Raxmatova xayrixon ashiraliyevna
Download 1.23 Mb.
|
O‘zbekiston respublikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pedagogik
Asosiy vazifalar
O‘quvchilarning bilim, tarbiyalanganlik, rivojlanish, shuningdek, ta’lim olish va kasbiy faoliyatni tashkil etishga psixologik jihatdan tayyorlik darajasini aniqlash; o‘quv va tarbiya jarayoni, bu jarayonlarning muhim tarkibiy elementlarining natijadorligi va samaradorligini belgilash; pedagogik diagnostika yordamida aniqlangan ma’lumotlarni tahlil qilish va baholash orqali maqsadli pedagogik ta’sirlar (hamkorlik choralari)ni belgilash O‘quvchilarga ta’lim berish, tarbiyalash, rivojlantirish, shuningdek, ta’lim olish va kasbiy faoliyatga psixologik jihatdan tayyorlash jarayonining samaradorligini oshirish; o‘quv va tarbiya jarayoni, bu jarayonlarning muhim tarkibiy elementlarining natijadorligini ta’minlash; pedagogik diagnostika yordamida aniqlangan ma’lumotlarni tahlil qilish va baholash orqali maqsadli pedagogik ta’sirlar (hamkorlik choralari)ni belgilash samaradorligini kuchaytirish 1-rasm. “Pedagogik diagnostika va korreksiya” o‘quv fanining asosiy vazifalariHar bir fan yoki o‘quv fani kabi “Pedagogik diagnostika va korreksiya” ham o‘zinining ob’ekti va predmetiga ega. “Pedagogik diagnostika va korreksiya” o‘quv fanining ob’ekti – pedagogik jarayon hamda uning barcha tarkibiy elementlari – pedagog, o‘quvchi, pedagogik faoliyatning mazmuni, tashkiliy shakllari, metodlari, vositalari, shart-sharoitlari, texnologiyalari hamda natijalari. 15 Гутник И.Ю. Зачем нужна педагогическая диагностика? // Учитель на все времена. Материалы XXXII Всероссийской научно-прак.конф. – М.: Педагог, 2011. – С. 183. O‘quv fanining ob’ekti o‘z navbatida uning predmetini belshilashga yordam beradi. Boshqacha qilib aytganda, “Pedagogik diagnostika va korreksiya” o‘quv fanining predmeti uning ob’ekti asosida belgilanadi. Bunda ikkita sub’ekt: o‘quvchi (bola) va pedagog, shuningdek, ta’lim va tarbiya sharoiti nazarda tutiladi (1-jadval). Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling