Raxmatova xayrixon ashiraliyevna


расм. Pedagogik diagnostikaning asosiy darajalari


Download 1.23 Mb.
bet22/183
Sana03.12.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1800433
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   183
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi

расм. Pedagogik diagnostikaning asosiy darajalari


Birinchi daraja. Komponentlar holatini o‘rganuvchi diagnostika. Ob’ektdagi alohida komponentlarni ajratish va ularning ayrimlariga xos xususiyatlarni olish uchun komponentlar diagnostikasi o‘tkaziladi. Bu diagnostikaning boshlang‘ich darajasi hisoblanadi. Natijalar istiqbolni belgilashda u qadar samarali bo‘lmaydi va ishonchlilik darajasi nisbatan past.
Ikkinchi daraja. Tuzilma holatini o‘rganuvchi diagnostika. Tashxisning bu darajasida jarayonning tuzilishi aniqlanadi. Shuningdek, komponentalar orasida muayyan aloqalar o‘rnatiladi. Tizimli diagnostika vositasida pedagogik
jarayonning individual komponentlari orasidagi turli darajadagi qaramlik aniqlanadi. Bu turdagi diagnostika natijalariga tayangan holda ta’lim jarayonining individual komponentlari o‘rtasida mavjud bo‘lgan turli darajadagi bog‘liqlik ochib beriladi. Tizimli diagnostika natijalari amaliyotdagi holatni bir qadar ishonchli ifodalaydi.
Uchinchi daraja. Tizim holatini o‘rganadigan diagnostika. Bu darajadagi diagnostika pedagogik jarayonning yaxlit tizimli hodisa sifatida individual jihatlarining vazifalarini, shuningdek, bu jarayonning rivojlanishini aniqlash imkonini beradi. Ushbu diagnostika darajasi eng to‘liq hisoblanadi. Tizim holatini o‘rganuvchi diagnostika yordamida alohida komponentlar orasidagi o‘zaro aloqalarning to‘liq tavsiri o‘rganiladi. Tizim tarkibiy elementlarining muayyan vazifani bajarishdagi ishtiroki, ularning o‘zaro munosabatlari tahlil qilinadi. Mazkur diagnostika maqsadni qabul qilishdan toki yakuniy natijaga erishishgacha bo‘lgan pedagogik vaziyatlar zanjirining rivojlanish tarixini ob’ektiv o‘rganishga imkon beradi.
Pedagogik faoliyatda rejalashtirish, tashkil etish, nazorat, tahlil hamda korreksiyalash g‘oyalarining yetakchiligiga asoslangan holda o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma, malakalari darajasini kutilgan natijani qo‘lga kiritishga yordam beradi. Bunda tashxislashning muhim bosqichlarini inobatga olish lozim
N.V.Kuzmina25 o‘quvchi yoki o‘quvchilar jamoasi misolida pedagogik tashxisni quyidagi izchillikka muvofiq – bosqichlarda amalga oshirish maqsadga muvofiqligini ko‘rsatadi (8-rasm):



  1. bosqich Tashxislash maqsadining aniqlash





  1. Vaziyatli modelning tahlili
    bosqich






Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling