Raxmatova xayrixon ashiraliyevna
Rag‘batlantish va rivojlantirish funksiyasi
Download 1.23 Mb.
|
O‘zbekiston respublikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Axborot
Rag‘batlantish va rivojlantirish funksiyasi. Ta’lim olishda o‘quvchining motivatsiyaga ega bo‘lishi muhim ahamiyatga ega. Agar nazorat ob’ektiv tashkil etilgan, o‘qituvchi tomonidan o‘quvchining o‘quv-bilish va xulq-atvoriga qo‘yilgan baholar xolis, adolatli bo‘lgan bo‘lsa, u holda ta’lim oluvchilarda yangi bilimlarni o‘zlashtirish uchun qo‘shimcha rag‘batlar paydo bo‘ladi. Bordi-yu, o‘qituvchining pedagogik nazoratda o‘quvchiga nisbatan sub’ektiv munosabatda bo‘lsa, u holda bilimlarni tizimli tekshirishga qaratilgan pedagogik nazorat salbiy
natijalarga olib keladi. Natijada o‘quvchilarda o‘qituvchiga, shu bilan birga o‘quv faniga bo‘lgan salbiy munosabat shakllanadi. O‘quvchi ta’lim olishda va shaxs sifatida rivojlanishini kafolatlovchi o‘z ustida ishlashdan soviydi. Qo‘shimcha testlarning tashkil qilinishi, nazorat topshiriqlarining berilishi o‘quvchilarda ta’limiy motivatsiyaning kuchayishiga yordam beradi. Pedagogik nazoratni tashkiliy-metodik jihatdan to‘g‘ri tashkil qilinishi, o‘quvchilar faoliyatini samarali uyushtirilishi, o‘quvchilarning o‘rganilayotgan bilim, ko‘nikma, malaka hamda ma’naviy-axloqiy sifatlarga egaligining xolis baholanishi ta’lim oluvchilarni har tomonlama rivojlantirishga yordam beradi. Xolis tashkil qilingan nazorat o‘quvchilarni fikrlashga o‘rgatadi, ularning xotirasini kuchaytiradi, mavjud bilimlarni amalda qo‘llash ko‘nikma va malakalariga ega bo‘lishini ta’minlaydi. Test va nazorat topshiriqlarining mohiyati, mazmuni, ularni bajarish uchun yaratilgan sharoit, o‘quvchilarning o‘quv-bilish faolligi pedagogik nazoratning rivojlantiruvchanlik xarakterini oshiradi. Axborot berish funksiyasi. Raqamli texnologiyalar tezkor rivojlanayotgan mavjud sharoitda axborot barcha sohalarda yetakchi omil sifatida ko‘zga tashlanmoqda. Ta’limda ham nafaqat bugungi kunda, balki barcha davrlarda ham axborotga egalik muhim ahamiyatga ega. Binobarin, axborotlar ta’limning mavjud holatini baholash, istiqbolini bashoratlash, ta’lim jarayoniga nisbatan yangicha yondashuvlarni qaror toptirish imkoniyatini ta’minlaydi. Bunda, eng muhimi, axborotlarning xolis bo‘lishi, ularni zarur vaziyatlarga tezkor qo‘lga kiritish imkoniyatining mavjudligidir. Pedagogik nazorat jarayonida qo‘lga kiritilgan har bir axborot (ma’lumot) u xoh ijobiy, xoh salbiy bo‘lsin muhim ahamiyatga ega. Chunki ular asl vaziyatni to‘g‘ri talqin qilish va istiqbolli rivojlanish yo‘nalishlarini oqilona belgilashga xizmat qiladi. Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling