Raxmatova xayrixon ashiraliyevna
Download 1.23 Mb.
|
O‘zbekiston respublikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pedagogik
Asosiy bosqichlar
bosqich 4-bosqich Tashxislashning shakl, metod va vositalarini tanlash O‘qituvchi va o‘quvchining tashxislash jarayonidagi o‘zaro aloqasining aniqlash 5-bosqich 6-bosqich O‘quvchilar faoliyatini nazorat qilish va baholash O‘qituvchi pedagogik faoliyatining tashxisli tadqiqot natijalar bo‘yicha tahlil qilish 7-bosqich 8-bosqich O‘quvchilar bilish faoliyatini izlanish natijalari bo‘yicha tahlil qilish Etalon (me’yoriy ko‘rsatkichlar)dan og‘ish sabablari va darajasini aniqlash 9-bosqich Korreksiyalovchi faoliyatning belgilash 25 Кузьмина Н.В8.-Пrрaоsфmес.сPиоeнdаaлиgзoмgikлиdчнiaосgтnиosпtрiеkпaоnдаiвnаgтеaляsosиiyмbасoтsеqраichпlрaоrиiзводственного обучения. – М.: Педагогика, 1990. – 28. Tashxislash jarayonida pedagogik diagnostikaning asosiy bosqichlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik va aloqadorlikning ta’minlanishi muhim ahamiyatga ega. Bosqichlar o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik va aloqadorlikning ta’minlanishi tashlovchi pedagogik faoliyatni metodik jihatdan to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish hamda ishonchli natijalarni qo‘lga kiritishga yordam beradi. Pedagogik faoliyatni tashxislash26. L.V.Grebennikova27ning qayd etishicha, o‘qituvchi faoliyatini tahlil qilish orqali tashxislash u tomonidan tashkil etilayotgan kasbiy mehnat bilan uning natijasi o‘rtasidagi farq (ta’lim oluvchilarning aqliy, madaniy rivojlanishi, zakovati, nazariyaning amaliyot bilan bog‘lay olish ko‘nikma, malakalariga egaliklari)ni ko‘rish, o‘qituvchi mehnatida zamonaviy hamda ana’aviy yondashuvlarni ongli ravishda o‘zaro uyg‘unlashganligini aniqlash imkoniyatini yaratadi. Qaysi soha bo‘lishidan qat’i nazar tashxislash murakkab jarayon sanaladi. Binobarin, bu jarayonda barcha omillarni inobatga olish, qo‘lga kiritilgan ma’lumotlarni har tomonlama tahlil qilish, natijalarni xolis baholash tlab etiladi. Bordi-yu, tashxis jarayonida bu talablardan biri inobatga olinmasa, u holda pedagogning faoliyati, qolaversa, unga bog‘liq ravishda o‘quv-tarbiya ishlarining samaradorligi ham real baholanmaydi. O‘qituvchilarda kasbiy kompetentlikni mustaqil ravishda tahlil qilib, baholab borish malakalariga ega bo‘lishlarini ta’minlashga erishish zarur. Pedagoglarning kasbiy kompetentlikka egalikni mustaqil tahlil va baholash ko‘nikmalariga egaliklari o‘z ustida ishlashlari, kamchiliklarni izchil bartaraf etish, yutuqlarni muntazam ravishda boyitib borishga odatlanishlariga yordam beradi. Pedagogik mehnatni tashxislashda quyidagi talabalarni inobatga olish muhim ahamiyatga ega: an’anaviy metodlarni qo‘llagan holda mavjud kasbiy tajribadan oqilona foydalanish; o‘quv faoliyatining ilg‘or metod va usullarni o‘zlashtirish; ularni o‘z vaqtida o‘quv materialining mazmuni bilan bog‘lay olish; o‘z-o‘zini tahlil va baholash orqali tegishli o‘quv fanini samarali o‘qitishda qayta aloqani ta’minlash28. M.E.Inkov29ning qayd etishicha, pedagoglarning kasbiy kompetentligini tashxislashda quyidagi pedagogik tamoyillar inobatga olinganda samarali kechadi: konseptuallik, metodologik, tashxislash, tashkiliy-boshqaruv. 26 Ушбу параграф М.А.Инназаровнинг тадқиқоти асосида тайёрланди. 27 Гребенникова Л.В. Диагностика профессиональной компетентности учителя // https://kopilkaurokov. ru/zavuchu/planirovanie/ diaghnostika-profiessional-noi-kompietientnosti- uchitielia. 28 Гребенникова Л.В. Диагностика профессиональной компетентности учителя // https://kopilkaurokov. ru/zavuchu/planirovanie/ diaghnostika-profiessional-noi-kompietientnosti- uchitielia. 29 Иньков М.Е. Диагностика профессиональной компетентности учителя в условиях повышения квалификации: Автореф....канд.пед.наук. – Ростов-на-Дону: 2009. – 25-с. Kasbiy-pedagogik kompetensiyalarni attestatsiya shaklidagi tashxislash o‘quv-tarbiya jarayonining sifatini aniqlovchi pedagogik monitoring tizimining tarkibiy bo‘g‘ini bo‘lib, mustaqil, avtonom xarakterga ega30. M.E.Inkov muammoni tizimli ravishda o‘rganar ekan, dastlab e’tiborni kasbiy kompetensiyalarni tashxislash mazmunini yoritishda ustuvor xarakter kasb etuvchi tayanch tushunchalarni sharhlashga qaratadi. Muallif kasbiy kompetensiyalarni tashxislash quyidagi tayanch tushunchalar orqali ifodalanadi: boshqaruv-pedagogik tashxislash; tashkiliy-metodik tashxislash, tezkor tashxislash. M.E.Inkovning ishida mazmunan mazkur tushunchalar quyidagicha yoritilgan: Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling