Raxmatova xayrixon ashiraliyevna


O‘quvchining ichki imkoniyatiga tayanish tamoyili


Download 1.23 Mb.
bet153/183
Sana03.12.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1800433
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   183
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi

O‘quvchining ichki imkoniyatiga tayanish tamoyili. O‘qituvchi va ota- onalar o‘quvchiga nisbatan insonparvarlik ruhida, hurmat bilan munosabatda bo‘lishi, uning fe’l-atvori, xulqidagi salbiy xususiyatlarini o‘z vaqtida anglay olish qobiliyatiga ega bo‘lishi lozim. Korreksion jarayonda eng to‘g‘ri yo‘l – o‘quvchining salbiy odatlarini uning ijobiy fazilatlariga tayangan holda nuqsonlarni bartaraf qilib borish hisoblanadi.

Korreksiyalash jarayonida muvaffaqiyatga erishgan o‘quvchida o‘ziga, o‘z kuchiga bo‘lgan ishonch shakllanadi. U quvonch hissini tuyadi, o‘zini o‘zi hurmat qila boshlaydi. O‘quvchi ichki qoniqishni his qiladi, muvaffaqiyatga ishonchi ortadi. Natija uning oldiga qo‘yiladigan ijtimoiy vazifalarni sidqidildan bajaradi.

    1. O‘quvchining ijtimoiy faolligi tamoyili. Pedagogik tuzatish jarayonining muhim bo‘g‘ini o‘quvchining ijtimoiy faolligini oshirishdir. Bordi-yu, o‘quvchi ijtimoiy jihatdan faollashsa, xulqidagi nuqsonlarni bartaraf qilish zarurligini o‘zi anglab yetadi. Ana shu maqsadda tashkil etilayotgan jarayonni tezlashishini istaydi. Korreksiyalash natijasida ijtimoiy faoliyatda, sub’ektlar, xususan, sinfdoshlari bilan munosabatning yaxshilanishiga umid qiladi. Natijada o‘quvchi ob’ektdan pedagogik faoliyat sub’ektiga aylanadi. Bu jarayon uzoq va


Asosiy bosqichlar
murakkabdir. Shunga qaramay, o‘qituvchi korreksion faoliyatda ijobiy natijaga erishishni umid qilishi lozim.
    1. Korreksion faoliyat yo‘nalishlarining o‘zaro uyg‘unligi. Mazkur tamoyil


ijtimoiy ahamiyatli omillarni yagona nuqtada birlashtirish, barcha imkoniyatlarni o‘quvchi xulqidagi nuqsonlarni bartaraf qilishga safarbar etish orqali pedagogik jarayonning samaradorligini oshiradi. Zero, korreksiyalash vaqtida o‘qituvchi o‘quvchilar jamoasi hamda ota-onalarning tarbiyaviy ta’sirini, jamoatchilik fikrini o‘zaro uyg‘unlashtiradi. Buning natijasida ulkan pedagogik ta’sir maydoni yaratiladiki, bu maydonda o‘quvchining xulqidagi nuqsonlarni samarali bartaraf etish mumkin bo‘ladi.
Me’yordan xulqiy og‘ish nuqsonlari mavjud o‘quvchilar bilan ishlash muayyan bosqichlarda amalga oshiriladi. Ular (34-rasm).


  1. Download 1.23 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling