Ko‘krak qafasi shaklining o‘zgarishi (qo‘ng‘iroqsimon ko‘krak qafasi, to‘sh suyagining ichkariga botib kirishi, bochkasimon ko‘krak qafasi va boshqalar.); - Ko‘krak qafasi shaklining o‘zgarishi (qo‘ng‘iroqsimon ko‘krak qafasi, to‘sh suyagining ichkariga botib kirishi, bochkasimon ko‘krak qafasi va boshqalar.);
- Chanoq suyagining egriliklari (yassi chanoq);
- Oyoqlarning egriliklari: O – simon oyoq va X – simon oyoq;
- Bolakay yurishi hisobiga oyoqlariga zo‘riqish tushishi natijasida egriliklar paydo bo‘lishi yaqqol namoyon bo‘ladi.
Suyaklarda bo‘rtiqlar hosil bo‘ladi: 7-10 qovurg‘alarning to‘sh suyagiga birikkan joyida “tasbehsimon” to‘sh suyagi, barmoq falangalarida “tizilgan marvarid”, naysimon suyaklar epifiz qismida “bilakuzuk” simptomlari namoyon bo‘ladi; - Suyaklarda bo‘rtiqlar hosil bo‘ladi: 7-10 qovurg‘alarning to‘sh suyagiga birikkan joyida “tasbehsimon” to‘sh suyagi, barmoq falangalarida “tizilgan marvarid”, naysimon suyaklar epifiz qismida “bilakuzuk” simptomlari namoyon bo‘ladi;
- Sut tishlarining kechikib va nosimmetrik ravishda chiqishi;
- Kalla suyagining noto‘g‘ri rivojlanishi natijasida baland “olimpiya peshonasi, do‘ng peshona” peshona suyagi kuzatilishi;
- Juda ko‘p terlash, mushak tonusining susayishi;
- Mushaklar tonusining pasayishi natijasida ich qotishi va qorin dam bo‘lishi, buning oqibatida qorinning “baqa qorni” ko‘rinishida bo‘lishi;
- Bo‘g‘imlarning harakatchanligi ortishi;
- Emotsional jihatdan bola qo‘zg‘aluvchan, nerv-psixik jihatdan ortda qolishi va respirator infeksiyalar bilan tez tez kasallanish kuzatiladi;
- Qonning bioximik analizida va fosfor miqdorining sezilarli darajada pastligi, ishqoriy fosfotazaning haddan ortiq ortishi;
- Suyaklarning rentgenologik tasvirida raxitning yaqqol belgilari ya’ni suyak mineralizatsiyasining yetishmovchiligi: osteoporoz, naysimon suyaklarning o‘rta qismi kengayishi, suyak tasvirlarining xiralashganligi ko‘rinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |