Reja kirish. Avtomatik rostlashning asosiy vazifalari


Download 54.03 Kb.
bet1/2
Sana04.04.2023
Hajmi54.03 Kb.
#1324529
  1   2
Bog'liq
1 MARUZA


1-MA’RUZA.
Kirish.
TJA fanining tarixi va rivojlanish tendensiyalari. TJABT fanidan reyting nazoratini uyushtirilishi xakida.
REJA
1.Kirish.
2.Avtomatik rostlashning asosiy vazifalari.
3. Asosiy tushuncha va qoidalar.
4. Rostlash qoidalari. Reyting nazorati haqida.

Ishlab chiqarish taraqqiyotining zamonaviy bosqichi yangi texnologiyani qo‘llash, texnologik anjomlar va qurilmalarning samaradorligini oshirish va boshqaruv sifatini yaxshilash bilan belgilanadi. Ushbu masalalar asosan avtomatlashtirish va boshqaruv tizimlarini keng qo‘llash orqali amalga oshiriladi. Avtomatlashtirishning xozirgi bosqichi elektron-hisoblash texnikasi va mikroprotsessor vositalarini qo‘llash darajasiga bog‘liq.


O‘zbekistonda yirik va zamonaviy avtomatlashtirish va boshqaruv tizimlari energetika, aviasozlik, ximiya, avtomobilsozlik sanoatlarida, radioelektronika, neft-gaz va boshqa soxalarda keng qo‘llanilmokda. Avtomatika fani va avtomatlashtirishning rivojlanishiga olimlarimiz V.V. Kobulov, M.Z Xomudxanov, N.R. Yusufbekov va boshqalar ulkan hissa qo‘shdilar.
Avtomatlashtirish va boshqaruv tizimlari boshqaruv obyektini avtomatik va avtomatlashtirilgan nazorat qilish, rostlash va boshqaruv uchun mo‘ljallangan texnik vositalar majmuasidan iborat.
“Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish” fani texnologik obyekt va jarayonlarni, ularning avtomatik va avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlarining funksional qurilmalari va asosiy elementlarini, bevosita boshqarish tizimlari tuzilishi hamda ular tarkibining xosligini o‘rganadi.
Fanni o‘qitishdan maqsad talabalarda turli maqsadlarga mo‘ljallangan avtomatlashtirish tizimlarining tarkibiy xususiyatlari, tizimning asosiy elementlari va funksional qurilmalarining tavsiflari haqida bilimlarini takomillashtirish hamda elementlar tavsiflari asosida tizimlarning statik va dinamik xususiyatlarini aniqlash ko‘nikmasini hosil qilishdan iborat.
Fanni o‘rganish natijasida talaba boshqarish obyektining va tizimlari qurilmalarining asosiy tavsiflarini, sanoat rostlash tizimlarini sozlash tamoyillarini, harakatdagi obyektlarni boshqarish tizimlari, texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari, dasturli boshqaruv tizimlari ishlash xususiyatlarini, nazorat tizimlari tuzilishini va tizimlarning statik va dinamik xossalarini baholashni hamda berilgan talablar asosida loyihalashni bilishi lozim.
Avtomatlashtirish sohasidagi zamonaviy mutaxassis ushbu masalalarni bilishi lozim:

  1. Avtomatlashtirish va boshqaruv tizimlari turlari va tuzilishi.

  2. Boshqaruv obyektlari tahlili.

  3. Avtomatlashtirish va boshqaruv tizimlarining asosiy elementlari va ularni tanlash.

  4. Sanoat rostlash tizimlari.

  5. Harakatdagi obyektlarni boshqaruv tizimlari. (kuzatuvchi tizimlar)

  6. Dasturli boshqaruv tizimlari.

  7. Avtomatik nazorat tizimlari.

  8. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari.

  9. Ishlab chiqarishga moslashuvchan avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari.

Avtomatlashtirish va boshqaruv tizimlari o‘z rivojlanishida quyidagi bosqichlarni o‘tdi:
- oddiy nazorat qilish qurilmasi;
- murakkab bo‘lmagan jarayonlarni boshqaruv tizimlari;
- nazorat qilish va boshqaruvni birgalikda amalga oshiruvchi tizimlar;
- tarkibida EHM va mikroprotsessorlar bo‘lgan boshqaruv tizimlari;
- o‘zaro bog‘lik bo‘lgan jarayonlarni boshqarish uchun mo‘ljallangan yirik avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari (texnologik jarayonlarning avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari, ishlab chiqarishga moslashuvchan avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari va boshqalar).
Ushbu fanni o‘rganish uchun zarur bo‘lgan ta’riflar va tushunchalarga e’tibor beramiz.
Avtomatika - fan va texnika sohasi bo‘lib, insonning bevosita ishtirokisiz faoliyat ko‘rsatuvchi ishlab chiqarish jarayonlarini boshqaruv vositalari va tizimlarning tuzilish tamoyillari va nazariyasini qamrab oladi. Avtomatika avtomatlashtirish asosini tashkil qiladi.
Avtomatlashtirish - insonning ishlab chiqarish jarayonlarini boshqaruv vazifalaridan ozod qilib, ushbu vazifalarni texnik qurilmalarga berish bilan bog‘liq bo‘lgan mashinaviy ishlab chiqarish bosqichidir.
Ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish- optimal yoki berilgan rejimni amalga oshirish maqsadida ishlab chiqarishga ta’sir qilish.
Boshqaruv obyekti- boshqaruvdagi ishlab chiqarish jarayoni.
Boshqaruvda ishlatiladigan texnik vositalar hamda bevosita ishtirok etuvchi ishlab chiqarish xodimlari obyekt bilan birgalikda boshqarish tizimni tashkil etadi. Boshqarish tizimini tashkil etuvchilari:
-boshqaruv obyekti holati haqida axborot olish;
-axborotni qayta ishlash va boshqaruv maqsadini amalga oshirish uchun obyektga ta’sir haqida qaror qabul qilish;
-qabul qilingan qarorni amalga oshirish, ya’ni ishlab chiqarish tizimiga bevosita ta’sir etish.
Ushbu vazifalarni avtomatlashtirish uchun qo‘llaniladigan texnik vositalar avtomatlashtirilgan texnik vositalar deyiladi. Boshqaruv obyekti holati haqida axborot olish vositalari o‘lchov vositalari deb ataladi.
Ishlab chiqarishning keng ko‘lamda avtomatlashtirish texnologik jarayonlar samaradorligini oshiradi va boshqaruv tizimlari sifatini oshirish orqali texnologik qurilmalar unumdorligining oshishiga olib keladi.
Texnologik jarayonlarda odamning ishtirok etishiga ko‘ra avtomatlashtirishni quyidagilarga ajratish mumkin: avtomatik nazorat, avtomatik rostlash va avtomatik boshqarish.

Download 54.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling