Raxmatova xayrixon ashiraliyevna


Download 1.23 Mb.
bet47/183
Sana03.12.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1800433
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   183
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi

Bevosita o‘lchash o‘lchanadigan ob’ektni biron-bir standart, tayanch o‘lchagich bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqqoslash.
Bu turdagi o‘lchash pedagogik tadqiqotlarda kamdan-kam uchraydi. Bevosita o‘lchash ko‘p holatlarda o‘quvchilarning jismoniy rivojlanganlik darajasini baholashda qo‘llaniladi. Pedagogik tadqiqotlarda ko‘pincha bilvosita o‘lchashdan foydalaniladi.
Bilvosita o‘lchash ob’ekt holatini ma’lum mezonlar (masalan, savollarga qaytarilgan javoblar mazmuni va soni, to‘g‘ri bajarilgan topshiriqlar soni, muammoli masalalarni hal qilish, diktant, yozma ish, inshodagi xatolar, xulq-atvordagi og‘ishlar va boshqalar) yordamida
ma’lum vositalar (nazorat ishlari, test topshiriqlari, loyihalar, imtihon va sinov savollari) yordamida baholash53.
Shuni alohida qayd etib o‘tish joizki, bugungi kunda ham pedagogik hodisalarning turli jihatlarini o‘lchash vazifasi hal qilinmagan. Bu “Pedagogik diagnostika va korreksiya” o‘quv fani oldida turgan asosiy vazifalardan biri hisoblanadi.

  1. Sifat va miqdor ko‘rsatkichlari. Psixologik va pedagogik tadqiqotlarda ma’lumot to‘plashning asosiy muammosi o‘rganilayotgan ob’ektlar va jarayonlarning sifatiga miqdoriy baho berishdir.

Hanuzgacha tavsiflovchi va empirik fanlar bo‘lib qolayotgan pedagogika hamda psixologiya sohalarida amalga oshirilayotgan tajribalarda qo‘lga kiritilayotgan ma’lumotlarning asosiy turi sifat, mazmun xarakteriga ega.

Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling