Raxmatova xayrixon ashiraliyevna


Nomlarni ifodalovchi (yaxlit) shkala


Download 1.23 Mb.
bet50/183
Sana03.12.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1800433
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   183
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi

Nomlarni ifodalovchi (yaxlit) shkala. Mazkur shkalani o‘lchashdan ham ko‘proq tasniflash deb hisoblash to‘g‘ri bo‘ladi. Unga ko‘ra barcha ob’ektlar qandaydir belgisi (farqlari)ga ko‘ra guruhlarga ajratiladi. Bu belgilar tajriba natijalarini qayta ishlashda qulaylik yaratish maqsadida ma’lum son (kod) bilan ifodalanadi. Nomlarni ifodalovchi (yaxlit) shkalada ob’ektlar o‘rtasida hech qanday munosabat yuzaga kelmaydi.

Masalan: o‘quvchilar ikki toifaga ajratiladi va quyidagicha ifodalanadi: qizlar

  • 01; o‘g‘il bolalar – 02.

Ijtimoiy tartibning buzilish holatlari: dars jarayonida – 1; ko‘chada – 2; uyda – 3.

  1. Tartibni ifodalovchi (darajali) shkala. Bu shkala turli ob’ektlarni

ularning qandaydir belgisi yoki xususiyatlariga ko‘ra farqlash uchun xizmat qiladi. Tartibni ifodalovchi (darajali) shkalaga o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini belgilashga yordam beradigan 5 balli (baholi) tizim misol bo‘la oladi. Bu turdagi shkala o‘qitish jarayonidagina samarali qo‘llansa-da, uni shaxsning boshqa sifatlarini miqdoriy baholashda, ya’ni, tarbiya jarayonida qo‘llashda muayyan qiyinchiliklar yuzaga keladi.

Muayyan tartibga asoslanadigan shkalalashning turli shakllari mavjud (13-rasm):

13-rasm. Tartibni ifodalovchi (darajali) shkalalarning turlari


    1. Darajali shkala (qatorlar bo‘yicha ajratuvchi shkala). Bunda o‘rganilayotgan ob’ektlar qatorlarga (tartibli holda) qandaydir sifatning aks etish darajasi (holati)ga ko‘ra joylashtiriladi. Odatda, 1-qatorga nisbatan yuqori darajada namoyon bo‘lgan sifat joylashtiriladi va unga yuqori ball beriladi (son qiymati ixtiyoriy tanlanadi). So‘ngra egallagan o‘rniga ko‘ra nisbatan past baholangan ob’ektlar joylashtiriladi.


    2. Download 1.23 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling