Raxmatova xayrixon ashiraliyevna
Download 1.23 Mb.
|
O‘zbekiston respublikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘lchash
Munosabatlar shkalasi. Bu shkala intervalli shkaladan shunisi bilan farq qiladiki, uning boshlang‘ich (nol) nuqtasi ixtiyoriy tanlanmaydi, balki to‘la holda o‘lchanadigan xususiyatlarning mavjud bo‘lmasligini ko‘rsatishga xizmat qiladi. Bunga qandaydir ko‘plikka asoslangan ob’ektlarni qaytadan sanash asosida olingan barcha miqdoriy ko‘rsatkichlar (o‘quvchilar, darslar, sinovlar va imtihonlar soni kabilar) kiritiladi56.
Pedagogik diagnostika va tadqiqotlarda barcha sohalardagi ilmiy izlanishlarda bo‘lgani kabi olingan natijalarning ishonchliligi, asoslanganligi hamda amaliy qiymatga ega bo‘lishiga e’tibor qaratiladi. Natijalarning ishonchliligi, asoslanganligi hamda amaliy qiymatga egaligi pedagogik o‘lchash sifatining turli jihatlarini anglatuvchi o‘zaro bog‘langan muhim xususiyatlari sanaladi. O‘lchash natijalarining ishonchliligi (ing. “reliability”) – olingan natijalarning aniqligi va ularning tasodifiy omillarga ta’siriga barqarorligini ifodalovchi tavsif. Natijalarning ishonchliligi o‘lchash ishlarining haqiqatda, tashxislash yoki tadqiqot maqsadidan kelib chiqqan holda belgilangan talab, aniqlangan 56 Шкалы измерений // https://studme.org/170818/pedagogika/shkaly_izmereniy. mezonlarga muvofiq amalga oshirilganligini anglatadi57. O‘lchash natijalarining asoslanganligi (ingl. “validity” – yaroqlilik (haqqoniylik, qonuniylik) – qo‘llanilgan metodika hamda muayyan sharoitlarda amalga oshirilgan tadqiqot natijalarining haqqoniyligi va yaroqliligi. Boshqacha aytganda, natijalarning asoslanganligi (validligi) qo‘llanilgan metodika hamda tadqiqot natijalarining qo‘yilgan vazifalarga muvofiq ta’minlovchi o‘lchov sanaladi58. Xulosa qilib shuni aytganda, pedagogik diagnostika va tadqiqotni tashkil etishda o‘lchash muhim ahamiyatga ega. Zero, o‘lchash ishini metodik jihatdan to‘g‘ri tashkil qilish tashxislash va tadqiqotning samarali borishini ta’minlaydi. Pedagogik jarayonlarda o‘lchashning bir necha turidan foydlaniladi. Ular orasida shkalalash alohida o‘rin tutadi. Shkalalashda boshlang‘ich amaliy natijalar shkalalarga asoslanuvchi baholashga o‘tkaziladi. Muayyan turdagi shkalalash belgilangan tartibda o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma, malakalari, shuningdek, ularda ma’lum sifatning tarbiyalanganlik darajasini o‘lchash va baholashga imkon beradi. Shu sababli o‘qituvchi va tadqiqotchilar pedagogik o‘lchash ishlarini amalga oshirishga oid bilimlardan xabardor bo‘lishi orqali tashxislash hamda tadqiqot jarayonini samarali tashkil etish malakalarini o‘zlashtira olishlari zarur. Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling