Raxmatova xayrixon ashiraliyevna
Download 1.23 Mb.
|
O‘zbekiston respublikasi
Ekspert baholash metodi. Pedagogik diagnostikad faol. Samarali qo‘llaniladigan metodlardan yana biri – ekspert baholash metodi sanaladi.
Ekspert baholash metodi – malakali mutaxassislar tomonidan o‘rtacha arifmetik qiymatni topish yo‘li bilan shaxs faoliyati, ma’lum jarayon, tizimning sifat ko‘rsatkichlarini baholashga xizmat qiladigan usul. Metodning mohiyati muammo yuzasidan ekspert tahlilini sifat va miqdor 46 Контент-анализ — описание метода // https://psyfactor.org/lib/kontent.htm. 47 Манаев О.Т. Контент-анализ как метод исследования // https://psyfactor.org/lib/content- analysis3.htm. jihatdan baholashni muhokama qilish yoki individual fikr natijalarini rasman qayta ishlashda namoyon bo‘ladi. Ekspert baholash yordamida asosan sifat belgilarini tavsiflovchi murakkab pedagogik jarayonlar, hodisalar tahlil qilinadi, sohani rivojlantirish bashoratlanadi, ta’lim va tarbiya jarayoniga eng ko‘p ta’sir ko‘rsatadigan omillar aniqlanadi. Mazkur metodni amalda qo‘llashning asosiy bosqichlari quyidagilar sanaladi: ekspertizani tashkil qilish; muammo hamda tajriba maqsadini aniqlashtirish, ishchi guruhning majburiyati va huquqlarini belgilash, ekspertizani amalga oshirish uchun ekspertlarni tanlash, ekspertlar o‘rtasida so‘rov o‘tkazish, olingan natijalarni tahlil qilish va saralash. Ekspertlar o‘rtasidagi so‘rov individual yoki guruhli, bevosita yoki bilvosita, og‘zaki yoki yozma shakllarda o‘tkaziladi. Shuningdek, ekspert baholashni qo‘llashda ekspertlar jamoa bo‘lib ham ishlashlari mumkin. Bunda ular yig‘ilish, bahs-munozara va b. metodlardan foydalanadi. Individual ekspert baholash anketa, erkin suhbat, intervyu tashkil etishga asoslanadi. Metodni qo‘llash jarayonida ekspertiza guruhiga jalb qilingan mutaxassislar o‘z sohalarining bilimdonlari, keng dunyoqarash, ijodiy tafakkurga ega bo‘lishi lozim. Ular o‘rganilayotgan muammo yuzasidan qarorlar qabul qilishda murosali bo‘lish bilan birga o‘z fikrlariga tayana olishi kerak. Ekspert baholash metodini qo‘llashda ekspertlar fikrlarining bir xil bo‘lishiga erishishida ekspertlarning pedagogik konsiliumi (kengashi) muhim ahamiyat kasb etadi48. Demak, zamonaviy sharoitda ta’lim samaradorligini oshirish dolzarb pedagogik vazifalardan biri sanaladi. Pedagogik tadqiqotlar ta’lim samaradorligini oshirish ob’ektiv va sub’ektiv omillarga bog‘liq ekanligini tasdiqlaydi. So‘nggi yarim asrlik vaqt oralig‘ida ob’ektiv va sub’ektiv omillarni inobatga olgan holda ta’lim samaradorligini oshirishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Bugungi kunda bu borada bir qator yondashuvlar (m: texnologik, innovatsion, majmuaviy yondashuv)ning ta’lim samaradorligini ta’minlashdagi ahamiyati katta ekanligi aytilmoqda. Ana shunday yondashuvlardan yana biri tashxisli yondashuvdir. Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling