Raxmatova xayrixon ashiraliyevna


Download 1.23 Mb.
bet52/183
Sana03.12.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1800433
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   183
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi

Qutbli shkala (qarama-qarshi tomonli, ya’ni, musbat (+) va manfiy (–)ga ajratuvchi shkala). Ahamiyatli qarama-qarshi belgilar (masalan, mehribon

  • qahri qattiq, issiq – sovuq, yaxshi – yomon va shu kabilar) chekka nuqtalari bo‘lgan ushbu usul shartli shkalani baholash uchun tavsiya qilinadi.

Qutblar orasi ixtiyoriy miqdordagi qism (ball)larga ajratiladi.
Masalan, o‘quvchining matematika faniga bo‘lgan ishonch darajasi qutblar oralig‘idagi quyidagi shkalalardan birini ko‘rsatishi lozim (qutblar o‘qituvchi yoki mutaxassis tomonidan mustaqil tanlanadi):
(Juda qiziqadi) 10 – 9 – 8 – 7 – 6 – 5 – 4 – 3 – 2 – 1 (Mutlaqo qiziqmaydi).

  1. Intervalli shkala (intervalli o‘lchash). Bu turdagi shkala ham pedagogik diagnostika va tadqiqotlarda muhim ahamiyatga ega.

Intervalli shkala (intervalli o‘lchash) ob’ektlar orasidagi masofa aniqlanganda hamda barcha ob’ektlar uchun umumiy turg‘un o‘lchov birligi belgilanganda ob’ektlar soniga beriladigan tartib, maqomni ifodalovchi shkala.
Boshqacha aytganda, intervalli shkalada o‘lchashning birligi va mashstablari ifodalanadi. Shkalaning boshlang‘ich (nol) nuqtasi ixtiyoriy tanlanadi. Masalan, test sinovi shkalasi, o‘quvchi tomonidan muayyan fanni o‘zlashtirish dinamikasini qayd etuvchi shkala.
Intervalli shkala – miqdoriy ko‘rsatkich bo‘lib, unga misol qilib sonlarda, bo‘lish amalidan tashqari, ifodalanadigan barcha arifmetik amallarni ko‘rsatish mumkin. Ammo, intervalli shkala test nazoratida bir ob’ektning ustunligini uning javoblari (10 ta to‘g‘ri javob)ini boshqa ob’ektning kam nisbatan javoblari (5 ta to‘g‘ri javob)i asosida belgilashga xizmat qilmaydi.


  1. Download 1.23 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling