o‘qituvchi o‘quvchining xulq-atvorini kuzatib, uning xatti-harakatlarini avvalgi xatti-harakatlari bilan
yoki hozirgi yoki avvalgi, shuningdek, boshqa o‘quvchilarning xatti-harakatlari bilan yoki bo‘lmasa, mutlaqo notanish o‘quvchining xatti-harakatlari bilan solishtiradi. Bu holat pedagogik
diagnostikada individual, ijtimoiy yoki ob’ektiv korrelyasion me’yor deb ataladi.
Tahlil qilishda kuzatishning qiyosiy tasnifidan chetga chiqiladi. Bunda quyidagi savollarga javob topiladi: 1. Nima uchun o‘quvchining muayyan yosh davridagi xulq-atvori avvalgi xatti-harakatlaridan, sinfdoshlarining xatti- harakatlaridan farq qiladi? Nima sababdan ayrim o‘quvchilarning xulq-atvorida “og‘ishlar” kuzatiladi? Tahlil qilish orqali o‘quvchining tashxislanayotgan sifati, holatidagi ijobiy va salbiy ko‘rinishlarning sabablari o‘rganiladi, aniqlanadi hamda uni korreksiyalash choralari ishlab chiqiladi. O‘quvchi bilan individual ishlash ish rejasi tuziladi.