Raxmatova xayrixon ashiraliyevna


Natijalarni qayta ishlash


Download 1.23 Mb.
bet97/183
Sana03.12.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1800433
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   183
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi

Natijalarni qayta ishlash:


Ijobiy javoblar kaliti: 1-a, 2-d, 3-c, 4-a.
O‘qituvchi o‘quvchi bergan ijobiy javoblar miqdorini hisoblab chiqadi. 4 ball – yuqori darajada axloqiy motivatsiyaga egalik;
2-3 ball – o‘rta darajada axloqiy motivatsiyaga egalik; 0-1 ball – past darajada axloqiy motivatsiyaga egalik.
Shunday qilib, tarbiyaning mazmunida shaxsni har tomonlama tarbiyalash uchun zarur bo‘lgan pedagogik shart-sharoitlarni yaratishga yo‘naltirilgan faoliyat mohiyati namoyon bo‘ladi. O‘quvchilarning axloqiy tarbiyalanganlik darajasini tashxislash va natijalarni tahlil qilish bir qator afzalliklarni kafolatlaydi. Tashxislash orqali o‘quvchining tarbiyalanganlik darajasi – unda ma’lum sifatning mavjudlik holati to‘g‘risidagi ma’lumot qo‘lga kiritiladi. Qolaversa, tashxislash natijasida olingan natijalarga tayangan holda o‘quvchida yangi ma’naviy-axloqiy sifatlarni tarbiyalash, ana shu maqsadda individual ishlash dasturini ishlab chiqishga muvaffaq bo‘linadi. Tarbiyalovchi vaziyatlar o‘quvchilarda axloqiy
sifatlarni shakllantirish va rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi. Shuningdek, tarbiyalovchi vaziyatlarga tahliliy yondashish pedagogik jarayonning yutuq va kamchiliklarini o‘rganish imkonini beradi. Muvaffaqiyatli vaziyat o‘quvchilarda ijtimoiy faollikni rivojlantirish, o‘z-o‘zini anglash, o‘z-o‘zini tarbiya qilish, o‘z- o‘zini baholash va boshqarishda asosiy omillardan biri bo‘lib qoladi.

Nazorat savollari:


  1. O‘quvchilarning axloqiy tarbiyalangan darajasini tashxislash qanday maqsadda amalga oshiriladi?

  2. Tarbiyalovchi vaziyatlar deganda nimani tushunasiz?

  3. Tarbiyalovchi vaziyatlarning qanday turlari mavjud?

  4. O‘quvchilarning tarbiyalangan darajasini tashxislashda tarbiyalovchi vaziyatlar qanday ahamiyatga ega?

  1. Tarbiyaviy xarakterdagi muvaffaqiyatli vaziyatlarni hosil qilish nima uchun zarur?

  2. O‘quvchilarning tarbiyalangan darajasini tashxislash usullari nima?

  3. O‘quvchilarning tarbiyalangan darajasini tashxislash qanday usullarni bilasiz?




Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling