Raxmatova xayrixon ashiraliyevna


Download 1.23 Mb.
bet59/183
Sana03.12.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1800433
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   183
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi

Tekshirish funksiyasi. Bu funksiyasi yakuniy nazoratni tashkil qilinadigan asosiy vazifa hisoblanadi. Ta’limni turli darajada boshqarishda uning tarkibiy qismlari aniq belgilanadi. Shu sababli ta’lim natijalarini tizimli tekshirishni amalga oshirish o‘quvchilar tomonidan egallangan bilim, ko‘nikma, malakalarning holatini aniqlashga imkon beradi, shuningdek, ularning ta’lim olishda erishgan yutuqlarini baholashda aks etadi. Natijalarni qo‘llash nuqtai nazaridan tekshirish funksiyasi ta’lim sifatini boshqarishning boshqa darajalari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

  • Tashxislash funksiyasi. Ushbu funksiya joriy nazoratda to‘liq amalga oshiriladi. Tashxislash funksiyasini kuchaytirish, uning ahamiyatini oshirish ta’lim sifatini yaxshilashning muhim shartlaridan biridir. Ta’lim olishda o‘quvchilar duch kelayotgan qiyinchiliklarining sabablari, bu jarayonga ta’sir qilayotgan omillarni tahlil qilish orqali o‘qitishning individual xarakter kasb etishiga erishiladi. Zero, har bir o‘quvchi yangi materialni, muayyan bo‘limni o‘rganishda muvaffaqiyatga qachonki tegishli bilimlarni o‘zlashtirishga to‘sqinlik qiladigan kamchiliklar bartaraf etgandan keyingina erisha oladi.

  • Ta’lim berish funksiyasi. O‘qituvchi tomonidan berilgan savollariga javob qaytarish, test topshirig‘i va nazorat ishiga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida o‘quvchilar o‘zini o‘zi nazorat qilish, o‘zini o‘zi baholash imkkoniyatiga ega bo‘ladi. Shu jarayonda innovatsion xarakterdagi tashxis vositalari va usullar yordamida nazoratning tashkil qilinishi esa o‘quvchilar tomonidan bilimlarning mustaqil o‘zlashtirilishi uchun keng imkoniyatlarni yaratadi. Pedagogik testlar bu jarayonda hal qiluvchi rol o‘ynaydi.

  • Tarbiyalash funksiyasi. Ta’lim muassasalarida pedagogik nazoratning tashkil qilinishi o‘quvchilarning u yoki bu turdagi sifat, fazilatlarga egaligini o‘rganish va baholashga imkon beradi. Shu bilan birga pedagogik nazorat orqali o‘quvchilarning muayyan sifat, fazilatlarni o‘zlashtirishdagi qiyinchiliklarini aniqlash, bu jarayonga ta’sir qilayotgan omillarni belgilash hamda ularni bartaraf qilish imkoniyatlarini izlash uchun sharoit yaratadi. Yaratilgan sharoit o‘quvchining bilimga qiziqish, tizimli ishlash qobiliyati, o‘zini tuta bilish va o‘zini o‘zi qadrlash kabi ijobiy fazilatlarini shakllantirishga xizmat qiladi.

    Nazoratning tarbiyaviy funksiyasi o‘quvchilarning ta’lim faoliyatining motivatsion asoslarini shakllantirishda yetakchi o‘rin tutishini ta’minlashga yordam beradi.
    O‘qituvchi pedagogik nazoratni tashkil qilish asosida sinf jamoasining o‘quvchiga ko‘rsatadigan ijobiy ta’sirini, bu boradagi imkoniyatlarini aniqlaydi, tahlil qiladi va baholaydi. Pedagogik nazoratning tarbiyalash funksiyasi pedagogik jamoa, shuningdek, o‘quvchilar jamoasining o‘quvchiga nisbatan ijobiy ta’siridan samarali foydalanish uchun qulay muhitni hosil qiladi.


    1. Download 1.23 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   183




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling