Raxmatova xayrixon ashiraliyevna


O‘quvchi shaxsini tarbiyalashda sinf (guruh) jamoasining o‘rni


Download 1.23 Mb.
bet112/183
Sana03.12.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1800433
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   183
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi

O‘quvchi shaxsini tarbiyalashda sinf (guruh) jamoasining o‘rni. Bola yoshligidan o‘yin, mehnat va o‘qish faoliyatlarini tengdoshlari bilan birgalikda tashkil etish asosida ijtimoiy muhitga moslasha boradi. Ijtimoiy muhit bolaga borliqni anglash uchungina emas, balki o‘zligini anglash uchun ham imkoniyat yaratadi. Bolaning jamoa orasida bo‘lishi, jamoa ta’sirida shakllanishi unda ijtimoiy faollikni yuzaga keltiradi.

Abu Ali ibn Sino ijtimoiy muhitning shaxsni shakllantirishdagi rolini yuqori baholaydi. Tashqi muhit va odamlar insonning borliq, unda kechayotgan o‘zgarishlar, jarayonlar mohiyatini anglashgagina emas, balki uning xulqida yaxshi va yomon sifatlarning shakllanishiga ham sezilarli ta’sir etishi, shu bois bolalarni tarbiyalashda u mansub bo‘lgan mikromuhit xususiyatini inobatga olishni ta’kidlaydi.
Abu Nasr Forobiyning fikricha, inson boshqalar bilan munosabatda bo‘lish, ularning yordami va qo‘llab-quvvatlashlarini his etish ehtiyojiga ega. Ana shu ehtiyojni qondirish yo‘lidagi amaliy harakatlar insonni kamolotga yetaklaydi, deb hisoblaydi. Abu Rayhon Beruniy esa shaxsning rivojlanishida o‘zaro yordam, hamkorlik, odamlarga nisbatan xayrihohlik uning ijtimoiy muhitdagi roli va o‘rnini belgilab beradi.

  1. Jamoa an’analari tarbiyaviy ta’sir vositasi sifatida. O‘quvchilar jamoasini shakllantirishda an’analar muhim o‘rin tutadi. Jamoa an’analari – jamoa a’zolari tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi barqarorlashgan odatlar bo‘lib, ularda munosabatlar xususiyati va jamoaning ijtimoiy fikri yorqin ifodalanadi.


Jamoa an’analari shartli ravishda ikkiga bo‘linadi (21-rasm):

21-rasm. Jamoa an’analarining turlari


Kundalik faoliyat an’analari o‘quvchilarning o‘quv faoliyati (o‘zaro yordam turlari) va mehnat faoliyati (ko‘chatlar o‘tkazish, hasharlar uyushtirish va boshqalar)ni o‘z ichiga oladi.
Bayram an’analariga ijtimoiy ahamiyatga ega turli voqea hamda hodisalar bilan bog‘liq sanalar (xususan, “Alifbe bayrami”, “Mustaqillik bayrami”, “Navro‘z bayrami”, “Xotira va qadrlash kuni” va boshqalar)ni nishonlash maqsadida tashkil etilgan faoliyat kiradi.
O‘quvchilar jamoalarida rasmiy yetakchilar bilan birga norasmiy yo‘lboshchilarning mavjudligi ko‘zga tashlanadi. Odatda rasmiy yo‘lboshchilar tarkibini a’lo baholarga o‘qiydigan, jamoa ishlarida faol ishtirok etuvchi o‘quvchilar tashkil etsa, norasmiy liderlar garchi bu kabi sifatlarni namoyon etmasalarda, ayrim sifatlariga ko‘ra tengdoshlarini o‘z ortlaridan ergashtira oladilar. Norasmiy liderlarning ma’naviy-axloqiy qiyofasi boshqa o‘quvchilarga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Sinf rahbari va maktab pedagogik jamoasi bunday liderlar faoliyatini doimiy nazorat qilib borishlari zarur.
O‘quvchilar uyushmasiga pedagogik rahbarlik sinf rahbari tomonidan amalga oshiriladi. Shu sababli sinf rahbari guruhning umumiy hamda har bir a’zosining individual xususiyatlarini bilishi, ularni inobatga olgan holda jamoaga yondashishi zarur111.


  1. Download 1.23 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling