayyorlash bo‘yicha zamonaviy malaka talablari ishlab chiqilgan, bular o‘qituvchi va tyutorlarga keyingi faoliyatida muhim yo‘nalish berish uchun xizmat qiladi: - media madaniyat sohasida bilimlarga ega bo‘lish; Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling