Ma’lumotlarni tahlil qilish. Tadqiqot yoki tashxislashga oid ma’lumotlarni qayta ishlash bir qadar qiyin, murakkab jarayon sanaladi. Bu jarayon bir necha bosqichda amalga oshiriladi.
Ma’lumotlarni tahlil qilish jarayoni quyidagi asosiy bosqichlardan iborat:
bosqich: tahlil uchun birlamchi ma’lumotlarni yig‘ish. Bu bosqichda tashxislanayotgan yoki o‘rganilayotgan ob’ektni kuzatish, uning xususiyatlarini o‘rganish, ko‘rsatkichlarini aniqlash maqsadida o‘qituvchi yoki tadqiqotchi birlamchi statistik ma’lumotlarni to‘playdi.
bosqich: tadqiqot mavzusi va maqsadiga asoslangan holda ilmiy farazni ilgari surish.
Ilmiy faraz – dalil, hodisa yoki jarayonning ishonchli va haqqoniy ekanini tasdiqlash, ikki yoki bir necha hodisa o‘rtasidagi aloqalarni taxmin qilish maqsadida ilgari suriladigan ilmiy bashorat49.
49 Выдвижение и обоснование научной гипотезы // https://www.internauka.org/blog/vydvizhenie-i- obosnovanie-nauchnoy-gipotezy.
bosqich: kompyuterga ma’lumotlarni kiritish. Zamonaviy sharoitda tashxislash va tadqiqot ma’lumotlarini muayyan muddatda saqlashning eng samarali yo‘li – ularni kompyuterga kiritish hisoblanadi. Kompyuterga kiritilgan ma’lumotlar, odatda, elektron jadval yoki ma’lumotlar matrisasi ko‘rinishida ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |