Raximova gulasal qandiljon qizining


Sharq mutafakkirlarining oilaviy tarbiya haqidagi qarashlari


Download 82.83 Kb.
bet8/10
Sana01.05.2023
Hajmi82.83 Kb.
#1418842
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Bolalarni ijtimoiy tarbiyalashning mohiyati va xususiyati

2.1.Sharq mutafakkirlarining oilaviy tarbiya haqidagi qarashlari.

Buyuk mutafakkirlarning fikricha, tarbiyachi bolalar bilan muomalada bosiq bo‘lishi, o‘quvchilar ta’limni qanday o‘zlashtirayotganini kuzatib borishi, o‘qitishi va tarbiya jarayonida har xil usullarni qo‘llashi, o‘quvchining xotirasi va boshqa aqliy qobiliyatini bilishi, bolalarni tarbiyalashda tegishli jazo choralariniqo‘llashi, ularni fanga qiziqtirishi, aniq adabiy tilda tushuntirishi bolalarda hissiyot uyg‘otadig an bo‘lishi zarur. Ta’lim-tarbiya haqidagi bu fikrlar yosh avlodni komil inson qilib voyaga yetkazishda xizmat qiladi. Abu Ali ibn Sinoning fikricha, insonning aqlan barkamol, jismonan yetuk, axloqiy – ma’naviy boy bo‘lishida tarbiyaning barcha turlarini uyg‘unlashgan holda olib borilishi katta ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlaydi. Tarbiyaning asosiy vazifasi–shaxsning aqliy, axloqiy erkin fikrlovchi va jismoniy rivojlanish, uning qobiliyatlarini har tomonlama ochish uchun imkoniyat yaratishdir.
Buning uchun:
- yoshlarni erkin fikrlashga tayyorlash;
- hayot mazmunini tushunib olishga ko‘maklashish;
- o‘zini o‘zi idora va nazorat qila bilishni shakllantirish;
- o‘zining shaxsiy turmushga maqsadli yondashuvi;
- ularda reja va amal birligi hissini uyg‘otish;
- o‘quvchilarni milliy, umuminsoniy qadriyatlar va vatanimizning boy ma’naviy merosi bilan tanishtirish;
- madaniy hamda dunyoviy bilimlarni egallashga bo‘lgan talablarni shakllantirish
- malaka hosil qildirish, tobora o‘stirib-boyitib borish va estetik tushunchalarni shakllantirish;
- har bir o‘smirning bilimdonligini va ijodiy imkoniyatlarini aniqlab, ularni rivojlantirish kerak.
Endi biz bolaga qanday tarbiya berish va qachondan boshlab uni tarbiyalash kerak? - degan savolga e’tibor qaratishimiz lozim. Har bir shaxs oilada tug’ilib, ijtimoiy hayotga mana shu o’z koshonasi orqali kirib boradi va hamma tarbiya shu oiladan boshlanadi.
Demak, bu fikrdan kelib chiqib, biz bolaga tarbiya berishni nafaqat tug’ilgandan so’ng, balkim ona qornidaligidayoq berib borishimiz masadga muvofiq bo’ladi. Bizning bunday usulda beradigan tarbiyamiz bolani rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Bola tug’ilgan zahotiyoq atrof muhitga bo’lgan moslashish hissi uyg’onadi. Asta-sekin ulg’aya boshlagach, har bir narsani farqlaydigan va ko’rgan narsalariga taqlidchan bo’lib voyaga yetadi. Bola tarbiyasi, uning yetuk va barkamol bo’lib tarbiyalanishi onalar uchun eng muhim vazifadir. O’ylaymanki, har bir onalar bunday mas’uliyatli ishga bor kuchlari bilan kirishadilar. Har bir ona bolalarga tarbiya berayotganlarida o’z shaxsiy tarbiya vositalaridan va usullaridan foydalanishi kerak.
Hozirgi jamiyatda ayrim onalar umuman olib qaraganda bolaning oila a’zolari tomonidan amalga oshirilayotgan eng katta xatolaridan biri, ularning faqatgina bola ‘’Maktabgacha ta’lim tashkilotlari’’ga borgandagina, shu muassasa tarbiychilari tomonidan tarbiya va ta’lim beriladi deb o’ylashlaridir. Biz onalar tomonidan tor doirada o’ylanayotgan bunday fikrlarga hozirgi davrda aynan qarshi chiqmasdan ilojimiz yo’q. Chunki, vatanimizning har tomonlama rivojlanishi shu murg’ak qalbli o’sib kelayotgan bolalar qo’lidadir. Bolaga tug’ilgandan boshlab ta’lim-tarbiya berish usullari Masaru Ibukaning “Uchdan keyin kech”nomli kitobida o’z aksini topgan. U kitobda bolani har tomonlama rivojlantirish, barkamol qilib tarbiyalash va albatta jamiyatda o’z o’rnini topa olishi uchun eng avvalo, ota-onalar va so’ngra, tarbiyachilar tomonidan amalga oshiriladigan ishlar haqida yaqqol fikrlar bildirilgan. Bola ta’lim-tarbiyasining rivojlanishida turli xil omillar ta’sir ko’rsatadi. Hozirgi kunga qadar barchamizning ongimizda rivojlangan bir tushuncha, ya’ni nasl tushunchasi Masari Ibukaning kitobida qoralanadi. Qadimgi bahslardan biri insonni uning nasli shakllantiradimi yoki u oladigan ta’lim-tarbiyami? Ammo bugungi kunga qadar biror ishonchli nazariya bu bahslarga chek qo’ymaydi. Nixoyat, bir tarafdan miyaning fiziologik tadqiqoti, ikkinchi tomondan bolalar psixologiyasini o’rganish natijalariga ko’ra, bola aqliy qobiliyatining rivojlanish kaliti-bu uning birinchi uch yilida, ya’ni miya hujayralarining rivojlanish davrida olgan shaxsiy tajribasidir. Bu so’zlardan shunday hulosaga kelish mumkunki, xech bir bola u yoki bu qobiliyati bilan dunyoga kelmaydi. Tug’ilgan-dan boshlab uch yilda olgan asosiy ta’lim-tarbiyasi uning kelajagi uchun ajralmas poydevor hisoblanadi. Bolaning qay darajada bilimli bo’lishi, o’sha davrdagi o’qitish usuliga bog’liq bo’ladi. Bu davr erta ta’lim deb nomlanadi.
Erta ta’limning yagona maqsadi bolani aqilli va sog’lom, o’tkir zexnli va gapga quloq soladigan qilib tarbiyalashdir. Barcha bolalar, agarda ularda tug’ma, jismoniy nosog’lomlik va aqli zaiflik bo’lmasa, ular bir xilda ong bilan tug’iladi, hech bir bola ona qornidan biron bir bilimni bilib tug’ilgan emas albatta. Bolalarning qay darajada kamol topishi ota-onalarga bog’liq. Bolalarga bu davrda kerakli bo’lgan ta’limtarbiyaning berishning asosiy sabablaridan biri bu inson miyyasi, taxminan 1,4 milliard hujayradan iborat bo’lishi, biroq yangi tug’ilgan chaqaloqlarda uning aksariyati hali shakllanmaganligidir. Miyya hujayralari alohida-alohida tarqoq holda ishlamaydi. Miyyaning mikro sur’atiga qaraydigan bo’lsak, tug’ilgandan so’ng vaqt o’tib ongi rivolangan sari uning hujayralari orasida shoxlar paydo bo’ladi. SHu jarayonlarda biz bolalarga ta’lim-tarbiya bersak maqsadga muvofiq bo’ladi. Zero bu shoxlar shunchaki shox emas, balki meva beradigan shoxlar bo’lib yetishsa. Tug’ilgandan keyin birinchi olti oy davomida miyyaning salohiyati 50%, uch yoshgacha esa 80%ga yetadi. Ana ko’rdingizmi bu darajadagi rivojlanish shuncvhaki rivojlanish emas, balki natija beradigan qilib tarbiyalash lozimligini ko’rsatib turibdi. Demak biz “bolaga tarbiya qachondan boshlab berilishi kerak?” degan savolga anniq javob oldik. Bola tug’ilgandan boshlab unga tarbiya berish lozim. Bu haqida buyuk shaxslar ham o’z fikrlarini bildirganlar. Xususan, Yusuf Xos Xojibning uqtirishlaricha har bir kishi jamiyatga munosib bo’lib kamol topmog’i kerak. Buning uchun u tug’ilgan kundan boshlab zarur tarbiyani olmog’i lozim. Farzandlar tarbiyasi nixoyatda erta boshlanmog’i shart. Shundagina ularning noo’rin xatti-harakatlariga berilishining oldi olinadi. Alisher Navoiy bolaning voyaga yetishida, kamol topishida tarbiyaning kuchi va qudratiga alohida e’tibor beriladi. Tarbiya natijasida bolaning foydali va yetuk bo’lib o’sishiga ishonadi. Yosh bolani juda kichik yoshidan boshlab tarbiyalamoq zarur deb uqtiradi. Allomalarimizning fikrlari yuqorida keltirilgan ma’lumotlarga to’laqonli mos ekanligi biz va sizga yaqqol ko’rinib turibdi. Endi bu yosh davrida bolaga qanday qilib ta’lim va tarbiya berish mumkun degan savol tug’iladi albatta. Bu savolning javobini quyida berilgan ma’lumotlar orqali topamiz. Bola tug’ilgandan so’ng, u gapirishni, o’qishni, yozishni bilmasa ham unda sezgi a’zolari juda kuchli rivojlangan bo’ladi. Hozirgi zamon onalaridan farzandlariga bo’lgan juda kata e’tibor talab qilinadi. To’g’ri, endi tug’ilgan go’dakka bu narsa bunday, u narsa unday deb yoki qilayotgan ishing to’g’ri, aksincha noto’g’ri deb tarbiya berib bo’lmaydi. Lekin onalar va otalr ular uchun tarbiya manbai hisoblanadi. Bundan ko’rinib turibdiki, avvalo ota-ona birinchi navbatda oliy darajada tarbiyalangan bo’lishi kerak. Shundagina ular farzandalari uchun o’zlari hohlagandek tarbiyani bera oladilar. Go’dak hali yosh bo’lishiga qaramay ota va ona munosabatlarini kuzatuvchisi va ularning bir-biriga bo’lgan muomalasidan asosiy tarbiyani oluvchi hisoblanadi. Chaqaloq ularning bir-birlariga qanday munosabat bidirayotganini ularning yuz tuzilishidan bemalol bilib turadi.
Shuning uchun bolalarga tarbiya berayotganlarida nihoyatda ehtiyotkoronalik bilan munosabt bildirishlari lozim. Bolalarda birinchi uch yilliklarida olgan bilimlari ularning kelajakda o’z faoloyatlarini bemalol yurita olishlari uchun asosiy poydevor hisoblanadi. Bu davirda xalqimizning ongiga singib qolgan bir tushuncha “Hali yoshda” deb nomlangan tushuncha bularning o’z farzandlariga bo’lgan mehribonchiliklarini emas, balki jabr qilayotganliklaridan dalolatdir. Bu davrda bolaga nimani o’rgatsa shuni to’laqonli qabul qiladigan yosh hisoblanadi. Bolalar bilan ko’proq muloqotda bo’lish ham ularning tarbiyalanishi uchun asos bo’lib hizmat qiladi. Bolalar hali yosh bo’lishlariga qaramay, ular yuqoridagi fikirlarimizda ta’kidlaganimizdek hamma narsani tushunadi. Suhbatlashishdan mahrum qilingan go’dak aqliy qobilyati zaif va xulq-atvori og’ir bo’lib ulg’ayadi. “Inson jamiyat mahsuli va undan ayro yashay olmaydi” deyishadi. Bolalar bilan suhbatlashish, ularning dunyo qarashlarini har taraflama rivojlantrib boradi. Bolalarda bu davrda ularga o’z hayot yo’llarini qurishida asosiy bo’lgan sohalarga boy davr hisoblanadi. Bu yoshdan ota-onalar bolalarga kerakli ko’nikmalarni berib borsalar, kelajakda otaonalar ham bolalar ham qiynalmaydilar. Ota-onalar bolalarga ular uch yoshgacha bo’lgan davrda ma’sul bo’lsalar, o’z vazifalarini to’laqonli amalga oshirsalar keying bosqich bu tarbiyachilar bilan birga hamkorlikdagi bosqich hisoblanadi. Bu davr ham bolalar hayotida o’ta muhim davrlardan biri hisoblanadi.
Bola bu yoshida Maktabgacha ta’lim tashkilotlariga borish orqali boshqa bolalar bilan munosabat, o’zaro aloqa o’rnatishni o’rganadi. Tarbiyachi tomonidan beriladigan har qanday bilim bolalar ongida tez tasavvurlarni hosil qiladi. Har bir tarbiyachi, bolalarga ularning yoshidan kelib chiqib mashg’ulotlar olib boradilar. Mashg’ulotlar bolalarni har tomonlama rivojlantrishga qaratilgan jarayon hisoblanadi. Tarbiyachining yurishturishi, kiyinishi, so’zlashi va barcha amalga oshiriladigan ishlari bolalar uchun istasa istamasa o’z ta’sirini ko’rsatmay qolmaydi. Shuning uchun avvalo, tarbiyachining o’zi tarbiyalangan bo’lishi kerak. Bundan tashqari Anton Semenovich Makarenkoning “Tarbiyaviy ta’sirning g’oyat qudratli ta’sir ko’rsata olishiga ishonchim komil. Agar odam yomon tarbiyalangan bo’lsa, bunda faqat tarbiyachilar aybdorligiga aminman. Agar bola yaxshi bo’lsa, buning uchun u tarbiyadan, o’z bolaligidan qarzdordir” – degan so’zlari orqali hozirgi zamon tarbiyachisiga qo’yiladigan vazifalarning nihoyatda murakkabligiga e’tibor berishimiz lozim. Xulosa: Ota-onalar va tarbiyachilar oldida bolani nafaqat maktabga, balki katta hayotga tayyorlashdek muhim vazifa turar ekan, ular bu vazifalarnga ma’suliyatli holda yondoshishlari lozim. Zero “O’zbekiston kelajagi yoshlar qo’lida”. Tarbiyachi tomonidan beriladigan har qanday bilim bolalar ongida tez tasavvurlarni hosil qiladi. Har bir tarbiyachi, bolalarga ularning yoshidan kelib chiqib mashg’ulotlar olib borilsa, maqsadga muvofiq bo’ladi.
Yoshlar faoliyatining turli sohalarida joriy qilib ko‘rish lozim. Bolalar ijodini, iqtidorini yuzaga chiqarish va yanada qo‘llab-quvvatlash uchun doimo shart-sharoitlar yaratib berishimiz zarur. Farzandlarimizda inso np arvarlik odobi me’yorlarini shakllantirish, bir- birini tushunadigan, o‘zaro mehribonlik, irqiy va milliy kamsitishlarga toqatsizlik va muomala odobini o‘rgatib, ularning ongiga singdirib boriladi. Tarbiyaning avvalo turgan o‘rni uyda, oila ichida, keyingisi maktablardadir. Shunday bo‘lsa ham, lekin tarbiya eng ko‘p oilaviy muhitga va ota-onaga tegishlidir. Tarbiyaning yaxshi bo‘lishi tarbiyachilarning nechog‘lik yetuk bo‘lishi ularning yetarli darajada tarbiya ko‘rganligiga bog‘liqdir. Yoshlar, jumladan talaba– o‘quvchilar, voyaga yetmaganlar ta’lim – tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchi muassasalar, idoralar, komissiyalar, mahalliy tashkilotlar tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda izchillik va nazoratni to‘la ta’minlaganligi natijasida huquqbuzarlik , aqidaparastlik illatlarining oldi olinayapti.
Yoshlarni insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashda muqaddas kitob Qur’oni Karim, Hadisi sharifdan foydalanash juda muhim. Mahmud Qoshg‘ariyning «Devoni lugatit turk»,Yusuf Xos Xojibning «Qutadg‘u bilik», Ahmad Yugnakiyning «Hibatul haqoyiq», Kaykovusning «Qobusnoma», Ahmad Yassaviyning «Hikmatlari», Alisher Navoiyning shoh asarlari, hikmatlari muhim tarbiyaviy ahamiyatga ega. Manaviy qadriyatlar va g‘oyalar har hil millat talabalarini birlashtiradi, o‘quv va mehnat faoliyatlarini uyushtirishda yordam beradi. Xalqimizning ko‘p asrlik qadriyatlarini, ulkan va boy madaniy merosini chuqur bilmasdan, milliy o‘zlikni anglash, milliy g‘urur tuyg‘usini qaror toptirish mumkin emas. O‘zbek xalqi ko‘p asrlik tarixiy taraqqiyotida katta madaniyatni yaratdi. U yaratgan boyliklar yoshlar tarbiyasida muhim vosita bo‘lib hizmat qiladi. Ismoil Al-Buxoriy, al-Xorazmiy, Beruniy, Forobiy, Abu Ali Ibn Sino Fariddin Attor, Marg‘iloniy Alisher Navoiy, Nizomiy Ganjaviy va boshqa buyuk mutufakkirlarning asarlari orqali o‘quvchilar go‘zal axloq,, baxt, insof, poklik, iffat, sabr-matonat, mehr-shafqat, ota-onani hurmat qilish qoidalari haqida keng tasavvurga ega bo‘ladilar. Insoniylik o‘z tarkibiga insonning eng yaxshi axloqiy xususiyatlarini, ya’ni odamlar o‘rtasida o‘zaro yaxshi munosabatda bo‘lish, do‘stlik, ota-onaga sadoqatlik, mehnatsevarlik, diyonatlilik kabi fazilatlarni qamrab oladi. Ota-bobolarimiz bolalarda yoshlikdan ana shunday go‘zal fazilatlarni qaror toptirishga katta ahamiyat berganlar.
O‘zbek oilasida bola tarbiyasi haqida gapirganda, keyingi avlodlarga boy meros qoldirgan O‘rta Osiyoning buyuk mutafakkirlarini eslash muhimdir. Ular hozirgi kunlarimizda ham o‘z ahmiyatini yo‘qotmagan tarbiya, shaxsni kamol toptirish, oilada bolani tarbiyalashning yo‘llari haqida qimmatli fikrlarni bayon etganlar. Bir yigit Ibn Sinodan «Bola tarbiyasini qaysi» yoshdan boshlash kerak? – deb so‘rabdi. Ibn Sino: «O‘g‘lingiz necha yoshda» deb savol beribdi va uning bir yarim oylik bo‘ldi, degan javobini eshitgach «Siz bir yarim oy kechikibsiz?» - debdi. Bugungi kunda bolani haqiqatan tug‘ilgan kunidan boshlab tarbiyalash kerakligiga hech kim shubha qilmaydi, bu bizning psixologlarimiz va pedagoglarimiz tomonidan isbotlangan.
Abu Ali Ibn Sino oilaviy tarbiyaning umumiy asoslarini bayon etishga harakat qilgan. «Aga oila tarbiya usullaridan to‘g‘ri foydalansa, - deb yozgan edi olim, - o‘z hayotida baxtga erishadi». Buning uchun tarbiyaning to‘g‘ri metodlari bayon etilgan «Tadbiri manzil» kitobida aks etgan. Ibn Sino oilada bolani tarbiyalash, ahvolidan qat’i nazar, ota-onaning asosiy burchi deb hisoblangan, o‘z qusurlarini bartaraf qilgan kishigina boshqalarni tarbiyalashi mumkinligini ta’kiflagan. Ibn Sino bolani tarbiyalash omillarini tahlil qilib, ulardan eng to‘g‘risi – bolalar bilan birga bo‘lish va ijobiy misollardan foydalanib, alohida-alohida suhbatlashish, uning izzat nafsiga tegmaslik, deb o‘qtirgan. Ibn Sino tarbiyada otaning rolini ifodalashga kata ahamiyat bergan. «Ro‘zg‘orshunoslik» kitobida «Otaning bolalarga munosabati» degan bob bor. Unda olim jumladan: «Onalar o‘z tabiatlariga ko‘ra yumshoq ko‘ngildirlar va o‘zlarining erkalashlari bilan bolaning xarakterini buzadilar», - deydi. Ibn Sinoning fikricha, oilada asosiy tarbiyachi ota bo‘lishi, u maqsadga erishmoq uchun bolani ba’zan jazolashi, ba’zan rag‘batlantirish, vaqti-vaqti bilan maqtashi, ba’zan tanbeh berish, vaqtida qo‘rqitib qo‘yish, hatto jismoniy jazolashi lozim.
Oilada bola tarbiyasi to‘g‘risida Alisher Navoiyning ajoyib fikrlari bor. Navoiyning fikriga ko‘ra, eng muhimi bolalarni sevish, «Bolaga, degan edi ulug‘ shoir, - kichikligidan boshlab yoshini hisobga olgan holda axloqiy tarbiya bermoq zarur». taniqli shoir va pedagog Abdulla Avloniy oilada bolalar tarbiyasi to‘g‘risida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ajoyib fikrlarni bayon qilgan. O‘zining «Yashnagan o‘lka va ahloq» degan kitobida yozganidek, bolaning sog‘lig‘i va baxti avvalo uning yaxshi tarbiyalanishiga, badanining tozaligiga, e’tiqod hosil qilishiga, yaxshi xulqqa ega bo‘lishiga, uni g‘ayriaxloqiy xatti-harakatlardan ogohlantirilishiga bog‘liq. Bolani tarbiyalashni tug‘ilgan kunidanoq boshlash zarurligi quyoshday ravshan va aniq, uning organizmini mustahkamlash, aqliy qobiliyatini donishmandlik nuri bilan yoritish, uni axloqiy kamol toptirish, xotirasini mashqlantirish kerak.
Bola tarbiyasi bilan birinchi navbatda ota-onalar shug‘ullanishi lozim. «Bolalarni tarbiyalash – onaning burchi va otaning muqaddas majburiyati». Mashhur pedagog Hamza Hakimzoda Niyoziy oila tarbiyasi masalasini, otaonalar bilan bolalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabat masalasini yangicha tahlil qildi. U birinchi navbatda tan jazosini qo‘llashga qarshi chiqdi, uning fikricha, tan jazosi bola ruhini razil yoki yovuz va qaysar qilib qo‘yadi. Hamza oila tarbiyasida bolalar bilan ko‘proq bog‘langan onalarning rolini yoritishga kata ahamiyat beradi. Ona o‘z bolasiga mehr-muhabbat va mohirlik Bilan ta’sir ko‘rsatib borishi zururligini o‘qtiradi. Bolalar va yoshlarga ishontirish vositasi bilan burch tuyg‘usini singdirish lozim, deb hisoblaydi.
Hamza Hakimzoda Niyoziy ota-onalarning bolani tarbiyalashdagi rolini yuqori baholab, «avvalo ularning xulqi namunali, qusursiz bo‘lmog‘i, ular yuksak axloqiy sifatlarga ega bo‘lishlari zarur», - degan.U farzandlarni tarbiyalash bilan shug‘ullanmaydigan hamda o‘zlarining nomunosib xulqlari bilan ularning axloqiy rivojlanishlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan ota - onalarni keskin tanqid qilgan edi. U o‘z farzandlarini tarbiyalamay, ularni faqat moddiy ta’sinlanishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladigan ota-onalarga qattiq tanbeh berar edi. Hamza «O‘z bolalarni yomon tarbiyalagan onaning jazosi» hikoyasida bolalarni yomon tarbiyalashning fojiaviy oqibatini tasvirlaydi. Unda o‘g‘lining o‘g‘rilik qilishdan ko‘z-yumgan, aksincha, uni bu ishga rag‘batlantirgan, o‘g‘li qo‘lga tushib, osishga hukm qilingan onaning ayanchli ahvoli bayon qilingan. Hamza o‘z hikoyasini «Agar farzand yomon bo‘lsa, bunga ota-onalar sababchi», - degan so‘zlarni aytgan.
Hamzaning ta’kidlashicha, axloqiy poydevori oilada qo‘yiladi va otaonalar buning uchun javobgardir. «Agar, - deydi Hamza, - ota-onalar o‘z farzandlarini ilk yoshidan boshlab yaxshi tarbiya qilganlarida edi – zabonlarimizni yolg‘ondan, qo‘llarimizni jinoyatdan tiygan, quloqlarimizni tuhmat va g‘iybatdan asragan, ular bizni har qanday yomonlik va baxtsizlikdan saqlagan bo‘lur edilar».
Istiqlol va ozodlik uchun kurashgan jadid ziyolilaridan biri, shoir alloma Abdurauf Fitrat ham jamiyat rivoji va millat taqdirini oila taqdiri bilan, ularning mustahkam va farovon bo‘lishi bilan bog‘liqligini o‘z asarlarida qayta-qayta ta’kidlaydi. «Har bir millatning saodati va izzati, albatta, shu xalqning ichki intizomi va totuvligiga bog‘liq. Tinchlik va totuvlik esa, shu millat oilalarining intizosiga tayanadi. Qaerda oila munosabatlari kuchli intizomga tayansa mamlakat va millat ham muncha kuchli va muazzam bo‘ladi», - deb yozadi Fitrat. Abdurauf Fitrat Sharq va G‘arb olimlarining asarlarini o‘rganib, 1914 yilda «Oila yoki oila boshqarish tartibi» nomli oila masalasidagi mukammal yo‘riqnomani yaratadiki, u hozirgi kunimiz uchun ham o‘ta dolzarb va ahmiyatlidir.
Fitrat turmush qurish yoshi, homiladorlik va xomilador ayollarga munosabat haqida tibbiyot nuqtai-nazardan kelib chiqib fikr yuritadi. U bola tarbiyasini ona qornidaligidayoq boshlashni maslahat beradi: Ona qornida bola paydo bo‘lganidan so‘ng uning hayot-mamoti ota-onaga bog‘liq. Shuning uchun ham ular bolaning nobud bo‘lishiga olib keladigan ishlarni qilmasliklari shart. Masalan, homiladorlikning ikkinchi oyidan to‘rtinchi oyigacha ko‘p onalar bola tushiradilar. Buning sabablari qo‘rquv, kamquvvatlik, og‘ir ishlarni bajarish va ko‘p qayg‘urish bo‘ladi.
Homilador ayolning gigienasi, uning toza-bahavo joylarda dam olish, iste’mol qilishi lozim bo‘lgan taomlari haqida ham muhim ko‘rsatmalar beriladi. Abdurauf Fitratning oila va oilaviy munosabatlarga oid ayrim fikrlarigina keltirdik. Uning farzand tarbiyasi to‘g‘risidagi fikrlari hozirgi kunimiz uchun ham dolzarb bo‘lib, ularning barcha ijobiy va ibratli tomonlarini hayotimizda qo‘llashimiz mumkin.
Sadriddin Ayniy o‘z ma’rifatparvarlik qarashlarida vatanparvarlik, insonparvarlik, xalqparvarlik g‘oyalarini ilgari suradi. Uning fikricha, tarbiyaning asosiy maqsadi bolani vatanga, xalqqa sadoqatli qilib kamol toptirishdir. U ijodiy va ma’rifiy faoliyatlarida, o‘qish kitoblarida bu g‘oyani bolalar ongiga singdirishga harakat qildi. Ayniy xalqning aqlzakovatini, kuch-qudratini o‘zaro do‘stlikda, mehr oqibatda ko‘rdi, bolalarda xalqqa xos bu fazilatlarni tarkib toptirishga da’vat etadi.
Ayniy ahloqiy tarbiyalangan bola hech vaqt yolg‘on gapirmasligini hamma vaqt chin so‘zli, sof vijdoli bo‘lishini aytadi va saxiylik, hayrixoxlik, kamtarlikni axloqiy fazilat hisoblaydi va tarbiyada bolalarda bu sifatlarni rivojlantirishni o‘qtiradi. Ayniy ahloq haqidagi qarashlarida kamtarlikni eng yuksak insoniy fazilat ekanligini alohida ta’kidlaydi. Uning o‘qtirishicha, bolalarning kamtarlik ruhida tarbiyalashda shaxsiy namuna, o‘rnak bo‘lishi muhim omildir. Ayniy mehnatni ulug‘laydi, mehnat insonga hurmat, obro‘, baxt baxsi eshitishini ta’kidlab oilada bolani yoshlik bahtidan mehnatga ko‘niktirish kerakligi aytadi. Navoiyning o‘qdirishicha, tarbiyaning maqsadi yosh avlodni xalqparvar, bilimli, eng yaxshi fazilatlarga ega kishi qilib yetishtirishdir. Navoiy bolaning voyaga yetishishida, kamol topishida tarbiyaning kuchi va qudratiga, tarbiya - natijasida bolaning foydali va yetuk kishi bo‘lib o‘sishiga ishonadi.
Navoiyning o‘qtirishicha, yosh bola yaxshi nima-yu, yomon nimaligining farqiga bora olmaydi, chunki uning tushunish fikrlash, muhokama qilish qobiliyati o‘smagan bo‘ladi. Shu sababli, u o‘z xususiyatiga ko‘ra, biror salbiy ta’sir natijasida yaramas, noto‘g‘ri yo‘lga tushib ketishi mumkin. Demak, bolani juda kichik yoshidan boshlab tarbiyalamoq darkor. Bunda Ibn Sino bolada axloqiy xislatlarni mehnat, jismoniy va aqliy tarbiya bilan uzviy birlikda shakllantirishni bolani haqiqiy inson qilib kamol toptirishda asosiy omil deb biladi. Ibn Sino ahloqiy tarbiyada eng muhim vositalar bola bilan, nafsiga, g‘ururiga tegmagan holda, yakkama-yakka suhbatda bo‘lish, unga nasihat qilishni ma’qul usul hisoblaydi. Nasihat qilishda suhbatdoshga nihoyatda hurmat Bilan yondoshish, uni kamsitmaslik, ortiqcha so‘z aytib, uni zeriktirmaslik kerak. Bir xil nasihatlarni qaytaraverish bolaga ta’sir qilmaydi. U deydi: «Sening fikrlaring (bolaning)yuragiga yetib borib, unga o‘ylab, fikr yuritib ko‘rishga imkon berish. . . Agarda suhbatdoshning yoki do‘sting sening so‘zlaringga va nasihatingga e’tibor bermayotganini sezsang, suhbatni boshqa vaqtga ko‘chir». Ibn Sinoning fikricha, bolaning tarbiyasi – bu izchil va asta-sekin amalga oshiriladigan tartibdan iboratdir.


Download 82.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling