Nomlarni ifodalovchi (yaxlit) shkala. Mazkur shkalani o‘lchashdan ham ko‘proq tasniflash deb hisoblash to‘g‘ri bo‘ladi. Unga ko‘ra barcha ob’ektlar qandaydir belgisi (farqlari)ga ko‘ra guruhlarga ajratiladi. Bu belgilar tajriba natijalarini qayta ishlashda qulaylik yaratish maqsadida ma’lum son (kod) bilan ifodalanadi. Nomlarni ifodalovchi (yaxlit) shkalada ob’ektlar o‘rtasida hech qanday munosabat yuzaga kelmaydi.
Masalan: o‘quvchilar ikki toifaga ajratiladi va quyidagicha ifodalanadi: qizlar
Ijtimoiy tartibning buzilish holatlari: dars jarayonida – 1; ko‘chada – 2; uyda – 3.
Tartibni ifodalovchi (darajali) shkala. Bu shkala turli ob’ektlarni
ularning qandaydir belgisi yoki xususiyatlariga ko‘ra farqlash uchun xizmat qiladi. Tartibni ifodalovchi (darajali) shkalaga o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini belgilashga yordam beradigan 5 balli (baholi) tizim misol bo‘la oladi. Bu turdagi shkala o‘qitish jarayonidagina samarali qo‘llansa-da, uni shaxsning boshqa sifatlarini miqdoriy baholashda, ya’ni, tarbiya jarayonida qo‘llashda muayyan qiyinchiliklar yuzaga keladi.
Muayyan tartibga asoslanadigan shkalalashning turli shakllari mavjud (13-rasm):
Darajali shkala (qatorlar bo‘yicha ajratuvchi shkala). Bunda o‘rganilayotgan ob’ektlar qatorlarga (tartibli holda) qandaydir sifatning aks etish darajasi (holati)ga ko‘ra joylashtiriladi. Odatda, 1-qatorga nisbatan yuqori darajada namoyon bo‘lgan sifat joylashtiriladi va unga yuqori ball beriladi (son qiymati ixtiyoriy tanlanadi). So‘ngra egallagan o‘rniga ko‘ra nisbatan past baholangan ob’ektlar joylashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |