Raxmatova xayrixon ashiraliyevna
Qandaydir ob’ekt (jarayon)ning sifati
Download 1.23 Mb.
|
O‘zbekiston respublikasi
Qandaydir ob’ekt (jarayon)ning sifati uning mavjudligini ta’minlovchi muhim, barqaror xususiyatlari sanaladi. Shu sababli ob’ekt (jarayon)ning sifati to‘g‘risidagi ma’lumot uning mohiyati va mazmunida aks etadi hamda uni tavsiflash uchun zarur sanaladi.
Pedagogikada sifat tavsif (o‘lcham)lari ta’lim-tarbiyaning barcha jarayonlari, natijalari, faoliyat turlari, pedagogik jarayon ishtirokchilarining o‘zaro munosabatlari, shaxs hamda jamoaning rivojlanishda erishgan jamiki yutuqlarini yoritishga xizmat qiladi. Ta’lim va tarbiyaning asosiy qonuniyatlari va tamoyillari sifat xarakteriga ega bo‘ladi. Atrof-muhitning miqdor tavsifi uni anglashda nisbatan yuqori darajani qayd etadi. Miqdor – bilish ob’ektining real mavjudligi ifodalovchi ko‘rsatkich bo‘lib, uni o‘xshash qismlarga ajratish imkonini beradi. Ob’ektning miqdoriy tavsifi jarayonlarni nazariy-mantiqiy tahlil qilishdan ko‘ra ko‘proq bir necha marta chuqurroq tahlil qilish imkonini beradi. Binobarin, aynan ushbu tavsif uning mavjudligini ko‘rsatadi va turli sifatlar o‘rtasidagi kattaliklarni baholaydi, qonuniyatlarni namoyon qiladi. Miqdor hamda sifat tavsiflar bir-biri bilan chambarchas bog‘liq: ular bir-birini dialektik nuqtai nazardan to‘ldiradi va miqdorning sifatga o‘zgarishi qonuniga ko‘ra bir-biri bilan o‘zaro almashinadi. Har qanday sifatni ifodalovchi ma’lumot (axborot) doimo miqdorga ega bo‘ladi va boshqacha darajani o‘zida namoyon qiladi. Afsuski, pedagogik va psixologik fanlar, ularning amaliyotida miqdor ko‘rsatkichlarni aniqlovchi metodlar deyarli mavjud emas. Bu holat quyidagilar bilan izohlanadi: psixologik-pedagogik o‘lchovlarni miqdoriy baholashning muhim metod va vositalarning ishlab chiqilmaganligi yoki mavjudlarining takomillashtirilmagani; pedagogik jarayonlarni baholashning o‘ta murakkabligi. Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling