Raxmatova xayrixon ashiraliyevna
Download 1.23 Mb.
|
O‘zbekiston respublikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Anketa metodi.
Intervyu metodi. Pedagogik diagnostikada qo‘llaniladigan tashxislovchi metodlar orasida intervyu metodi ham muhim ahamiyatga ega.
Intervyu metodi – respondent e’tiboriga turkum savollarni havola etish orqali uning tadqiq etilayotgan muammo, yoki umumiy muammoning biror jihatini yorituvchi hodisaga nisbatan munosabatini o‘rganish metodi. Ushbu metod respondent e’tiboriga turkum savollarni havola etish asosida o‘tkaziladi. Metodning samarali qo‘llash uchun o‘qituvchi yoki mutaxassis quyidagi shartlarga rioya qilishi zarur: intervyu olinadigan o‘quvchiga beriladigan savol maqsaddan kelib chiqqan holda puxta shakllantirishi lozim; intervyu jarayonida o‘quvchining savol yuzasidan erkin fikr bildirishiga imkon berishi zarur; o‘quvchining fikrlari muhokama qilinmaydi yoki intervyu jarayonida unga nasihat qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Intervyu jarayonida olingan savollarga nisbatan tadqiqotchi tomonidan munosabat bildirilishi uning samarasini oshiradi42. Anketa metodi. Tashxislovchi yozma metodlar sirasiga anketa metodi kiritilgan. Anketa metodi (fr. “enquete” – surishtirish, ma’lumot olish, tekshirish) – pedagogik kuzatish va suhbat jarayonida dalillar to‘plash maqsadida qo‘llanilib, tizimli savollar yordamida respondentlar bilan muloqotni tashkil etishga asoslanadigan metod. 41 Педагогика. Изоҳли луғат / Ў.Асқарова, М.Усмонбоева, Х.Рахматова, Ф.Эҳсонова, Ф.Асқарова. – Наманган: НамДУ, 2014. – 172-173-б. Педагогика. Катта изоҳли луғат / М.Усмонбоева, Ф.Асқарова. – Т.: “Сано-стандарт”, 2017. – 103-б. Pedagogik diagnostikada tashxislovchi vosita sifatida anketadan foydalaniladi. Anketa – og‘zaki yoki yozma ravishda dastlabki ijtimoiy va ijtimoiy- pedagogik ma’lumotlarni olishda qo‘llaniladigan metodik vosita, so‘rov vositasi. Mazkur metod yordamida pedagogik kuzatish va suhbat jarayonida to‘plangan dalillar boyitiladi. Muloqot tizimli savollar asosida tashkil etiladi. Savollarga javoblar, odatda, yozma ravishda olinadi. O‘rganilayotgan jarayon mohiyatidan kelib chiqqan holda anketalar quyidagicha bo‘ladi: ochiq savollar (erkin, batafsil javob berish uchun imkon yaratadigan savollar)ga ega anketa; yopiq savollar (“ha”, “yo‘q”, “ijobiy”, “salbiy” va hokazo javob variantlarini tanlashga imkon beradigan savollar)ga ega anketa. Anketa metodi quyidagi shartlar asosida qo‘llaniladi: savollar muammoning mohiyatini yoritishga xizmat qilishi lozim; savollar yirik hajmli va noaniq bo‘lmasligi kerak; savollar o‘quvchilarning dunyoqarashi, yosh, psixologik xususiyatlarini inobatga olish asosida tuzilishi zarur; javoblar to‘liq bo‘lishi uchun yetarlicha vaqt ajratilishi kerak; anketa o‘quvchilarning pedagogik va psixologik tavsifnomalarini tuzish manbaiga aylanmasligi zarur; javoblar muayyan mezonlar asosida puxta tahlil etilishi shart43. Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling