Raxmatova xayrixon ashiraliyevna


Download 1.23 Mb.
bet152/183
Sana03.12.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1800433
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   183
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi

Maqsadga muvofiqlik tamoyili. Ijtimoiy faoliyatda maqsad qonun maqomiga ega bo‘lib, shaxs harakatlarining xarakteri va uslubini belgilaydi. Korreksiyalashda shaxsni tarbiyalash va rivojlantirishning umumiy maqsadlari inobatga olingan holda o‘quvchining ijtimoiy me’yordan og‘ish holati kuzatilgan xulqni tuzatish asosiy maqsad sifatida belgilanadi.

  • Korreksion jarayonining tizimligi va yaxlitligi tamoyili. Agarda pedagogik jarayon yaxlit tizim sifatida qaralsa, korreksiyalash o‘zaro bog‘liq tarbiyaviy xarakterdagi elementlardan biri hisoblanadi. Yaxlitlik korreksion faoliyatni tashkil etishda ichki va tashqi omillarni, o‘quvchining ichki imkoniyati, mavjud pedagogik shart-sharoitlardan unumli foydalanish maqsadga muvofiqligini ifodalaydi.

  • Korreksion jarayonni insoniylashtirish tamoyili.Ushbu tamoyil jamiyat va shaxs maqsadlarining uyg‘unlashtirish zarurligini, ta’lim jarayonining bolaning shaxsiy imkoniyatlari, uning qiziqishlari va ehtiyojlariga yo‘nalishini belgilaydi. Korreksion jarayonning markazida o‘quvchi shaxsi turishi, shu sababli rivojlantiruvchi dasturlarning o‘quvchining ichki imkoniyatlarini to‘la ro‘yobga chiqarishga xizmat qilishiga erishish asosiy vazifa ekanini anglatadi.

  • Korreksion jarayonda insonparvarlik g‘oyalarining ustuvorligi tamoyili. O‘quvchi shaxsini hurmat qilish, unga oqilona, talabchanlik asosida yondashishni ifodalaydi. Oqilona ifodalangan talab o‘quvchining shaxsiy fazilatlarini ijobiy rivojlantirish imkonini beradi. Binobarin, o‘quvchining ehtiyojlari avvaldan belgilangan pedagogik jarayonning ob’ektiv maqsadiga muvofiq kelishi tarbiyaning muhim sharti sanaladi. O‘quvchi nafaqat ijtimoiy talabni anglashi, balki uni sifatli,

    kutilganidek puxta bajara olishi ishonishi zarur.
    O‘quvchining xulqiga nisbatan pedagogik talabni qo‘yishda uning qadr- qimmati, g‘ururiga dalh qilinmasligi, haq-huquqi poymol bo‘lmasligi muhim.


      1. Download 1.23 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   183




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling