Raxmatova xayrixon ashiraliyevna


Download 1.23 Mb.
bet58/183
Sana03.12.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1800433
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   183
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi

Joriy nazorat. Bu turdagi nazoratning maqsadi – ta’lim jarayonining borishini kuzatishdan iborat. Uni amalga oshirish o‘qituvchiga o‘quv jarayonida ko‘zga tashlanayotgan kamchilik va muammolarni o‘z vaqtida bartaraf qilish hamda zarur yo‘nalishda qayta qurish uchun ular to‘g‘risidagi tezkor axborot (ma’lumot)larni qo‘lga kiritish imkonini beradi. Joriy nazorat to‘lig‘icha dianostik xarakter kasb etadi.

  • Yakuniy nazorat. Odatda bu turdagi nazorat – bosqichli, chegaraviy hamda yakuniy kabi uch turga ajratiladi. Yakuniy nazorat o‘quvchilarning ta’limiy yutuqlarini baholash maqsadida tashkil etilgan muayyan bosqich, ma’lum bo‘lim yoki o‘quv yilining oxirida tashkil etiladi. O‘quvchi tomonidan og‘zaki yoki yozma shaklda tashkil qilingan imtihon yoki sinovlar hamda test natijalarini qayd etish yakuniy nazoratning shakli sifatida namoyon bo‘ladi.

    Yakuniy nazorat natijalarini taqqoslash va taxmin qilish (bashoratlash) o‘qituvchiga kelgusida sho‘ ishini yaxshilash, samaradorligini oshirish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni beradi. Bordi-yu, yakuniy nazoratda qo‘lga kiritilgan axborotlar ko‘zlangan maqsadga muvofiq kelmasa, u holda tahlil ma’lumotlari o‘quvchilarni kasbga, mutaqil hayotga tayyorlashdagi muammolarni aniqlash, shuningdek, o‘quv jarayonini korreksiyalash bo‘yicha boshqaruv harakatlarini amalga oshirish imkonini beradi.
    Xarakterli jihatlariga ko‘ra yakuniy nazorat ichki va tashqi nazorat kabi guruhlarga ajratiladi. Ichki yakuniy nazorat umumiy o‘rta ta’lim maktabi boshqaruvi, masalan, Davlat attestatsiyasi yoki imtihon, davlat imtihonidan tashqari vaqtlarda o‘tkaziladi.
    Attestatsiya (yoki davlat attestatsiyasi) bitiruvchilarni tayyorlash darajasi va sifatining rasman belgilangan ta’lim darajasi hamda sifatiga qo‘yiladigan talablar tizimi (DTS)ga mosligini aniqlashga qaratilgan chora-tadbir.
    Bu jarayonni tashkil etishda DST yoki standartlar mavjud bo‘lmagan sharoitda amal qiladigan me’yoriy hujjatlarga tayanib ish ko‘riladi. Attestatsiya baholarining asosli bo‘lishini ta’minlash maqsadida aksariyat mamlakatlarda test nazorati qo‘llaniladi.
    Ichki yakuniy nazorat fan o‘qituvchisining o‘zi tomonidan, masalan, o‘quvchini sinfdan sinfga ko‘chirish imkonini beradigan maktab imtihonlari vaqtida o‘tkaziladi. Imtihonda foydalaniladigan nazorat topshiriqlari – testlar, yozma ishlar, loyihalar fan o‘qituvchisining o‘zi tomonidan mustaqil tayyorlanadi.
    Tashqi yakuniy nazorat esa Davlat imtihonlari yoki hozirda O‘zbeksitonda keng ommalashayotgan PIRLS (Progress in International Reading and Literacy Study) – boshlang‘ich 4-sinf o‘quvchilarining matnni o‘qish va tushunish darajasini baholash, TIMSS (Trends in International Mathematics and Science Study) – 4 va 8-sinf o‘quvchilarining matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan o‘zlashtirish darajasini baholash, PISA (The Programme for International Student Assessment) – 15 yoshli o‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholash dasturlari bo‘yicha tashkil etadigan sinovlar shaklida tashkil etiladi.
    Respublikada so‘nggi ikki yilda o‘quvchilarning xorijiy til (ingliz, nemis, fransuz, rus tillari)ni bilish darajasini aniqlashga oid milliy baholash tizimi ishlab chiqildi va tizim asosida tashqi yakuniy nazorat yo‘lga qo‘yilmoqda.
    Ayni o‘rinda shuni ham qayd etib o‘tish joizki, O‘zbekistonda rahbar va pedagog kadrlarning umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘qitish va ta’lim olish muhitini hamda o‘qituvchilarning ish sharoitlarini o‘rganish uchun xalqaro baholash tizimi TALIS (The Teaching and Learning International Survey) joriy qilinmoqda.

    1. Pedagogik nazorat funksiyalari. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida pedagogik nazoratni tashkil qilishda muayyan vazifalar hal qilinadi. Sohaga oid adabiyotlarda pedagogik nazoratning asosiy funksiyalari quyidagilar ekani ko‘rsatilgan (15-rasm):


    1. Download 1.23 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   183




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling