Raxmatova xayrixon ashiraliyevna


Download 1.23 Mb.
bet42/183
Sana03.12.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1800433
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   183
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi

bosqich: ma’lumotlarni turkumlashtirish. O‘qituvchi yoki tadqiqotchi o‘zini qiziqtirgan holatlar bo‘yicha ma’lumotlarni ma’lum guruhlarga ajratadi. Har bir guruhdagi ma’lumotlarning muayyan tartibda bo‘lishiga e’tibor qaratiladi. Odatda, ma’lumotlar aniq belgilangan mezon yoki shartlarga muvofiq saralanadi, tasniflanadi. Ishonchsiz dalillar olib tashlanadi, yetishmayotgan ma’lumotlar to‘ldiriladi.

  • bosqich: ma’lumotlarni vizualizatsiya qilish. Taqdim etilayotgan ma’lumotlarning tushunarli bo‘lishi, oson qabul qilinishi uchun ularni vizual shaklda taqdim etish maqsadga muvofiqdir. Buning uchun kerakli ma’lumotlar jadval, tasvir, sxema, diagramma, gistogramma va boshqa grafikli

    ko‘rinishlarda ifodalanadi.

    1. bosqich: statistik tahlil. Tashxislash yoki tadqiqot jarayonida o‘qituvchi yoki tadqiqotchi tomonidan pedagogik amaliyot tavsiya qilinayotgan metodika yoki texnologiya sinovdan o‘tkaziladi. Taqdim qilinayotgan metodika yoki texnologiya tashxislanayotgan (o‘rganilayotgan) holatni sifat jihatidan yuqori darajaga ko‘tara olishi zarur. Metodika yoki texnologiyaning samaradorligi tajriba sinovidan avvalgi va ular qo‘llanilgandan keyingi holat natijalari asosida tahlil qilinib, baholanadi. Mana shu o‘rinda statistik tahlil amalga oshiriladi.

    Bunda boshlang‘ich (H0; mavjud holatning qoniqarsiz ekani haqidagi) ilmiy faraz hamda muqobil (H1; pedagogik amaliyot uchun taqdim etilayotgan metodika yoki texnologiyaning samarali ekani to‘g‘risidagi) ilmiy farazga ko‘ra olingan natija ko‘rsatkichlari statistik tahlil qilinadi.
    Statistik tahlil mohiyatiga ko‘ra boshlang‘ich (H0) ilmiy faraz inkor qilinib, muqobil (H1) ilmiy faraz o‘z tasdig‘ini topishi zarur. Tahlil natijasida, bordi-yu, boshlang‘ich (H0) ilmiy faraz tasdiqlansa, u holda taqdim etilgan metodika yoki texnologiyani pedagogik jarayonda qo‘llash samarasiz ekani oydinlashadi. Agarda, muqobil (H1) ilmiy faraz tasdiqlansa, u holda pedagogik amaliyot uchun taqdim qilingan metodika yoki texnologiya samarali deb topiladi.


    1. Download 1.23 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   183




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling