Raxmatova xayrixon ashiraliyevna


Download 1.23 Mb.
bet119/183
Sana03.12.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1800433
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   183
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi

Oilaning shaxsni shakllantirishdagi o‘rni. Oila har inson uchun muqaddas maskan sanaladi. Uning muqaddasligi bu maskanda shaxsning har tomonlama kamol topishi uchun zarur bo‘lgan omil va sharoitlarning mavjudligi, shuningdek, oilaga xos bo‘lgan psixologik iqlimni boshqa biror bir ijtimoiy muhitda topib bo‘lmasligi bilan belgilanadi.

Oila kishilarning nikoh yoki qon-qarindoshlik rishtalari, umumiy turmush tarzi, axloqiy mas’uliyat hamda o‘zaro yordamga asoslanuvchi kichik guruhi.
Bir-birlari bilan qon-qarindoshlik rishtalari bilan bog‘langanligi oila a’zolarining doimo o‘zaro yordamga tayyor turishlari, sulola sha’ni, or-nomusi va obro‘sini birgalikda himoya qilishlariga imkon beradi. Oilaning yana bir ustuvor jihati – uning shaxsda ma’naviy-axloqiy, jismoniy, aqliy, estetik va mehnat sifatlarini tarbiyalash imkoniyatiga egaligi bilan bog‘liq.
Zero, “oila bola uchun eng asosiy tarbiya muhiti bo‘lib, bu muhitda shaxs kamoloti uchun muhim hisoblangan xulq-atvor, iroda, xarakter va dunyoqarash shakllanadi. Bola oila timsolida jamiyatning ijtimoiy-ma’naviy qiyofasini ko‘radi, jamiyat talablari mohiyatini ilk bora shu kichik jamoa orasida, oilaviy munosabatlarni tashkil etish jarayonida anglaydi”112.
Farzand tarbiyasini tashkil etishda oila qanchalik imkoniyatga ega bo‘lmasin uning bu boradagi faoliyatida muvaffaqiyat ta’lim muassasalari tomonidan ko‘rsatilayotgan amaliy-metodik yordam bilan ham bog‘liqdir. Chunki, ta’lim muassasasi o‘qitish va tarbiya ishlarini tashkil etish yuzasidan boy ilmiy-nazariy va metodik ta’minotga, shuningdek, mazkur jarayonni pedagogik jihatdan to‘g‘ri tashkil etilishiga mas’ul bo‘lgan malakali mutaxassislarga ega. Oila va ta’lim muassasalari o‘rtasida u yoki bu yo‘nalishlarda pedagogik faoliyatni olib borishda o‘zaro hamkorlikka erishilishi yosh avlodni har tomonlama komil shaxs bo‘lib tarbiyalash uchun zarur bo‘lgan sharoitni yaratadi.



112 Педагогика назарияси ва тарихи. 1-қисм. Педагогика назарияси / Дарслик. М.Х.Тохтаходжаева ва б. Проф. М.Х.Тохтаходжаеванинг умумий таҳр.остида. – Т.: “Moliya-iqtisod”, 2007. – 196-бет.
Ilmiy-pedagogik, psixologik, fiziologik hamda falsafiy asarlarning tahlili shuni ko‘rsatdiki, oila bola uchun eng asosiy tarbiya muhiti bo‘lib, bu muhitda shaxs kamoloti uchun muhim hisoblangan xulq-atvor, iroda, xarakter va dunyoqarash shakllanadi. Bola oila timsolida jamiyatning ijtimoiy-ma’naviy qiyofasini ko‘radi, jamiyat talablari mohiyatini ilk bora shu kichik jamoa orasida, oilaviy munosabatlarni tashkil etish jarayonida anglaydi.

Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling